
Aeroportda biznes zal, bepul kofe va chegirmalar: TBC Salom Visa kartasining imkoniyatlari
Laylo Egamnazarova
Karta tanlashda ko‘pchilik uning shartlariga e’tibor beradi: keshbek bormi, foiz keltiradimi, komissiyalar qanaqa. Lekin kartaning yana bir jihati — qaysi to‘lov tizimida ishlashi ham muhim. O‘zbekistonda Uzcard va Humo mahalliy to‘lov tizimlari ishlaydi. Ulardan tashqari, Visa kabi xalqaro tizimlar ham bor. Maqolamizda aynan Visa’ning imkoniyatlari va shu tizimda ishlaydigan TBC Salom kartasidan qanday foydalanish haqida so‘z yuritamiz.
To‘lov tizimi nima
Bank kartani faqat chiqaradi va uning tariflari — keshbek, komissiya va boshqa shartlar uchun javob beradi. To‘lov tizimi esa — barcha to‘lovlar o‘tadigan infratuzilma. U banklarni bir-biri bilan bog‘laydi va to‘lovlar amalga oshishini ta’minlaydi.
To‘lov tizimlari ikki xil bo‘ladi:
• Mahalliy — asosan bitta mamlakat ichida ishlaydi. Masalan, O‘zbekistonda bu Uzcard va Humo. Rossiyada — “Mir”, Turkiyada — “Troy”.
• Xalqaro — butun dunyoda ishlaydi. Masalan, eng mashhur Visa va Mastercard tizimlari.
Har bir tizimning o‘z hamkorlari va sodiq mijozlar uchun dasturlari bor. Shuning uchun karta egasi ikki tomonlama foyda oladi: bankdan — bonuslar, to‘lov tizimidan — qo‘shimcha imtiyozlar.
Visa kartaning qanday afzalliklari bor
Visa egalari uchun tizim hamkorlaridan maxsus chegirmalar va imtiyozlar bor. Lekin unutmaslik kerak: bonuslar karta toifasiga qarab o‘zgarishi mumkin.
Visa kartalarining turli darajalari bo‘ladi: oddiy kartalar, premium (masalan, Platinum) va biznes kartalar. Daraja qancha yuqori bo‘lsa, qo‘shimcha xizmat va takliflar ham shuncha ko‘p bo‘ladi.
TBC Salom kartasi Visa Platinum negizida ishlaydi. Shuning uchun karta egalari Visa’ning oddiy aksiyalaridan tashqari premium darajadagi keng imtiyozlardan ham foydalanishi mumkin. Bunga sayohatlar uchun va aeroportdagi xizmatlar ham kiradi.
Visa karta egalari uchun mana ba’zi imkoniyatlar:
Ayrim xizmatlar uchun chegirmalar
Booking va Ago orqali mehmonxona bron qilishda chegirmalar;
O‘zbekistonda va chet elda ko‘ngilochar xizmatlar uchun aksiyalar;
- Airalo’dan bepul internet rouming.
2026-yilning oxirigacha Amirsoy Resort’da yashash, ski-pass va restoranlar uchun 10% chegirma amal qiladi.
Do‘kon va kafelarda chegirmalar
restoran va qahvaxonalarda aksiyalar;
bonuslar va bepul ichimliklar;
- kiyim-kechak va texnika do‘konlarida chegirmalar.
Masalan, 2026-yil 30-sentyabrgacha Visa egalari oyiga bir marta Costa Coffee’da bepul qahva olishlari mumkin.
Aeroportdagi qulayliklar
kutish uchun biznes zallarga kirish;
- Fast Track — bu aeroportdagi ko‘rik va pasport nazoratidan tezlashtirilgan tartibda o‘tishdir.
Visa Platinum kartasi bilan parvozlarni umumiy zonada emas, balki Toshkent aeroportidagi "Anjir" biznes-launjida va dunyoning boshqa aeroportlarida kutish mumkin.
Chet elda to‘lovlar
karta deyarli butun dunyoda qabul qilinadi;
- xorijiy sayt va servislarda ham to‘lash mumkin;
Masalan, AliExpress yoki iHerb’da onlayn xarid qilish, safarda mehmonxona yoki xizmatlarni to‘lash mumkin.
Barcha takliflar va shartlar Visa’ning rasmiy saytida.
Visa Platinum imtiyozlaridan qanday foydalansa bo‘ladi
Visa takliflari bo‘yicha bonus olish usullari turlicha bo‘lishi mumkin. Bu aniq aksiya yoki hamkorga bog‘liq. Masalan, Booking.com’da mehmonxona bron qilishda 4% chegirma olish uchun hamkorning havolasi orqali o‘tish kerak. U aksiya tavsifida ko‘rsatiladi.
Ko‘plab aksiyalar uchun Visa Concierge chat boti ishlatiladi. Unda barcha imtiyozlar va ularni olish tartibi jamlangan. Botni ulash tartibi:
Visa Concierge chat botini oching va start tugmasini bosing.
Telefon raqami va karta ma’lumotlari bilan ro‘yxatdan o‘ting.
Kerakli taklifni tanlang.
- QR-kod yoki kuponni oling va uni to‘lov vaqtida ko‘rsating.
TBC Salom egalari uchun qo‘shimcha foyda
TBC Salom Visa tizimida ishlaydi. Shuning uchun karta egalari Visa Platinum’ning barcha imtiyozlari — chegirmalar, aksiyalar va hamkor servislardan foydalana oladilar.
Bundan tashqari, bank ham o‘z foydali shartlarini taklif qiladi. Masalan, barcha xaridlardan 1% keshbek, komissiyasiz o‘tkazmalar yoki kartada qolgan 100 000 so‘mdan ortiq pul uchun yillik 12% yillik daromad. Kartaning barcha afzalliklari haqida alohida maqolada o‘qish mumkin.
TBC Salom Visa kartasini TBC UZ ilovasida onlayn buyurtma qilish mumkin — kuryer uni uch kun ichida yetkazib beradi. Karta faollashishi bilan bank va Visa imtiyozlaridan darhol foydalanish mumkin.
Ma’lumotlar e’lon qilingan paytda dolzarb hisoblanadi. Aksiyalar va ularning shartlari o‘zgarishi mumkin. Visa takliflarining yangilangan ro‘yxati to‘lov tizimining rasmiy saytida.
