
TBC'da rivojlanish
Birgalikda tarix yaratamiz. Tayyormisan?
Salom! TBC Bank haqida ko‘p eshitgan bo‘lsang kerak. Biz O‘zbekistondagi birinchi raqamli bankmiz. Maqsadimiz — odamlar hayotini osonlashtirish. Bizda navbatlar, qog‘ozbozlik va tushunarsiz shartlar yo‘q. To‘rt ming mutaxassis 22 mlndan ko‘p foydalanuvchisi bo‘lgan TBC Uzbekistan ekotizimini rivojlantiradi.
Yo‘nalishingni tanla va jamoamizga qo‘shil
TBC Bankda ishlash afzalliklari
O‘qib-o‘rganishing uchun sharoit
Mashhur platformalarning o‘quv kurslari bilan mahoratingni rivojlantir
Salomatlik kunlari va tibbiy sug‘urta
Sog‘lig‘ing haqida birga g‘amxo‘rlik qilamiz
Sport va faol tadbirlar
Hamkasblaring orasida qiziqishlaring mos keladigan do‘stlarni topasan
Bo‘sh vaqtingni hurmat qilamiz
Ortiqcha ishlamasang ham, yutuqlaring e’tiborsiz qolmaydi
Xalqaro jamoada ishlash tajribasi
28 dan ortiq millat vakillari, turli madaniyatlar
Birinchi kundanoq rasmiy ish
Oyiga ikki marta to‘lov — avans va ish haqi
Norasmiy muhit
Oq ko‘ylak, qora shimdan ko‘ra bilim va mahorating muhimroq
Ishlaging keladigan ofis
Mazali kofe, shirinlik va mevalar, dam olish hududlari
Biz bilan umuman zerikmaysan
TBC Bank jamoasiga qo‘shil va yangi hamkasblaring bilan timbildinglarda, sport tadbirlarida va chempionatlarda ishtirok et
Doimiy rivojlanish. Bizda ko‘plab o‘quv platformalari va til kurslaridan foydalanish imkoniyati bor. Yaqinda kompaniyamiz tomonidan yetakchilik qobiliyatlarini oshirish uchun tashkil etilgan kursni tamomladim. Bu jamoa bilan ishlashimda katta foyda berdi.
Azizbek Hamraqulov
Creative Lab Team
Qiziqarli va innovatsion mahsulotlar ustida ishlash imkoni. Shuningdek, insonlar hayotini osonlashtirish usuli! Men millionlab odamlarga yordam beradigan innovatsion mahsulot yaratish uchun kompaniyada sun’iy intellektni rivojlantiryapman.
Najot Rashadbekov
AI Team
Butun dunyodan do‘stlar orttirish imkoni. Chunki biz xalqaro kompaniyamiz va 15 ta davlatdan kelgan hamkasblar bilan birga ishlaymiz. Kompaniyamizda 28 dan ortiq millat vakillari bor. Ular bilan qahvaxonaga borishimiz yoki yoga bilan shug‘ullanishimiz mumkin. Biz oddiygina hamkasblar emas, balki doim bir-biriga yordam berishga tayyor bo‘lgan jamoamiz.
Yuliya Ivanova
Corporate Communications Team
Bu ish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanatni hurmat qiladigan kompaniya. Men sevimli ishimda rivojlanyapman, shu bilan birga hobbilarim, yaqinlarim va shunchaki dam olish uchun ham vaqt ajratolyapman.
Madina Jumayeva
Talent Acquisition Team
Savollar va javoblar
Hammasi oddiy: saytimizdagi bo‘sh ish o‘rniga ariza qoldirasan — biz rezyumeni ko‘rib chiqamiz va agar mos kelsang, sen bilan bog‘lanamiz. Keyin onlayn yoki oflayn suhbatga taklif qilamiz. Oxirgi bosqichda — qaror qilinadi va offer beriladi.
Ba’zi holatlarda qo‘shimcha bosqichlar bo‘lishi mumkin — masalan, texnik suhbat, sinov topshirig‘i yoki ish boshlashdan oldin o‘quv mashg‘ulotlari va test.
Quyidagi hujjatlarning skanerlangan nusxalarini tayyorla:
- propiska ko‘rsatilgan pasport yoki ID karta;
- diplom yoki attestat;
- o‘qish joyidan ma’lumotnoma — agar hali talaba bo‘lsangiz;
- harbiy chipta yoki harbiy hisobga olish hujjati;
- tarjimai hol;
- mehnat organidan uch kundan oshmagan muddat ichida olingan ko‘chirma.
Quyidagi hujjatlarni mygov.uz va mehnat.uz saytlaridan yuklab ol:
- mehnat daftarchasi — agar bo‘lsa;
- STIR;
- JSHSHIR;
- sudlanmaganlik haqida ma’lumotnoma.
Shuningdek, bizga 3 × 4 o‘lchamdagi bir necha fotosurating kerak bo‘ladi:
- qog‘ozga chiqarilgan nusxadan ikkita;
bitta elektron nusxa.
Hamma hujjatlarni koordinatoringga yuborishing mumkin.
Ha, biz moslashuvchan ish formati tarafdorimiz. Shuning uchun Work From Anywhere (WFA — Istalgan joydan ishlash) formatini joriy qilganmiz. Ya’ni qayerdan turib ishlashni o‘zing tanlaysan. Bu imkoniyatdan yil davomida 24 kun foydalanishing mumkin.
Xavotir olma, shunchaki rezyumengni job@tbcbank.uz elektron pochtamizga yubor. Biz uni ko‘rib chiqamiz va munosib ish o‘rni paydo bo‘lishi bilan sen bilan bog‘lanamiz.
