Yangiliklar va aksiyalar

Do‘stlar bilan birga bonus olish mumkinmi

Nataly Fein

 

Biz har kuni do‘stlarga bepul maslahat beramiz: qayerda qahva mazaliroq, qaysi o‘yin zo‘r, hozir qayerda chegirmalar bor. Endi bitta shunday maslahat uchun pul ham olish mumkin. Va pulni faqat siz emas, do‘stingiz ham oladi. TBC Bank nimani o‘ylab topganini va qanday qilib oddiy maslahatdan daromad qilish mumkinligini tushuntiramiz.

TBC Bank nimani o‘ylab topdi

Bank maslahat uchun pul to‘lay boshladi. Siz do‘stingizga maxsus havola yoki promokod yuborasiz, u oddiy shartlarni bajaradi — va ikkalangizga ham bonus tushadi.


Bonus kartangizga avtomatik o‘tkaziladi, bankka eslatish shart emas. 


Qulay va foydali!

Qaysi maslahatlar uchun pul to‘lanadi

TBC Bank o‘z mahsulotlarini tavsiya qilganingiz uchun sizga minnatdor bo‘ladi. Do‘stingizga karta rasmiylashtirishni, omonat ochishni yoki kredit olishni maslahat berdingiz va u buni amalga oshirdi — bank sizga ham, do‘stingizga ham bonus beradi.


Qancha ishlab olish mumkinligini hozir ko‘rasiz →

TBC Plus obunasi uchun har ikkingizga 10 000 so‘mdan

Agar siz do‘stingizga TBC Plus obunasini rasmiylashtirish uchun taklif yuborsangiz va u 30 kun ichida qabul qilsa, siz ham, do‘stingiz ham 10 000 so‘mdan bonus olasiz.

Salom Card uchun — har ikkingizga 30 000 so‘m

Agar do‘stingiz siz yuborgan havola orqali Salom Card rasmiylashtirib, karta olingan kundan boshlab 30 kun ichida kamida 300 000 so‘mlik xarid qilsa, bank sizga ham, do‘stingizga ham 30 000 so‘mdan bonus beradi.


Cheklovlar bor:

  • bonus faqat birinchi 5 ta taklif qilingan do‘st uchun to‘lanadi;
  • do‘stingizda ilgari Salom Card bo‘lmagan bo‘lishi kerak;
  • faqat Salom Card bilan qilingan xaridlar hisobga olinadi — o‘tkazmalar, naqd yechish va ilova ichidagi to‘lovlar kirmaydi;
  • bonus shartlar bajarilganidan keyingi oy davomida tushadi.

Kredit uchun — har ikkingizga 100 000 so‘m

Agar do‘stingiz sizning havolangiz orqali kamida 3 mln so‘mlik onlayn kredit rasmiylashtirib, undan kamida 30 kun foydalansa, bank sizga ham, unga ham 100 000 so‘mdan 10 bank kuni ichida o‘tkazadi.


Cheklovlar bor: do‘stingizda oxirgi 3 oy ichida TBC Bankda faol onlayn-kredit bo‘lishi kerak emas. Bonus faqat birinchi 10 ta taklif qilingan do‘st uchun to‘lanadi.

Omonat uchun — 200 000 so‘mgacha

Agar do‘stingiz sizning havolangiz orqali TBC Bankda omonat ochsa, ikkalangiz ham bonus olasiz. Miqdori omonat turiga bog‘liq:

 

  • “Odat” jamg‘arma omonati 5 mln so‘mdan — har biringizga 50 000 so‘m;
  • so‘mda ochilgan muddatli omonat 10 mln so‘mdan — har biringizga 200 000 so‘m;
  • valyutada muddatli omonat $1000 dan — har biringizga 200 000 so‘m.


Cheklovlar: do‘stingizda oxirgi 90 kun ichida faol muddatli omonat bo‘lmagan bo‘lishi va Odat omonatida 1000 so‘mdan ortiq qoldiq bo‘lmasligi kerak. Yangi omonatdagi mablag‘ kamida 30 kun turishi shart. Bonus faqat birinchi 10 ta taklif qilingan do‘st uchun beriladi.

Osmon Card uchun — har ikkingizga 50 000 so‘m

Agar do‘stingiz siz yuborgan havola orqali Osmon Card buyurtma qilib, buyurtma qilingan kundan boshlab 30 kun ichida kamida 500 000 so‘mlik xarid qilsa, bank sizga ham, unga ham 50 000 so‘mdan bonus beradi.


Cheklovlar: faqat xaridlar va xizmatlar uchun to‘lovlar hisobga olinadi, pul o‘tkazmalari va naqd yechish kirmaydi. Bonus tasdiqlanishi uchun do‘stingiz to‘lov kuni ilovaga shunchaki kirib chiqishi kifoya — bank eslatma yuboradi;
— mukofot faqat shartlarni bajargan va ilgari Osmon Card bo‘lmagan birinchi 5 ta do‘st uchun to‘lanadi.

Do‘stga yuborish uchun havolani qayerdan olish mumkin

TBC UZ ilovasiga kiring va “TBC Do‘stlar” bo‘limini oching. U yerda karta, omonat yoki kreditni tanlab, do‘stingizga o‘zingizning havolangizni yoki promokodingizni yuborishingiz mumkin.


Do‘stingiz shartlarni bajargach, bonuslar sizga ham, unga ham avtomatik tarzda tushadi — hech qanday ariza yozish shart emas.

Maslahat bering, ulashing, daromad qiling

Havolalarni yuboring, do‘stlaringizni taklif qiling va dastur qoidalariga muvofiq bonuslar ishlab oling. TBC Bank mahsulotlari haqida yaqinlaringizga ayting — shunda har bir yaxshi maslahat foyda keltiradi.


Ba’zan bitta to‘g‘ri maslahat hamyoningizni ancha to‘ldirishi mumkin.