03 декабр 2023

Nima uchun mikrokredit muddatli to'lovdan afzal?

Sotib olishni uzoq kutgan xaridimizni amalga oshirishda — u flagman toifaciga kiruvchi smartfon bo'ladimi, urfga kirgan mebel yoki zamonaviy maishiy texnika bo'ladimi — ko'pchiligimiz shunday tanlov qarshisida qolamiz: mikrokredit olgan yaxshimi yoki muddatli to'lov afzalmi?

 

Har ikkisi ham xarid uchun mablag'ni asta-sekin bo'lib to'lash imkonini beradi. Xo'sh, unda nima uchun ko'pchilik odamlar mikrokredit olishni afzal bilishadi? Keling, mikrokreditni eng foydali taklifga aylantiruvchi bir nechta asosiy jihatlarni tahlil qilamiz.

 

 

 

 

• Moslashuvchan shartlar va shaffoflik

 

Muddatli to'lov asosidagi xarid qilish aksariyat hollarda muayyan do'kon yoki brend orqali amalga oshadi — turgan gapki, ularda tovarga ustama narx qo'yishdan tashqari, xaridorlar uchun qo'shimcha shartlar belgilash imkoniyati ham bo'ladi.

 

Mikrokredit olganda esa siz kerakli mablag'ni to'g'ridan-to'g'ri kartangizga qabul qilasiz va istalgan do'kon yoki bozorga borib, eng maqbul takliflardan birini tanlashingiz hamda mablag'ingizni tejashingiz mumkin bo'ladi.

 

Bundan tashqari, banklar qarz oluvchi mijozlariga moslashuvchan va qulay shartlar taklif etadi — siz qarz miqdorini, uni to'lash muddati va tartibini o'z imkoniyalaringizdan kelib chqqan holda tanlashingiz mumkin. Barcha sarflar va foizlar aniq ko'rsatilgan bo'ladi — siz moliyaviy amaliyotlar shaffofligini ta'minlash uchun qachon va qancha mablag' to'lashingiz lozimligini aniq bilasiz.

TBC Bank 50 000 000 so'mgacha kreditni 36 oygacha muddatga  olish imkoniyatini taklif etadi — bu mablag' nafaqat texnika, balki boshqa xaridlar uchun yetarli bo'ladi. Kreditni ilova orqali rasmiylashtirishga esa besh daqiqa vaqt sarflaysiz xolos.

Mikrokreditni tez va ortiqcha qog'ozbozliklarsiz olish mumkin. Аgar sizda to'satdan nimanidir xarid qilish ehtiyoji tug'ilsa va kerakli mablag'ni tez topish lozim bo'lsa, bu eng qoyilmaqom choradir.

 

 

 

 

• Xavfsizlik va maxfiylik

 

Banklar o'z mijozlariga oid ma'lumotlarning yuqori darajadagi xavfsizligini va maxfiyligini ta'minlashi shart. Barcha moliyaviy amaliyotlar ishonchli himoyalangan — va siz shaxsiy ma'lumotlaringiz daxlsiz saqlanishiga mutlaqo ishonishingiz mumkin.

 

Shunday qilib, mikrokredit olish eng aqlli va moliyaviy jihatdan maqbul tarzda moslashtiriladigan qaror bo'lib, u sizga erkin tanlov, maxfiylik va kerakli mablag'ni tez olish imkoniyati taqdim etadi. TBC Kredit sahifasiga o'ting va mikrokreditning barcha afzalliklari bilan tanishing. 

Nimani tanlaysiz: yangi texnika uchun kredit rasmiylashtirishnimi yoki uni yutib olish imkoniyatinimi? Biz sizga har ikki imkoniyatni ham taqdim etamiz! TBC UZ ilovasida 1-dekabrdan 28-dekabrgacha kredit rasmiylashtiring va iPhone 15 Pro, Macbook Air 13, Samsung Smart TV kabi 100 ta superyutuqlardan birini, shuningdek 10 000 000 so'mlik yutuqni yutib olish imkoniyatiga ega bo'ling! 

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish
Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 14 май 2024

Qalloblar sizni yana qanday aldash mumkinligini oʻylab topishdi

Oʻqish