Qarzlar va kreditlar

Yangi qurilgan uyda remont qanchaga tushadi — dizayner va qurilish kompaniyalarisiz

Nataly Fein

10 November4 daqiqalik o‘qish

Sherzod yangi uyidan remontsiz kvartira olib, “hammasini o‘zim qilaman” deb qaror qildi. Uy rejasini ham, material tanlashni ham o‘zi, ta’mirni esa bitta ustaga topshirib, maksimal tejamkor variantni tanladi. Bir yil davom bo‘lgan tartibsizlik, asab, keraksiz xarajatlar va o‘nlab xatolardan keyin u remontni qanday boshlash kerak emasligini juda yaxshi bilib oldi. Endi o‘sha tajribani biz bilan bo‘lishadi.

1-maslahat. Dizayn loyihasiga pulni ayamagan ma’qul — bu sizni xatolardan va qayta remontdan qutqaradi

Men 2020-yilda kvartira sotib olganman. Bu 50 kvadrat metrli oddiy beton quti bo‘lib, ichki devorlari va kommunikatsiyalari yo‘q edi. Barcha rejalashtirish va quvurlarni o‘tkazishni o‘zim o‘ylab topishim kerak edi.

 

Biz tejab, hamma narsani o‘zimiz loyihalashtirishga qaror qildik. Videolarni tomosha qildik, maslahatlar o‘qidik, remont qilgan do‘stlarimizdan so‘rab-surishtirdik.

Qog‘ozda loyiha ideal ko‘ringandi. Lekin devorlar qurilgach, hisob-kitobda xato qilganimizni bildik: yotoqxona juda tor chiqib qoldi, karavot xonaning deyarli to’liq egalladi, javonni devorga siqishga to‘g‘ri keldi, bolalar karavoti esa faqat burchakka sig‘di.


Dizayn loyihasi bilan biz ming dollar ko‘proq to‘lagan bo‘lardik, dizayner aniq hisob-kitoblarni qilgan bo‘lardi va xona qulay bo‘lib chiqardi. Interyer dizaynerining ishi taxminan bir kvadrat metr uchun 250 ming so‘m va undan yuqori bo‘lishi mumkin.


Devorlar narxi: gipsokarton, profil, izolyatsiya va sarf materiallari uchun taxminan 14,5 million so‘m sarflandi.

2-maslahat. Ustalar bilan albatta shartnoma tuzing

Devorlar qurilgandan keyin asosiy ishlar boshlandi: elektr tarmog‘ini o‘tkazish, kanalizatsiya tizimini o‘rnatish, polni tekislash, santexnika jihozlarini o‘rnatish. Bir paytlar qaynonamning uyida remont qilgan tanish prorabni chaqirdim. O‘shanda natija menga yoqqandi va u mening uyimda ham yaxshi ishlay oladi deb o‘yladim.

 

U o‘ziga yana bir yordamchini chaqirdi va ular ikkovi santexnika va elektr jihozlarini o‘rnatishdan tashqari barcha qurilish ishlarini bajarishdi.

Foto shaxsiy arxivimdan: ta’mirlash ishlari boshlangunga uy qadar shunday bo‘lgan.


Tanish odam bo‘lgani uchun hech qanday shartnoma tuzmadik. Bu katta xato bo‘ldi. Ishlar juda sekin bordi, sifat esa ko‘ngildagidek bo‘lmadi. Masalan, laminat qalinligini noto‘g‘ri tanlandi, xonalar orasida balandlik farqi chiqib qoldi. Kafelni yaxshi yotqizdi, lekin gulqog‘ozni juda yomon yopishtirdi, choklari ko‘rinib turardi. Hatto yotqizilgan laminat ustiga tasodifan suv to‘kib yuborib, taxtalarni shishirtirib qo‘ydi.
Bularning barchasi ta’mirni cho‘zdi, xarajatni esa oshirdi. Oldindan yarmini berganim uchun ham hech narsa deya olmadim: shartnoma bo‘lmagani bois u xohlagan payti ishni tashlab ketishi ham mumkin edi. 


Materiallar va ishlarning qiymati: taxminan 33 million so‘m.

3-maslahat. Materiallarni o‘zingiz xarid qilmaslikka harakat qiling

Dastlab men barcha xaridlarni o‘zim qilishni ma’qul deb bildim. “Arzoni ham, qulayi ham o‘zim topaman”, deb o‘yladim. Usta ro‘yxat beradi, men har shanba qurilish bozoriga boraman, do‘konlarni aylanaman, narxlarni solishtiraman, eng pastini tanlayman. Bu tejamkor yo‘ldek tuyulardi.


Lekin materiallardan unchalik tushunmaganim uchun xatolar ko‘p bo‘ldi. Bir safar pol uchun mo‘ljallangan kafel o‘rniga devor uchun kafel olibman. Uni qaytarib, yangisini olishimga to‘g‘ri keldi, yetkazib berish bilan birga bu menga qo‘shimcha 11,5 million so‘mga tushdi. Boshqa bir kuni esa kerakli issiqlik izolyatsiyasini olmadim, shu sababli remont bir haftaga to‘xtab qoldi, chunki bozorga faqat dam olish kunlari borardim.


