19 сентябр 2023

TBC Ornaments loyihasi Ad Black Sea festivalida 6 ta sovringa erishdi

Gruziyada Ad Black Sea 2023 xalqaro reklama festivali bo'lib o'tdi, unda TBC Ornaments loyihasi Brand Experience & Activation, Creative Strategy, Digital & Mobile, Media nominatsiyalarida 3 ta kumush 3 ta bronza medaliga sazovor bo'ldi. Loyiha bilan shug'ullanayotgan We Digital agentligii festival doirasida 2023-yilning 5 ta eng yaxshi agentliklar ro'yxatiga kirdi.

 

Bu sovrinlar — loyiha shu yilda erishgan yagona muvaffaqiyat emas. 1-iyunda TBC Ornaments loyihasi White Square nufuzli kreativ festivalida to'rtta sovrinni — Native Advertising toifasida oltin, Other Projects toifasida kumush va Digital & Mobile Platforms hamda Digital Platforms toifalarida ikkita bronza medallarga loyiq topilgandi. Bu quvonchli voqeadan bir necha kun oldin esa — Kievdagi xalqaro reklama festivalida (KXRF) Digital&Mobile Advertising toifasida ikkita bronzaga erishgandi. Shuningdek, KXRF da loyiha PR Campaign toifasida ikkita shortvaraqqa ham kiritilgandi.

Ad Black Sea festivali 14-sentyabrdan 16-sentyabrgacha Batumida bo'lib o'tdI.  Bu reklama industriyasi namoyondalari, ekspertlari va mutaxassislari uchun xalqaro miqyosdagi maydoncha hisoblanadi. 2015-yildan boshlab o'tkazilayotgan ushbu Forum, ishtirokchilarni yangi g'oyalar uchun ruhlantirish, shuningdek reklama sohasining eng yaxshi vakillarini anilashga xizmat qiladi.

orn 3

Ornaments — O'zbekiston naqshli bezaklarining to'liq ochiq raqamli katalogini yaratishga qaratilgan loyiha. Loyiha ishtirokchilari mamlakat shaharlari bo'ylab ekspeditsiyalarga chiqadilar, milliy muzeylar, madaniy markazlar va halq amaliy san'ati ustaxonlarida bo'lib, kerakli ma'lumotlarni misqollab jamlaydilar.

 

Loyihaning birinchi bosqichi an'anaviy o'zbek to'qimachiligiga bag'ishlandi: ekspeditsiya guruhi Toshkentdan tashqari, Samarqand, Urgut, Nurota, Buxoro va G'ijduvon kabi hududlarda bo'lib qaytdi. Ikkinchi ekspeditsiyada diqqat-e'tibor turli sopol buyumlarda qo'llangan naqshlarga qaratildi — loyiha jamoasi Farg'ona, Marg'ilon, Rishton va Namanganga tashrif buyurdi. 2023-yilning yoz fasli boshida Qashqadaryo viloyatiga uchinchi ekspeditsiya uyushtirildi — o'nlab manzillarda bo'lgan guruh mahalliy usta hunarmandlar bilan uchrashib, raqamlashtirish uchun yanada ko'proq material jamlagan holda Toshkentga qaytdi. Yaqin kunlar navbatdagi ekspeditsiya Xorazm viloyatiga yo'l olishi rejalashtirilgan.

 

O'zbekiston amaliy hunarmandchiligiga oid naqshli bezaklarning yuzlab namunalari hozirda omma uchun ochiq — ulardan ijodiy jarayonlarda erkin foydalanish mumkin.   

 

Ornaments loyihasi hamkorlari —We Digital, Crave agentliklari

Ekspertlar jamoasi: Sardor Boboev, Feruzxon Yoqubxo'jaev, Binafsha Nodir

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish
Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 14 май 2024

Qalloblar sizni yana qanday aldash mumkinligini oʻylab topishdi

Oʻqish