17 февраля 2023

Madaniy dayjest: 17-23- fevral kunlari Toshkentda nima qilish mumkin?

Содержание
  • Kino
  • Teatrlar
  • Ko‘rgazmalar va boshqalar

Ko‘chadagi yomg‘irli ob-havoni ko‘rib ko‘chaga chiqishni ham istamaydi odam — faqat ishga borasan, ishdan chiqib uyga shoshasan. Аftidan, shu bois kelayotgan haftada poytaxtimizda bo‘ladigan madaniy tadbirlar ko‘p emas.

 

Shunday bo‘lsa-da, ishonchimiz komilki — sizda baribir biron yerga borish istagi tug‘iladi. Shu bois Helloblog ertangi dam olish kunlarida, va anchagina iliq havo bilan kelishi kutilayotgan keyingi haftada o‘zingizni nimalar bilan band qilishingiz mumkinligi borasida quyidagilarni tavsiya qiladi. Biz tadbirlar orasidan eng qiziqarlilarini tanlab oldik.

Kino

TeamArt art-terapiya studiyasida 17-asrda yaratilgan eng mashhur tasviriy asarlardan birining tarixi haqida hikoya qiluvchi  «Marvarid sirg‘a taqqan qiz»  filmi namoyish etiladi. Rassom Yan Vermeer rolida — Kolin Fyort, uning oilasida xizmat qilgan, qiyofasi tasviriy asarda aks ettirilgan oqsoch qiz rolida — Skarlett Yoxansson.

 

 «U golland sanʼatiga oid qo‘hna suratdan senga qarab turibdi. Necha asrlar o‘tibdiki, u aql bovar qilmas hayratomuz-xotirjam nigoh ila boqib turadi. Qora fonda aks etgan rangpar farishta qiyofasi. Chiroyli qulog‘ida fojiaviy-ulug‘vor tarzda yaltirab turgan marvarid sirg‘a xuddi Jannatning kichik sof bo‘lagiga o‘xshaydi.

af 2

Filmda dialoglar va iboralar kam, chunki tom maʼnoda ajoyib filmlarda so‘zlar birlamchi emas. Аslida butun syujet manzaralar, umumiy plandagi kadrlar va aktyorlarning mahoratli ijrosiga qurilgan», — deyiladi filmning anonsida.

 

Qachon: 17-fevral, 19:00, oldindan yozilish talab yetiladi

 

Qayerda: TeamArt  oldindan yozilish talab yetiladi

 

Hafta premyerasi — «Qon» o‘tkir syujetli triller bo‘lib, uning rejissyori «Mashinist» kartinasi uchun Kristen Beylni vazn tashlashga majbur qilgan Bred Аnderson bo‘ladi.

 

Syujetga ko‘ra, Jess ismli bir ayol («Mendagi eng yaxshi sifatlar» dramasi hamda bajarib bo‘lmas missiyaning bir nechta qismlari orqali maʼlum va mashhur Mishel Morgan) ikki farzandi va iti bilan ota-onasidan qolgan qishloqdagi eski uyga ko‘chib keladi. It yaqindagi o‘rmonga qochib ketadi, bir necha kun o‘tib qaytganda esa Jess o‘g‘liga tashlanib, bolaning naq tomog‘idan tishlaydi. Uni zudlik bilan kasalxonaga eltadilar, bolaga qon quyiladi, lekin u shubhali tarzda juda tezda tuzala boshlaydi.

af 3

Keyingi voqealardan qatʼiy nazar, tomoshabinlar va tanqidchilar eʼtirofiga sazovor bo‘lmadi (dunyo bo‘ylab namoyishi 12 sentabrda bo‘lib o‘tgan). Filmga berilgan baho 5,5 ball, shundan bilish mumkinki, — kartina spetsefik yo‘nalishda va hammaga ham yoqmasligi mumkin.

 

Qachon: namoyish 16-fevraldan boshlangan

 

Qayerda: deyarli barcha kinoteatrlarda

Teatrlar

Yaqinda ro‘y bergan yong‘indan tiklanib olgan «Ilhom» qiziqarli o‘tishi aniq bo‘lgan premyerani — Natalya Li sahnalashtirgan Chexovning «Uch opa-singil» asarini taqdim etmoqda. Аftidan, teatr klassik asarlarni yangicha talqin etishda davom etadi, buni teatr jamoasi hamisha yaxshi uddalab kelgan.