Saytimizning shu sahifasiga kir, o‘zing uchun qiziqarli amaliyotni tanla va ariza qoldir. Biz uni ko‘rib chiqamiz va tez orada sen bilan bog‘lanamiz.
Amaliyotlarimiz Train to Hire dasturi asosida o‘tkaziladi — ya’ni, agar amaliyot davomida o‘zingni ko‘rsatsang, ishga taklif va jamoamizga qo‘shilish imkoniyatiga ega bo‘lasan.
Amaliyot uchun maosh to‘lanadi va uch oy davom etadi. Shuningdek, TBC Bankning uchta ofisidan birida o‘tkaziladi.
Nima uchun ishlash uchun TBC Bankni tanlash kerak?
TBC Bank — O‘zbekistondagi birinchi raqamli bank. Shuningdek, u aksiyalari London fond birjasida kotirovka qilinadigan global TBC Group tarkibiga kiradi. TBC Bankda biz nafaqat loyihalar ustida ishlamaymiz, balki O‘zbekistonda fintex tarixi va kelajagini yaratamiz.
Jamoamiz 25 mamlakatdan 4000 dan ortiq kishini o‘z ichiga oladi. Bizni umumiy qadriyatlar, innovatsion fikrlash va bank sohasini yaxshilashga bo‘lgan intilish birlashtiradi. Bu yerda siz o‘z g‘oyalaringizni ro‘yobga chiqarishingiz, millionlab odamlar foydalanadigan mahsulotlar rivojlanishiga ta’sir qilishingiz va sizga ishonadigan, qo‘llab-quvvatlaydigan hamda yangi yutuqlarga ilhomlantiradigan kompaniya bilan birga o‘sishingiz mumkin.
TBC Bankdagi korporativ hayot
Bu yerda siz shunchaki hamkasblarni emas, balki har qanday vazifada doimo qo‘llab-quvvatlash va yordam berishga tayyor haqiqiy do‘stlarni topasiz. Biz doim butun jamoa uchun sport marafonlari, tog‘ sayohatlari, o‘quv seminarlari va Junk Fridays kechalari kabi turli xil jamoaviy tadbirlarni o‘tkazamiz. Ofisimizda esa qulay ishlash va dam olish uchun barcha sharoitlar bor: vending apparatlari, kofe, massaj kreslolari, o‘yin hududlari va yugurish yo‘laklari.
Ishga joylashish bosqichlari
Biz byurokratiyani yoqtirmaymiz. Shuning uchun ishga qabul qilish jarayonini iloji boricha tez va shaffof qilishga harakat qilamiz. Vakansiyaga qiziqish bildirganingizdan keyin, darhol rezyume va portfoliongizni o‘rganib chiqamiz. Agar bizga mos kelsangiz, sizni Zoom orqali onlayn yoki ofislarimizdan birida yuzma-yuz suhbatga taklif qilamiz.
Hamma bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tganingizdan keyin, hamkorlikning barcha shartlari batafsil yozilgan shaxsiy taklif olasiz. Birinchi ish kunidanoq biz hamma narsani o‘z zimmamizga olamiz: texnika vositalarini beramiz, korporativ xizmatlardan foydalanishni sozlaymiz va jamoaga qulay moslashishingizga yordam beramiz.
TBC Bankda karyera va o‘sish
Albatta bank bo‘sh ish o‘rinlarining aksariyati yangi xodimlarni yollash orqali to‘ldiriladi. Biroq biz o‘z sohasida o‘sish va rivojlanishni istagan hamkasblarimizni ham qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz ichki rivojlanishni rag‘batlantiramiz va kompaniya ichida karyera qurish imkoniyatini beramiz. Agar yangi vazifalarga intilsangiz va ko‘proq mas’uliyatni zimmagizga olishga tayyor bo‘lsangiz, doim kasbiy jihatdan o‘sish va yangi lavozimni egallash imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Ba’zida rivojlanish istagi yangi qiziqishlarni keltirib chiqaradi. Biz buni tushunamiz va qo‘llab-quvvatlaymiz. Siz o‘zingizni boshqa rolda sinab ko‘rishingiz yoki hatto kompaniya ichida faoliyat yo‘nalishingizni butunlay o‘zgartirishingiz mumkin. Biz ichki harakatchanlikni qo‘llab-quvvatlaymiz va o‘tish jarayonini osonlashtirishga yordam beramiz: yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirish, boshqa jamoada amaliyot va o‘zingizga chindan ham qiziq lavozimni findim imkoniyatini beramiz.
TBC Bankda amaliyot
Biz doimo o‘zi o‘sadigan va bizning o‘sishimizga yordam beradigan yangi iste’dodlarni izlaymiz. Shu maqsadda Train to Hire dasturi yaratildi. Bu talabalar va bitiruvchilar uchun IT va moliyaviy texnologiyalar sohalarida karyerani boshlash imkoniyati.
Bir necha oy davomida amaliyotchi sifatida tajribali ustozlar rahbarligida o‘z loyihangiz ustida ishlaysiz va uni yakuniy imtihonda taqdim etasiz. Amaliyot yakunida barcha ishtirokchilar rasmiy sertifikatlar oladi. Eng yaxshi nomzodlar esa TBC Bankda ishlash uchun taklif qilinadi.
Qanday qilib TBC Bank jamoasiga qo‘shilish mumkin?
TBC Bank vakansiyalari sahifasidan o‘zingizga mos keladigan lavozimni toping va rezyumengiz hamda portfliongizni (agar bo‘lsa) biriktirib, murojaat qiling.
Agar hozircha mos keladigan vakansiya bo‘lmasa, xavotir olmang. Rezyumengizni job@tbcbank.uz elektron pochtasiga yuboring. Biz uni ko‘rib chiqamiz va sizga mos keladigan lavozimni topishga harakat qilamiz.

















