Kredit haqida 5 ta mish-mish gap
Nataly Fein
13 August∙3 daqiqalik o‘qish
Kredit mavzusi hamma uchun qiziq, lekin ko‘pchilik unga ishonmaydi. TBC Bank bilan birga kreditlar haqida yuradigan gap-so‘zlarga aniqlik kiritamiz — qaysi biri rost, qaysi biri shunchaki mish-mish?
Mish-mish 1 Kredit olish uchun bankka borish kerak
Aslida — UNDAY EMAS
Sizga faqat telefon, TBC ilovasi va pasport kerak. Hech qayerga borish shart emas — barchasi onlayn: shaklni to‘ldirasiz va arizani yuborasiz. TBC UZ’da kredit bo‘yicha qaror kechqurun yoki dam olish kunlarida ham atigi 1 daqiqada* chiqadi.
**bu 300 000 ta oxirgi foydalanuvchi o‘rtasida kredit olishning o‘rtacha vaqti. Aniq vaqt sizning kredit tarixingizga bog‘liq bo‘lib, bir daqiqadan kam yoki ko‘proq vaqt olishi mumkin.
Kredit shartlari: go.tbcbank.uz/rukreditinfo
Mish-mish 2 Kredit olish uchun rasmiy ish joyi bo‘lishi kerak
Aslida — UNDAY EMAS
Rasmiy ish joyingiz bo‘lmasa ham, agar bank kartangizga doimiy tushum (masalan, kvartira ijarasi yoki boshqa daromad) bo‘lsa — kredit olish mumkin.
TBC ilovasida kartani ulaysiz, bo‘ldi — bank tushumlaringizni ko‘radi va qaror chiqaradi.
Мish-mish 3 Kredit uchun ko‘p hujjat kerak
Aslida — UNDAY EMAS
TBC Bank’da kredit olish uchun faqat pasport kerak.
Hech qanday spravka, kafil yoki boshqa hujjatlar shart emas — hammasi telefonda, onlayn bo‘ladi.
Mish-mish 4 Kredit — bu muammo va stress
Aslida — UNDAY EMAS
Avval daromadingizni va xarajatlaringizni hisoblang. Oylik to‘lov sizga og‘ir tushmasligi kerak. Qancha to‘lay olsangiz, shunga qarab kredit muddatini tanlang — 3 oydan 36 oygacha.
Qulay kredit to‘lovini hisoblash uchun:
1. Oylik va boshqa daromadlaringizni qo‘shing.
2. Uy, ovqat, yo‘l kira kabi asosiy xarajatlaringizni ayiring.
3. Qolgan pulni ikkiga bo‘ling — bu sizning xavfsiz oylik kredit to‘lovingiz bo‘ladi.
Mish-mish 5 Bitta kreditim bo‘lsa, ikkinchisi berilmaydi
Aslida — UNDAY EMAS
Bank avval sizning qarzlaringizni ko’rib chiqadi. Agar hozirgi qarzingiz daromadingizning yarmidan kam bo‘lsa, ikkinchi kredit olish imkoniyati bor. Lekin shoshilmang — balki avval birinchi kreditni yopib, keyin yangisini olish to‘g‘riroqdir. Bu ortiqcha qarz to‘planib qolmasligi uchun muhim.




