
TBC Bank’da kredit qanday rasmiylashtiriladi
TBC Blog tahririyati
Ariza topshirishdan oldin bank talablariga mos kelishingizni tekshirib ko‘ring. Bu, kredit olish imkoniyatingizni, muhim shartlarni va qanday hujjatlar kerakligini tezroq tushunishga yordam beradi. TBC Bank’da kredit kimlarga berilishi, nimalar talab qilinishi va barchasini qanday rasmiylashtirishni tushuntiramiz.
TBC Bank’da kimlar kredit olishi mumkin
TBC Bank’da kredit oluvchiga qo‘yiladigan bir nechta asosiy talablar bor. Kredit uchun ariza topshirish mumkin, agar siz:
O‘zbekiston fuqarosisiz — norezidentlar TBC Bankda kredit rasmiylashtira olmaydilar;
18 yoshga to‘lgansiz — erkaklar 58 yoshgacha, ayollar 53 yoshgacha ariza topshirishlari mumkin;
oxirgi 12 oyda rasmiy daromadingiz bor va u, oyiga kamida 500 000 so‘mni tashkil etadi;
- boshqa kreditlar bo‘yicha to‘lovlarni kechiktirmagansiz — kredit tarixingiz yomon bo‘lsa, arizangiz, katta ehtimol bilan, ma’qullanmaydi.
Kredit olish uchun qanday hujjatlar kerak
TBC Bank’da kreditni ilova orqali onlayn olish mumkin. Bankka borish yoki qo‘shimcha hujjatlar olib kelish shart emas. Pasport yoki ID-kartaning o‘zi yetadi.
Ilovada “Kredit olish” bo‘limini tanlab, bir nechta savolga javob bering.
Ariza topshirilgandan keyin bank qarorni tez qabul qiladi. Javob bir daqiqada keladi.
Nega kreditni rad etishlari mumkin
Asosiy talablarga mos kelishingiz kredit avtomatik tasdiqlanadi degani emas. Bank arizani kompleks tarzda baholaydi. Faqat yosh, fuqarolik yoki daromadga emas, balki qarz oluvchining umumiy moliyaviy holatiga ham qaraydi.
Qarorga turli omillar ta’sir qilishi mumkin. Masalan, yuqori qarz yuklamasi, boshqa kreditlar bo‘yicha kechikishlar yoki majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik. Bu haqda batafsil alohida maqolada tushuntirganmiz.
Kredit olish imkoniyatini qanday oshirish mumkin
Ariza topshirishdan oldin yosh va rasmiy daromad bo‘yicha bankning asosiy talablariga mos kelishingizni tekshiring.
Maslahat: daromadingiz boshqa bank kartalariga tushsa, ularni TBC UZ ilovasiga qo‘shing. Shunda bank pul tushumlari bo‘yicha to‘liq ma’lumotni ko‘ra oladi va to‘lov qobiliyatingizni aniqroq baholaydi.
Kredit tarixingizni tekshirib qo‘ying. Buni Yagona davlat xizmatlari portali yoki KATM orqali yiliga bir marta, bepul qilish mumkin.
Agar kredit tarixingizda muammolar bo‘lsa, uni to‘g‘irlash kerak. Qarzlarni yopish, kechikishlarni bartaraf etish va jarimalarni to‘lash. Keyin kredit tarixidagi ma’lumotlar yangilanganini tekshirib, yana ariza topshirish mumkin.
Kredit tarixingiz yaxshi bo‘lsa va bank talablariga mos kelsangiz, TBC Bank sizga qancha kredit berishga tayyor ekanini tekshirib ko‘rishingiz mumkin.
