
Visa Salom Card’ni to‘ldirishning 4 usuli
Alisa Granova
Salom Card 5-noyabrdan boshlab Visa xalqaro tizimida ishlamoqda. Endi karta bilan nafaqat O‘zbekistondagi terminallarda, balki chet elda ham to‘lov qilish, xorijiy saytlar orqali xarid qilish va barcha xaridlar uchun 1% keshbek olish mumkin. Kartani ishlatish uchun uni to‘ldirish kerak. Salom Card Visa’ni qulay va ortiqcha komissiyasiz to‘ldirishning 4 ta oson usulini to‘pladik.
1. TBC UZ va payme ilovasida
TBC UZ va payme ilovasiga karta qo‘shib, TBC Salom kartangizni bepul to‘ldiring.
Karta qo‘shish:
TBC UZ va payme ilovasida “Kartalar” bo‘limini ochib → “Karta qo‘shish”ni bosing. Tayyor!
2. payme va Click orqali o‘tkazma
payme va Click ilovalarida “O‘tkazmalar”ni tanlang → TBC Salom karta raqamini kiritib → pul o‘tqazmoqchi bo‘lgan kartangiz va summani kiriting.
3. Naqd pul bilan Paynet’da
Terminalda “Visa kartalarini to‘ldirish”ni tanlab, oluvchining karta raqami va telefon raqamingizni kiriting. Pul deyarli darhol kartaga tushadi.
To‘ldirish uchun komissiya terminal qaysi bankka tegishli ekaniga qarab 3% gacha bo‘ladi.
4. Visa Direct’dan pul o‘tkazish
TBC Salom Visa Direct tizimiga ulangan. Kartaga pul o‘tkazmalarini qabul qilish va butun dunyo bo‘ylab pul yuborish mumkin.
TBC Salom’ni Visa Direct, boshqa banklar va Paynet ilovalarida to‘ldirish uchun “O‘tkazmalar” → Visa Direct → TBC Salom karta raqamini kiriting.
Visa’dagi TBC Salom’ni olish
TBC UZ ilovasida Visa’dagi Salom Card’ni onlayn ochish mumkin. Kartani TBC Bank ilovasi yoki payme orqali komissiyasiz to‘ldirish qulay.
