Keshbek va bonuslari bor Humo kartasi
O'zbekiston banklarining istalgan kartasiga
Kommunal va davlat xizmatlari
22% gacha stavkada
va 24 oygacha muddatga
Ilovada ro'yxatdan o'tish va bank tekshiruvini boshlash uchun:
• pasport;
• Ariza topshirilgan kundan boshlab kamida 15 ish kuni amal qiladigan vaqtinchalik ro'yxatdan o'tganlik to'g'risida hujjat,
• O'zbekiston aloqa operatori telefon raqami;
• JSHSHIR kerak bo'ladi
Ikkita hujjatning asl nusxalari:
• O'zbekistonda vaqtinchalik ro'yxatdan o'tganlik haqidagi hujjat;
• JSHSHIR olish va hisobraqam ochish uchun ariza topshirishda foydalanilgan pasport yoki xorijga chiqish pasporti.
Kuryer hisobraqam ochilganini tasdiqlash uchun sizni o'sha hujjatlar va ariza bilan suratga oladi — bu O'zbekiston bank tartib-qoidalaridagi talab. Biz shaxsiy ma'lumotlaringiz sir saqlanishiga kafolat beramiz.
Juda oddiy:
1. Pasport va vaqtinchalik ro'yxatdan o'tganlik haqidagi hujjatni oling.
2. Istalgan operatorning xizmat ko'rsatish ofisiga boring.
3. Tarif rejasini tanlang va SIM kartani rasmiylashtiring.
Keyin shu raqam orqali TBC UZ ilovasida ro'yxatdan o'tishingiz mumkin.
Albatta. Agar raqam uchun abonent to'lovini o'z vaqtida to'lamasangiz, raqam bloklanadi. Keyin TBC UZ ilovasini ishlatolmay qolishingiz mumkin — kerak bo'lganda SMS kodni ololmaysiz.
Agar bir oy va undan ko'proq muddatga ro'yxatdan o'tishingiz kerak bo'lsa, o'zingiz yashaydigan uy egasi bilan birga tuman IIBga boring. Ro'yxatdan o'tish uchun faqatgina pasportingiz kerak bo'ladi.
Yagona darcha yoki pasport stolidan. Borishdan oldin O'zbekiston operatori telefon raqamini rasmiylashtiring, pasport va vaqtinchalik ro'yxatdan o'tganlik haqidagi hujjatni unutmang.
TBC Bankda uch xil omonat bor:
• To'ldirilmaydigan muddatli omonat — yillik stavkasi 22% gacha;
• Muddatli to'ldiriladigan omonat — yillik stavkasi 20% gacha: pul yechish va to'ldirish mumkin;
• "Odat" omonati — yillik stavkasi 17%: foizlar avtomatik kapitalizatsiya qilinadi.
O'zbekiston qonunchiligiga ko'ra, norezidentlardan omonat foizlari summasining 10% miqdorida soliq undiriladi.
Soliq undirilishiga misol:
Siz 100 000 so'm bilan yillik 22% stavkali omonat ochdingiz. 30 kundan keyin sizga 1 808 so'm miqdorida foiz hisoblandi. Biroq 10% soliqni hisobga olsak, sizga 1 627 so'm to'lab beriladi.