Har bir tadbirkor oʻz biznesini yuritish jarayonida bir qator qiyinchiliklarga duch keladi. Murakkab boʻlgan va oʻziga xos yechimni va nazoratni talab etadigan vaziyatlar ortiqcha ovoragarchilik keltirib chiqarishi tabiiy. Tovarlar hisob-kitobini yuritish, mijozlar bilan ishlash, sotuvchilarni nazorat qilish – bularning barchasini oʻsib borayotgan biznes sharoitida amalga oshirish ancha murakkab.
2017-yil biznesni boshqarishda ajoyib yordamchi – BILLZ dasturi ishga tushdi. Dastur asoschilari Rustam Hamdamov va Vadim Zaxaryan Stenford universiteti qoshidagi onlayn-maktabda oʻqib yurgan vaqtida yangi mahsulotlarni yaratish va yangi gʻoyalarni ishga tushirishni oʻrganishgan. Aynan oʻshanda ushbu ikki talaba oʻzining startap loyihasini yaratishga qaror qilgan. Ucell’dagi faoliyati davomida Rustam va Vadim texnologiya va innovatsiyalar bilan ishlashgan.
Kunlarning birida ular Jahongir ismli sobiq hamkasbini uchratib qolishadi. Jahongir riteyl sohasida biznes yuritayotganini ma’lum qiladi va doʻkonni boshqarish bilan bogʻliq muammolar yechimi bilan oʻrtoqlashadi. Shundan keyin Vadim va Rustam oʻz mahsulotini yaratishga kirishadi va ularning loyihasi $150 000 investitsiya jalb qiladi.
BILLZ qanday ishlaydi?
Kiyim-kechak, kosmetika, oyoq kiyim, mebel – nima sotishingiz muhim emas, ushbu dastur har qanday doʻkonga toʻgʻri keladi. Qulay interfeys foydalanuvchiga tez moslashib olishga yordam beradi. Dasturning aqlli texnologiyalari sotuvlar, mijozlar hamda ishchilarni kuzatib borish va nazorat qilish imkonini beradi. Dasturiy ta’minot aynan sizning biznesingiz xususiyatlariga moslashadi va eng asosiysi, ishchi xodimlarni oʻqitib-oʻrgatadi.
Tahlil qilish va hisobot berish
Hatto doʻkoningizning internet-sayti boʻlmasa ham, ushbu muammoni BILLZ imkoniyatlaridan foydalangan holda yechishingiz mumkin. Barcha jarayonlarni doimiy ravishda boshqarib borishdan tashqari, dastur, shuningdek, tahliliy jarayonlarni amalga oshirib, bajarilgan ishlar haqida hisobotlar tayyorlaydi. Dashbordlar, sotuvlar boʻyicha hisobotlar, grafik va jadvalli hisobotlar – dastur barchasini bajara oladi. Agar siz oʻz biznesingiz uchun kerakli hisobotni topa olmasangiz, jamoa uni siz uchun maxsus ishlab chiqishga tayyor.
Zamon bilan hamnafas. Biznesingizning integratsiyasi BILLZ jamoasi internet-doʻkonlar, marketpleyslar, toʻlov tizimlari bilan kompaniya yoki brendingizning qoʻshimcha integratsiyasini ta’minlaydi.
BILLZ hamkorlari
“The Black Quail” asoschisi Qahramon Turdiyev dasturiy ta’minotdan juda mamnun. «Bungacha avtomatlashtirish boʻyicha muvaffaqiyatsiz tajribaga duch kelgandik, biroq yigitlar bizga ma’lumotlarni olishga va biznesimizni yuksaltirishimiz uchun toʻgʻri qarorlar qabul qilishimizga yordam beradigan jarayonni tashkil qilishga erishdi». “Fratelli Casa” hamasoschisi Sherzod Qayumov BILLZ’dan dastur paydo boʻlgan ilk kunlardan boshlab foydalanib keladi va u kelajakka yangi texnologiyalar bilan qadam tashlayotganidan mamnun.
Bugun dastur imkoniyatlarini takomillashtirish ustida faol ishlar olib borilmoqda. BILLZ jamoasining eng birinchi maqsadi – savdo nuqtalariga kamroq vaqt va pul tejagan holda maksimal samaradorlikka chiqishga yordam berish. Kundalik jarayonlarni yengillashtirish texnologiyalari hamda “aqlli” tahlil vositalari yordamida BILLZ oʻz foydalanuvchilariga har doim yuksalib borishni va’da qiladi. Barcha qulayliklardan tashqari, dastur oʻz mijozlariga sifatli yordam ham koʻrsatadi. BILLZ jamoasi bilan Telegram, pochta, telefon va boshqa har qanday qulay vositalar orqali bogʻlanish mumkin.