10 октябр 2023

TBC Ornaments Toshkent reklama festivalida uchta oltin mukofot bilan taqdirlandi

TBC Ornaments loyihasi keyingi bir necha oy mobaynida White Square, Ad Black Sea va Kiev XRF kabi xalqaro festivallarda qator mukofotlarga sazovor bo'ldi.

 

Mana endi loyiha O'zbekistonda ham mukofotga loyiq topildi — 7-oktyabrda bo'lib o'tgan beshinchi Toshkent reklama festivali (TAF!)da TBC Ornaments loyihasiga «Marketing & Creative Effectiveness — Traditions», «Creativity & Craft — Digital Campaign» va «Social — ESG» nominatsiyalarida uchta oltin mukofot berildi.

TAF 2

TBC Bank, shuningdek, festivalda hamkor sifatida ishtirok etdi va ruhlantiruvchi videorolik-manifestni tayyorlab, omma e'tiboriga havola etdi. Bankning marketing ishlari bo'yicha rahbari Kamilla Mo'minova esa Payme tizimi marketing ishlari rahbari Nodira Shermatova bilan hamkorlikda «CSR loyihalarning brendlarni rivojlantirishda tutgan o'rni» mavzusidagi reklama konferentsiyasida spiker sifatida chiqish qildilar.

Bundan tashqari, Payme to'lov servisi «Eng yaxshi reklama beruvchi», «Integratsiyalashgan reklama kampaniyasi», «Brendni ishga tushirish va qayta ishga tushirish», «Creative Advertising Integrated campaign» va «Out of home» nominatsiyalarida oltin mukofotga erishdi. Payme hisobida «Film» nominatsiyasida ikkita kumush va «PR kampaniya» hamda «Traditions» nominatsiyalarida esa bronza mukofoti ham bor.

 

«Iste'molchilar tanlovi» nominatsiyasida Payme eng yaxshi mobil ilova deb topildi. Festival davomida TBC Bank x Payme birgalikda erishgan mukofotlarning umumiy soni 18 taga yetdi.

TAF 4

Tashkent Advertising Festival — an'anaviy xalqaro reklama festivali. TAF! maqsadi — brendlar taraqqiyotiga xizmat qilish, marketing va reklama sohasi mutaxassislarini birlashtirish va ularni o'qitishdan iborat. Xususan, g'oyalarni, ularning samaradorlik darajasini, shuningdek brendlarning iste'molchilarga yondoshuvini professional miqyosda solishtirish va baholash orqali marketing borasida eng yaxshi loyihalarni aniqlash hamda brendlarning muvaffaqiyatli tarzda ommalashuviga ko'maklashish hamdir. 

TAF 5
TAF 6
TAF 7
TAF 8

Ornaments — O'zbekiston naqshli bezaklarining to'liq ochiq raqamli katalogini yaratishga qaratilgan loyiha. Loyiha ishtirokchilari mamlakat shaharlari bo'ylab ekspeditsiyalarga chiqadilar, milliy muzeylar, madaniy markazlar va halq amaliy san'ati ustaxonlarida bo'lib, kerakli ma'lumotlarni misqollab jamlaydilar.

 

Loyihaning birinchi bosqichi an'anaviy o'zbek to'qimachiligiga bag'ishlandi: ekspeditsiya guruhi Toshkentdan tashqari, Samarqand, Urgut, Nurota, Buxoro va G'ijduvon kabi hududlarda bo'lib qaytdi. Ikkinchi ekspeditsiyada diqqat-e'tibor turli sopol buyumlarda qo'llangan naqshlarga qaratildi — loyiha jamoasi Farg'ona, Marg'ilon, Rishton va Namanganga tashrif buyurdi. 2023-yilning yoz fasli boshida Qashqadaryo viloyatiga uchinchi ekspeditsiya uyushtirildi, yaqin kunlarda navbatdagi ekspeditsiya Xorazm viloyatiga yo'l olishi rejalashtirilgan.

 

O'zbekiston amaliy hunarmandchiligiga oid naqshli bezaklarning yuzlab namunalari hozirda omma uchun ochiq — ulardan ijodiy jarayonlarda erkin foydalanish mumkin.   

 

Ornaments loyihasi hamkorlari — We Digital, Crave agentliklari

Ekspertlar jamoasi: Sardor Boboev, Feruzxon Yoqubxo'jaev, Binafsha Nodir

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish
Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 14 май 2024

Qalloblar sizni yana qanday aldash mumkinligini oʻylab topishdi

Oʻqish