Qarzlar va kreditlar

Kredit biznesning o‘sishiga qanday yordam beradi: 6 ta misol

Nataly Fein

 

Quyida kredit foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlarni ko‘rib chiqamiz va ariza topshirishdan oldin byudjetga tushadigan yuklamani qanday baholash bo‘yicha oddiy chek-list beramiz.

#1. Biznesni kengaytirish

Biznes o‘sib borganda, mavjud resurslar yetmay qolishi mumkin: joy yetmaydi, mahsulot sig‘maydi, ishchi kuchi kamlik qiladi. Shu paytda kredit o‘sishni tezlashtiradigan vosita bo‘la oladi. Siz qo‘shimcha savdo nuqtasi yoki ombor ochishingiz, kerakli jihozlar olishingiz, mahsulot turini kengaytirishingiz yoki yangi xodimlar yollashingiz mumkin.

#2. Uskuna sotib olish yoki almashtirish

Uskunani yangilamaslik daromadning bir qismini yo‘qotishga olib kelishi mumkin. Shuning uchun zarur texnikani yangilash uchun kredit olish — bu o‘zini oqlaydigan qaror. Bu aynan biznes ishlashi uchun muhim bo‘lgan yoki daromadni oshiradigan uskunalar bo‘lishi kerak. Masalan, non pishiradigan pech yoki mahsulot buzilib ketmasligi uchun kerak bo‘ladigan muzlatkich. Bunga quyidagilar kiradi:

 

  • pechlar, muzlatkichlar, vitrinlar
  • stanoklar va ishlab chiqarish jihozlari
  • yetkazib berish uchun yengil yoki og‘ir mashinalari
  • ofis texnikasi va kompyuterlar


Kredit orqali siz pul yig‘ilguncha kutib o‘tirmaysiz. Daromad keltiradigan jarayonni ishga tushirish yoki kuchaytirish mumkin.

#3. Aylanma mablag‘larni to‘ldirish

Ba’zan pul bajarilgan ishda qotib qoladi. Ish bajarilgan, lekin to‘lov hali kelmagan. Shu bilan birga xomashyo xarid qilish, mahsulot zaxirasini to‘ldirish va yangi buyurtmalarni bajarish kerak.


Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun olingan kredit kassadagi vaqtinchalik uzilishlarni yopishga va savdo aylanmasini ushlab turishga yordam beradi. Ayniqsa, katta buyurtma paydo bo‘lib qolsa, lekin tezlik bilan xarid qilish uchun yetarli pul bo‘lmasa, bu juda qo‘l keladi.

#4. Mavsumga tayyorgarlik

Bayramlar yoki yuqori mavsum kelganda biznesda yuklama keskin oshadi. Ko‘proq daromad qilish uchun tadbirkorlar oldindan mahsulot zaxirasini ko‘paytiradi, jamoani kuchaytiradi va assortimentni kengaytiradi.


Kredit mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradi: kerakli tovarni oldindan xarid qilish, mijozlar ko‘payganida talabni o‘tkazib yubormaslik va eng yuqori davrda ko‘proq daromad olish mumkin. Masalan, Yangi yil oldidan sovg‘a to‘plamlari, dekor va ommabop mahsulotlarni erta xarid qilib qo‘yish, qo‘shimcha xodimlarni jalb qilish — bularning barchasi bayram haftalarida mijozlarga xizmat ko‘rsatish hajmini oshiradi.

#5. Bino ta’miri yoki yangilash

Hatto yaxshi ishlayotgan biznes ham vaqti-vaqti bilan yangilanishga muhtoj bo‘ladi. Masalan, kafega mebel va peshtaxtani almashtirish, do‘konda vitrina, stend va yoritishni yangilash yoki ishlab chiqarishga qo‘shimcha ventilyatsiya kerak bo‘lishi mumkin.


Kredit ta’mirni yillar davomida cho‘zmasdan, tezroq tugatishga yordam beradi. Shunda ish joyi mijozlar va xodimlar uchun qulay va zamonaviy bo‘ladi.

#6. Yangi mahsulotlar chiqarish va reklama

Ko‘p kichik bizneslarda yangi mahsulot yoki xizmat g‘oyalari bo‘ladi, lekin ularni yo‘lga qo‘yish yoki reklama qilish uchun budjet yetmaydi. Siz yangi mahsulot ustida ishlayapsiz, xizmatning yangi formatini sinab ko‘rmoqchisiz yoki reklama kampaniyasini boshlamoqchisiz, lekin mablag‘ yetarli emas — kredit aynan shu joyda yordam berishi mumkin.


Muhim jihat — mablag‘ qayerga sarflanishini oldindan aniq rejalashtirish: ishlab chiqarish, qadoqlash, reklama, pudratchilar ishlari. Shunda siz kerak bo‘lgan kredit miqdorini aniq hisoblab, rejaga mos qilib olishingiz mumkin.

TBC Business’da kreditni qanday olish mumkin

TBC Business — tadbirkorlar uchun to‘liq raqamli bank. Hisob ochish, to‘lov o‘tkazish, kontragentlarga pul yuborish, hisobot olish — hammasi onlayn. Biznes krediti ham shunday: ariza topshirasiz, qarorni olasiz va mablag‘ bankdagi hisobingizga tushadi.


Onlayn kredit olish uchun bir nechta shartlar bor:

 

  • O‘zbekiston rezidenti bo‘lishingiz kerak
  • biznes kamida 6 oydan beri ishlayotgan bo‘lishi kerak
  • kompaniya va ta’sischining kredit tarixi toza bo‘lishi kerak
  • hisoblarda blokirovkalar bo‘lmasligi kerak


Agar biznesingiz shu talablarga mos kelsa — kreditga ariza topshirishingiz mumkin*. 

Maksimal kredit miqdori 10 mln so‘mdan 300 mln so‘mgacha, muddati 3 oydan 36 oygacha, stavka esa yiliga 33–38% oralig‘ida. Qaror uch ish kuni ichida qabul qilinadi. Hech qanday garov, kafillar va kredit olish uchun komissiya yo’q.


Arizani qanday topshirish


1. TBC Business shaxsiy kabinetiga kiring
2. “Kreditlar” bo‘limiga o‘ting
3. Kredit arizasini to‘ldirib, kerakli summa va muddatni belgilang


Ijobiy qaror chiqqach, mablag‘ TBC Business hisobingizga tushadi va siz uni xaridlar, ta’mir, ish haqi yoki boshqa biznes ehtiyojlariga yo‘naltirishingiz mumkin.

 

*Aniq shartlar — jumladan, kredit miqdori, foiz stavkasi va muddati — kompaniyangiz tahlili va skoring natijalariga ko'ra belgilanadi. Kredit shartlari