Natijada pul tejash rejam o‘xshamadi. Benzin, bozorga sarflangan kunlar, qayta sotib olingan materiallar — bularning hammasi qo‘shimcha xarajatga aylandi. Eng ma’qul usul bu bozorlikni ustaga topshirish, u bo’lsa chek va suratlar bilan hisobot bersin. Va, albatta, dizayn loyihasi bo‘lsa, unda aniq ro‘yxat ham bo‘ladi: nima olish, qancha olish va aynan qayerga ishlatish. O‘ylab o‘tirishga hojat qolmaydi.


Materiallar narxi: taxminan 12 millionga tushdi.

4-maslahat. Mebelni faqat mebel kompaniyalaridan buyurtma qilish

Ta’mirdagi eng qimmat va eng ko‘p bosh qotirgan joy — mebel bo‘ldi. Zaxiram tugagach, ta’mir to‘xtab qolmasligi uchun kredit olishga majbur bo‘ldim. TBC Bank’ning onlayn krediti yordam berdi, ishlar yana oldinga yura boshladi.


Yana tejashga urindim va mebelni tanish ustaga buyurtma qildim. Bu sifatliroq bo‘ladi, arzonroq chiqadi, deb o‘yladim. Lekin yana o‘sha eski xatoga yo‘l qo‘ydim: shartnomasiz, smetasiz, aniq muddatlarsiz kelishib qo‘ydim.


U bir oyda tugataman deb va’da berdi, lekin ish uch oyga cho‘zildi. Har safar material uchun pul so‘raydi, oladi, keyin bir necha kunga izsiz yo‘qoladi. Shu bilan men unga umumiy summaning qariyb 80 foizini berib bo‘lgandim.


Amakimdan keyin menga maslahat berdi. U ilgari mebel bilan shug‘ullangan, hisob-kitobni yaxshi biladi. O‘tirib hamma o‘lchamlarni yozdik, material sarfini hisobladik va shunda hayron bo‘ldim: men ustaga bergan pulga aslida butun mebelni boshdan-oyoq tayyorlab, ish haqi bilan birga qilish mumkin ekan. Farq juda katta edi.

Bizga shu divanni yasashdi. Foto shaxsiy arxivdan


Natijada ustaga barcha hisoblarni ko‘rsatdim. Jiddiy suhbatdan keyin u narxni qayta ko‘rib chiqdi va bir necha hafta ichida mebelni yakunlab berdi.


Mebel va ish haqqining narxi: taxminan 77 million so‘m.

5-maslahat. Qo‘shimcha xarajatlarni oldindan hisoblang

Remont byudjetini tuzayotganda men ayrim mayda, lekin ahamiyatli xarajatlarni e’tibordan chetda qoldirganman. Masalan, yetkazib berish. Qurilish materiallari, mebel, texnika, bularning har biri uchun alohida yetkazib berish va yig‘ish bir necha million so‘mga chiqdi.


Keyin mayda-chuydalar bor: mix, moslama, valik, bo‘yoq cho‘tka, pena. Alohida hisoblasa arzondek ko‘rinadi, lekin yakunda deyarli 1,5 million so‘m bo‘lib ketdi. Chiqindilarni olib chiqish esa deyarli 2 million so‘mga tushdi.


Santexniklarning tushliklari ham bor — umumiy hisobda yarim million so‘m bo‘ldi.


Va, albatta, ustalarning ish haqi. Odatda u materiallar narxi bilan deyarli teng bo‘ladi. Shuning uchun byudjetni boshlashdan oldin ikki baravar qilib qo‘yish eng to‘g‘ri yondashuv: materiallar va ish.


Umumiy qilib aytganda, mebel, santexnika, oshxona jihozlari bilan birga remont menga taxminan 230 million so‘mga tushdi. Bu taxminan 12,5 ming dollar.

Shu remont bir yil va 230 mln so‘m evaziga bitdi. Foto shaxsiy arxivdan
Asosiy xarajatlar: 230 mln so‘mlik smeta:

ToifaUmumiy xarajatlar, mln so’m
Qurilish materiallari, jumladan33,0
Issiq pol3,0
Tarang shiftlar8,5
Elektrika10,3
Chiqindi tashish1,75
Mebel77,0
Santexnika34,0
Oshxona texnikasi28,8
Boshqa xarajatlar33,65

Remontdan keyin bir muddat shu uyda yashab, keyin sotib, boshqasini sotib oldik. Yangisida esa hammasini to‘g‘ri qildim: dizayn-loyihaga buyurtma berdim va qurilish kompaniyasini yolladim. To‘liq ta’mirlash yetti oydan kamroq vaqt oldi va xotirjam, asabiylashishlarsiz va o‘zgartirishlarsiz o‘tdi.

Remontda har doim kutilmagan xarajatlar topiladi

Eng muhimi — remontni cho‘zib yubormaslik. Agar materiallar yoki mebel uchun pul yetmay qolsa, TBC UZ ilovasida onlayn kreditga tezda ariza topshirib, atigi bir daqiqada javob olish mumkin. Shunda ishni to‘xtatib qo‘ymay, kuch va ilhom bor paytda hammasini oxirigacha yetkazib olish oson bo‘ladi.

*So‘nggi 300 ming foydalanuvchi orasida kredit bo‘yicha qaror chiqishining o‘rtacha vaqti — 1 daqiqa atrofida. Aniq vaqt sizning kredit tarixingizga bog‘liq va bir daqiqadan tezroq yoki ko‘proq bo‘lishi mumkin. Stavka 28% dan 49% gacha, muddat 3 oydan 36 oygacha, summa 300 ming so‘mdan 100 million so‘mgacha. To‘liq shartlar.