Byudjet va tejamkorlik

Salom Card bonuslarini qanday olish

Nataly Fein

13 August3 daqiqalik o‘qish

Salom Card — bu kredit karta emas, oddiy debet karta. Ammo u bilan nafaqat xarid qilasiz, balki daromad ham topasiz. Faqat kundalik foydalanishda ham sizga foyda keltiradi.

Har oyda — qoldiq uchun foizlar

Bank Salom Card kartasi qoldig‘iga kunlik 12% yillik foiz hisoblaydi va keyingi oyning boshida umumiy summani kartaga o‘tkazadi.

Ish haqi, nafaqa yoki qo‘shimcha daromadlaringizni Salom Card’ga o‘tkazing va ulardan ham foiz oling. Kartada qancha ko‘p mablag‘ bo‘lsa, shuncha ko‘p foyda ko‘rasiz.

Xaridlar uchun 5% keshbek

Bank hamkorlarida Salom Card bilan to‘lov qiling va xarid summasining 5 foizini qaytarib oling. Keshbek ommabop xizmatlarda ishlaydi: pitsa, yetkazib berish xizmati, transport va boshqalar.

Bank barcha xaridlaringiz uchun bonuslarni jamlaydi va keyingi oyning boshida keshbekning umumiy summasini kartangizga o‘tkazadi.

TBC UZ ilovasidagi o‘tkazmalar uchun 0% komissiya

TBC UZ ilovasi orqali Salom Card’dan boshqa kartalarga pul o‘tkazish bepul. 10 million so‘mgacha naqd pul yechsangiz, keyingi oy boshida bank komissiyani qaytaradi.

Boshqa bankomatlardan bepul to‘ldirish

Kartani boshqa bank bankomatida to‘ldirsangiz ham, olingan komissiya sizga qaytariladi. Demak, to‘ldirish siz uchun bepul bo‘ladi.

Salom Card’ni qanday buyurtma qilish mumkin?

Salom Card’ni onlayn tarzda TBC UZ ilovasi orqali rasmiylashtirish mumkin. Ilova Google Play va App Store’da mavjud. Karta 3 ish kuni ichida uyingizga yoki sizga yaqin TBC xizmat ko‘rsatish nuqtasiga yetkazib beriladi.

 

Kartani olgach, ilova orqali faollashtirasiz va shu zahoti xaridlarni to‘lash, keshbek olish va qoldiq summaga foiz yig‘ishingiz mumkin.