TBC kartalari
Osmon Card — haqiqiy foyda keltiruvchi kredit karta
Xaridni hozir, to‘lovni keyinroq qiling. 55 kungacha foizlarsiz
Bir necha daqiqada
tasdiqlanadi
50 mln so‘mgacha
imit ajratiladi
Bepul
yetkazib beriladi
Salom Card — sizni maftun qiladigan karta
Mukofot beradi, foizlarni qaytaradi
12% mukofot
kartadagi pul uchun
5% keshbek
hamkorlardan xaridlar uchun
TBC virtual kartalari
Humo va Uzcard Virtual
Har kuni ishlatish uchun so'm kartalari. Doim telefoningizda
Birpasda
chiqarib beramiz
Komissiyasiz
to'ldirasiz
Visa Virtual
Chet eldan internet orqali xaridlar uchun dollar virtual kartasi
Birpasda
chiqarib beramiz
0 USD
depozit qo'yasiz
Kartani tanlang va TBC UZ ilovasida buyurtma qiling
Bizda ish vaqti 24/7 — istalgan paytda buyurtma berish mumkin
iOS va Android uchun ilovani yuklab olish
TBC Bank kartalari
Biz Visa, Uzcard va Humo to‘lov tizimlarining bir necha turdagi kartalarini chiqaramiz va ularga xizmat ko‘rsatamiz. Har bir kartaning o‘z vazifasi bor — kundalik xarajatlardan jamg‘armalar va onlayn xaridlargacha. Kartalar shartlari, bonuslari va imkoniyatlari bilan bir-biridan farqlanadi:
- TBC Virtual — Uzcard va Humo virtual kartalari onlayn xaridlar uchun.
- Visa Virtual — Visa virtual kartasi xalqaro xaridlar va to‘lovlar uchun.
- Salom Card — kundalik xarajatlar uchun foydali bonuslarga ega Visa plastik kartasi .
- Osmon Card — 55 kungacha imtiyozli davrga ega plastik kredit karta .
TBC kartalari imkoniyatlari
Uzcard va Humo virtual kartalaridan xuddi plastik kartalar kabi foydalanish mumkin. Biroq bitta cheklov bor: ulardan bankomat yoki bank bo‘limlarida naqd pul yechib ololmaysiz. Lekin siz bu kartalar bilan onlayn xaridlarni to‘lashingiz, shuningdek, ulardan O‘zbekistondagi istalgan bank kartalariga pul o‘tkazishingiz mumkin.
Visa Virtual kartasi bilan istalgan xorijiy onlayn do‘konlar, xizmatlar va ilovalarda onlayn xaridlar uchun to‘lov qilolasiz. Karta balansi dollarda ko‘rsatiladi. Uni TBC UZ ilovasiga ulangan har qanday kartadan komissiyasiz to‘ldirish imkoniga egasiz. So‘mni dollarga a qilish uchun TBC Bankning o‘sha vaqtdagi valyuta kursidan foydalaniladi.
Salom Card — O‘zbekiston va xorijdagi xaridlar hamda to‘lovlar uchun mo‘ljallangan karta. U ko‘plab yoqimli bonuslarga ega:
- 100 000 so‘mdan ko‘p qoldiq uchun yillik 12% mukofot;
- Hamkorlardan xaridlar uchun 5% keshbek va karta orqali har qanday to‘lovlardan yana 1% keshbek;
- TBC UZ ilovasida istalgan bank kartalariga komissiyasiz pul o‘tkazmalari;
- Bankomatlarda 10 mln so‘mgacha pulni komissiyasiz yechib olish;
- Terminal va bankomatlarda kartani to‘ldirganda, komissiya qaytariladi;
- Aeroportlardagi biznes-launj zallariga kirish va tezlashtirilgan tekshiruvdan o‘tish imkoni.
Bundan tashqari, karta Visa to‘lov tizimida ishlaydi. Shuning uchun u bilan dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida to‘lov qilish mumkin.
Osmon Card kredit kartasida imtiyozli davr bor. Bu davrda xaridlarni qo‘shimcha to‘lovsiz bank pulidan foydalanib, to‘lashingiz mumkin. Imtiyozli davrning oxirigacha barcha sarflangan summani qaytarsangiz bo‘ldi — shunda foizlar hisoblanmaydi. Imtiyozli davrning muddati ko‘chirmangiz sanasiga qarab 26 kundan 55 kungacha bo‘ladi.
TBC kartalari afzalliklari
Barcha kartalar onlayn ochiladi — bankka borish va navbat kutish shart emas. TBC UZ ilovasini yuklab olib, ro‘yxatdan o‘ting va kerakli kartani tanlasangiz yetarli. Virtual kartalar darhol chiqariladi va 15 daqiqa ichida avtomatik ishga tushadi. Plastik kartani esa buyurtma berganingizdan keyin uch kun ichida uyingizga bepul yetkazib beramiz.
Yana bir muhim afzallik — TBC UZ ilovasida komissiyasiz pul o‘tkazmalari. Visa’dagi Salom Card bilan istalgan bank kartalariga komissiyasiz pul o‘tkazishingiz mumkin. TBC kartalaringiz o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari esa har doim bepul bo‘ladi.
TBC kartalarini ochish
Istalgan kartani buyurtma qilish uchun TBC UZ ilovasining "Kartalar" bo‘limiga kiring. Kerakli kartani tanlang, shartlar bilan tanishib chiqing va uni oching. Virtual kartalar darhol tayyor bo‘ladi, plastik kartalarni esa uch kun ichida yoki undan oldin bepul chiqarib, uyingizga yetkazib beramiz.
Faqat Osmon Card alohida "Kredit karta" bo‘limida ochiladi. Buyurtma berayotganda o‘zingizga kerakli kredit limitini yozing va ariza yuboring. Keyin tizim arizangizni ko‘rib chiqadi va karta bo‘yicha qaror qabul qiladi. Qaror tayyor bo‘lgach, sizga xabar beramiz. Agar karta bo‘yicha qaror ijobiy bo‘lsa, kartani bepul tayyorlash va yetkazib berish uch kungacha vaqt oladi.





