Вернуться к списку новостей
27 декабря 2022
TBC Bank mahsulotlari

Kredit uchun chegirma – bu nima?

26-30-dekabr kunlari TBC Bankda 15% gacha chegirma bilan kredit rasmiylashtirish mumkin. Bunday aksiyalar yil davomida bir necha marta o'tkazildi, shuningdek, dam olish kunlari TBC Kredit uchun 10% gacha chegirmalar amal qiladi. Bu nimani anglatishi va qanday ishlashini quyida tushuntirib beramiz.

 

TBC Kredit bo'yicha yillik stavka 28% dan 49% gacha. Kimga va qanday stavka bo'yicha kredit ajratishni skoring tizimi aniqlaydi. Ushbu tizim ko'plab faktorlarni inobatga oladi: mijozning yoshi, daromadi, kredit tarixi va h.k.

 

Ba'zan bank kreditlarini chegirmalar bilan taqdim etadi. Mijozlarga bir necha kun davomida kerakli summani foydali stavka bo'yicha rasmiylashtirish imkoni beriladi. Kredit uchun taqdim etiladigan chegirma faqat foiz stavkasiga aloqador. Stavkaning miqdori esa skoringga bog'liq.

 

Misol uchun, agar tizim sizga 49% stavka bo'yicha kredit ajratishga qaror qilgan bo'lsa, aksiya doirasida siz uni 34% stavka bilan qo'lga kiritishingiz mumkin bo'ladi. Shu bilan birga, foiz stavkasi aksiya bo'yicha chegirma bilan birga 28% miqdoridagi minimal stavkadan past bo'lmaydi.

 

Eslatib o'tamiz, TBC Kredit olish juda oddiy. Buyurtma TBC UZ ilovasida beriladi va pullar 5 daqiqa ichida qo'lga kiritiladi. Kafillik, garov va hujjat talab etilmaydi.