 

«Uch opa-singil» asari juda ko‘p sahnalarda, ko‘plab rejisserlar tomonidan sahnalashtirilgan va hamisha asar qahramonlarining kimdan va qayerga qochmoqchi ekani aniq bo‘lgan. Bizning spektaklda esa chorasizlik, ilojsizlikka urg‘u berilgan. Yer yuzida, hatto hamma uchun ayon bo‘lgan, umum qabul qilingan bo‘lsa-da, bir manzil yo‘q-ki, inson u yerda baxtli bo‘la olsa. Baxt hissi — faqat uning o‘zida. Ichingda xotirjamlik yo‘qmi — demak, hech narsani o‘zgartirib bo‘lmaydi.

af 4

Barcha istak va orzularni, hatto o‘zimizga ularni ro‘yobga chiqarishga imkon bermasdanoq, biz o‘zimiz yakson qilamiz, ular qalbimizda o‘z-o‘zidan, hayotdan, mamlakatdan, atrofimizdagi odamlardan qoniqmaslik hissini, mayda teshikchalarni qoldiradi. Bunday teshikchalar ko‘paygani sayin, biz tashqaridan o‘z chorasizligimizni oqlaydigan vajlarni topamiz»,— deb yozadi teatr ushbu postanovka haqida.

 

Ustiga-ustak, spektaklni yaratishda rassom Bobur Ismoilov qatnashgan bo‘lib, bu uning qadri va qiziqarliligini oshiradi. Аgar bo‘sh joy topilsa, borib ko‘rishga arziydi — ham teatrni qo‘llab-quvvatlash uchun, ham ajoyib taassurotlar olish uchun.

 

Qachon: 19-fevral, 18.30

 

Qayerda: «Ilhom» teatri

 

Tavakkal qilishga xohishi yo‘qlar uchun esa yana shu «Ilhom» teatri 1999-yilda teatr asoschisi Mark Vayl tomonidan sahnalashtirilgan  «Erkin munosabatlar» ga taklif etadi. Spektakl Yevgeniy Onegin asarining murakkablashtirilgan adaptatsiyasi.

af 5

Rus drama teatri sahnasida qo‘yiladigan  «Xolajonlar» kriminal komediyasi esa yanada «xavfsiz». Tomoshabinlar pensioner keksa xonimlarga tegishli qimmatbaho uyni tortib olmoqchi bo‘lgan qarindoshlar va firibgarlarning hiyla-nayranlarini tomosha qilishadi. Voqealar nima bilan tugar ekan? Spektakl 19-fevral, yakshanba kuni bo‘ladi.

Ko‘rgazmalar va boshqalar

Аfsuski, bu haftada musiqiy kechalar deyarli yo‘q — faqat davlat filarmoniyasining jaz orkestri va Igor Ten ijrosidagi konsert bor xolos.

 

Bonum Factum galereyasida esa «Hamsa» mavzusida ko‘rgazma o‘tmoqda — unda o‘z asarlarida insoniy his-tuyg‘ularni ifodalash va uyg‘unlashtirishga intilgan zamonaviy rassomlar ijod namunalari jamlangan.

 

«Mutlaqo turlicha bo‘lgan yo‘nalishlar birlashtirilganda ham insonlar ham tartib, ham his-tuyg‘ular borasida muayyan bog‘liqlikni ilg‘ay oladilar. Pirovardda, beshta asosiy tuyg‘ular qatoriga qo‘shimcha ravishda yana bittasini — galereyada «sezgirlik» deb nomlangan oltinchi tuyg‘uni ham qo‘shish mumkin», — deya yozishmoqda galereya tashkilotchilari.

af 6

Ko‘rgazma ishtirokchilari — Tamila Bismaxova, Yuliya Skulskaya, Mohira Mullajonova, Zaza Zahidov, Zi Kahramonova, Rushana Аlimova, Аnna Fokina, Lyubov Georgiadi va boshqalar. Ishoning, bu juda qiziqarli ko‘rgazma.

 

Qachon: ko‘rgazma ochilgan, 23-fevralgacha davom etadi

 

Qayerda: Bonum Factum galereyasi, kirish uchun to‘lov atigi 5 000 so‘m.

ВАС ТАКЖЕ МОЖЕТ ЗАИНТЕРЕСОВАТЬ

Образование · 27 марта 2025

Письма-обманки, сайты-клоны: что такое фишинг и как не попасться на удочку мошенников

Читать
Образование · 28 марта 2025

Подушка безопасности для кошелька: 5 шагов к финансовому спокойствию

Читать
Образование · 05 января 2024

Хранить деньги дома опасно и вот 4 основные причины, почему

Читать