Barcha maqolalar
Jamg‘armalar

Farzand tug‘ilishiga moliyaviy tayyorgarlik ko‘rish uchun 5 ta maslahat

TBC Blog tahririyati

 

Farzand tug‘ilishi katta quvonch, shuningdek oila byudjetining kamayishi hamdir. Shifokorlar, kiyim-kechak va tagliklar uchun xarajatlar oshib borayotgan bir paytda, ota-onalardan birining bola parvarishi ta’tiliga chiqishi daromadlar pasayishiga olib keladi. Kelajakdagi xarajatlarni oldindan rejalashtirish, pul tejash usullari va kichkintoy hayotining dastlabki oylari uchun qanday pul jamg‘arish mumkinligini ko‘rib chiqamiz.

1-maslahat. Pul yig‘ishni imkon qadar erta boshlang

“Bola fondi”ni yaratish uchun eng yaxshi vaqt — homiladorlikni rejalashtirish bosqichidir. Lekin, istalgan vaqtda boshlash mumkin. Masalan, yarim yil ichida ham oilaga bola tug‘ilganidan keyingi ilk oylarni yengilroq o‘tkazishga yordam beradigan mablag‘ni to‘plash mumkin. 


Ota-onaning har ikkisi pul jamg‘arsa, yanada yaxshi bo‘ladi. Shunda maoshning 10-15 foizi ham jiddiy sarmoyaga aylanadi. Masalan, otaning maoshi 10 mln so‘m, onaning maoshi 4,5 mln so‘m va ular 10 foizdan jamg‘arsa, har oyda 1 450 000 so‘m bo‘ladi.

2-maslahat. Byudjetni qayta ko‘rib chiqish

Kichkintoy dunyoga kelishini kutish — oila byudjetini qayta ko‘rib chiqish uchun yaxshi vaqt. Ko‘pincha pullar uncha kerak bo‘lgan narsalarga “uchib ketayotganini” sezmay qolamiz. Buning uchun: 


1. Xarajatlarni tahlil qilish. Pullar qayerga sarflanishini tushunish uchun buxgalter bo‘lish shart emas. Bank ilovasi yordamida oy tahlilini o‘rganib chiqing. Masalan, restoranlarga borish va uyga ovqat buyurtma qilishni kamaytirish oyiga 500 000 so‘mdan 1 500 000 so‘mgacha tejashga yordam beradi.

 

2.  Byudjetni nazorat qiluvchi ilovani o‘rnatish. Monefy yoki Zenmoney kabi oddiy ilovalardan foydalanishingiz mumkin. Ilova orqali xaridlarni yozib borish va xarajatlarni kuzatish oson. Bu, nafaqat yana nimada tejash mumkinligini tushunishga yordam beradi, balki o‘ylamay qilinadigan xaridlarni nazorat qilishga ham o‘rgatadi.

3-maslahat. Bola uchun xaridlarga oqilona yondashish

Masalan, chaqaloqlar tez o‘sadi va bir xil o‘lchamdagi 3-4 tadan ortiq kiyim sotib olishdan ma’no yo‘q. Kiyimlar bola ularni kiyib ulgurmasidan kichrayib qolishi mumkin. 


Ba’zi narsalar ayrim ota-onalar uchun foydali bo‘lsa, boshqalarga kerak bo‘lmasligi mumkin. Masalan, agar uyda yo‘rgaklash matrasini qo‘ysa bo‘ladigan qulay javon bo‘lsa, alohida yo‘rgaklash stolini olish shart emas. Bolani ko‘tarib yurishga mo‘ljallangan slinglar hammaga ham mos kelmaydi. Slingni chaqaloq bilan birga kiyib, sinab ko‘rgan ma’qul. Bunday qo‘shimcha narsalarni oldindan sotib olmaslik kerak. Keyinchalik ular zarur bo‘lsa xarid qiling.

 

Chaqaloq tug‘ilishidan oldin sotib olish kerak bo‘lgan narsalar ro‘yxatini tuzib, unga qat’iy amal qilish juda qulay. Bu sizni ko‘zingizga yoqqan narsalarni o‘ylamay sotib olishdan saqlaydi.

4-maslahat. To‘ldirish imkoniyati bo‘lgan omonat ochish

“Bola xarajatlari” uchun mo‘ljallangan pulni kundalik xarajatlardan alohida saqlagan yaxshi. Shunda ularni joriy ehtiyojlarga sarflamaysiz va xavfsizlik yostig‘i o‘sib borayotgani ham ko‘rib turasiz.


Bunda oddiy bank hisobi emas, to‘ldirish imkoniyati bo‘lgan omonat ochgan ma’qul, chunki unga foizlar ham qo‘shilib boradi. TBC Bankda to‘ldirish imkoniyati bo‘lgan omonatlar bo‘yicha foiz stavkasi yillik 13% dan 20% gacha. Odatda, muddat qancha uzoq bo‘lsa, foiz stavkasi shuncha yuqori bo‘ladi. Misol uchun: 24 oyga to‘ldirish imkoniyati bo‘lmagan omonat ochilganda stavka 21%, 6 oyga esa 19% bo‘ladi. 


Omonatga birdan katta summa qo‘yish, yoki kichik summadan ham boshlash mumkin. Masalan, TBC Odat omonatini 1000 so‘m bilan ochsa bo‘ladi.


Omonatni vaqti-vaqti bilan har oyda to‘ldirish mumkin. Agar bir oyda 1,5 mln so‘mdan jamg‘arilsa, 13 oyda qariyb 19,5 mln so‘m yig‘ish mumkin. Yillik taxminan 17 % stavkada jamg‘armalar 1,8 mln so‘m daromad keltiradi, natijada hisobda 20,8 mln so‘mga yaqin pul bo‘ladi.


Omonatni avtomatik to‘ldirish funksiyasini yoqsa bo‘ladi. Bunda, oylik maosh tushgan kuni kerakli pul miqdori hisobingizga avtomatik tarzda o‘tkaziladi. Shunda u “bola fondi”ga o‘tadi va uni boshqa narsaga sarflash istagi bo‘lmaydi.

5- Maslahat. Omonatni kapitallashtirishdan foydalanish

Omonatni kapitallashtirish — bu, bank tomonidan hisoblanadigan foizlarning asosiy summaga qo‘shilib borilishi. Oddiy qilib aytganda, foizlarni omonatda qoldirasiz va oylik daromaddan foydalanmaysiz. Natijada, keyingi oyda bank yanada kattaroq summaga foiz hisoblaydi. Bu esa “moliyaviy yostiqcha”ni tezroq yig‘ishga yordam beradi.


Ba’zan foizlar avtomatik ravishda omonatda qoladi. Lekin ko‘pincha ularni qayerga tushishini o‘zingiz tanlaysiz: omonatga qo‘shish yoki joriy hisobingizga o‘tkazish. Bu omonat turiga bog‘liq, aniq ma’lumotni bankning qo‘llab-quvvatlash xizmatidan bilib olish mumkin.

*Matndagi foiz stavkalari maqola nashr etilgan sanada amal qiladi: So‘nggi ma’lumotlarni shu yerda ko‘rish mumkin.