Foydalanish shartlari

Foydalanish qoidalari va shartlari

Ushbu veb-saytdan foydalanish “TBC Bank” ATB tomonidan o'rnatiladigan Qoidalar va Shartlar bilan tartibga solinadi (manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko'chasi, 118/1).
"Bank" va "Biz" atamalari “TBC Bank” ATBni (shuningdek, uning guruhiga kiruvchi kompaniyalar, bog'liq, sho'ba va affillangan kompaniyalar) nazarda tutadi. "Siz" va "Mijoz" atamalari Bankning www.tbcbank.uz veb-saytidan foydalanuvchi jismoniy shaxsni yoki tashkilotni anglatadi. 
Saytdan foydalanishingizni tartibga soluvchi ushbu Qoidalar va Shartlarni diqqat bilan o'qib chiqing. Agar Siz mazkur Qoidalar va Shartlar bilan rozi bo'lmasangiz, iltimos, Bank veb-saytiga kirishdan voz keching.
Saytga tashrif buyurib yoki unda e'lon qilingan ma'lumotlardan foydalanish orqali Siz ushbu saytda ko'rsatiladigan “TBC Bank” tomonidan ma'lum vaqt oralig'ida bir tomonlama o'zgartirilishi lozim bo’lgan barcha ko’rsatilgan shartlarni tasdiqlab, ularga to'liq rozilik bildirasiz, sizning saytga tashrifingiz esa ushbu shartlarni tasdiqlashingizni hamda ularga rioya qilishga rozilik berishingizni anglatadi.
Bank veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlar asosan bank xizmatlarining ko’rsatilishida manfaatdor bo’lgan shaxslarga mo'ljallangan. Veb-saytda e'lon qilingan ma'lumotlar Bankning ixtiyoriga ko'ra, dunyoning barcha geografik mintaqalarida foydalanish uchun ochiq bo'lmasligi mumkin.
Bank veb-saytida e'lon qilingan ma'lumotlarni tahlil qilish uchun Sizga tegishli soha bo'yicha mutaxassis maslahati talab etilishi mumkin bo’ladi.
Bank veb-saytida ko'rsatilgan muayyan mahsulotlar/xizmatlar bank xizmatlari to'g'risidagi alohida bitimlar bilan tartibga solinadi.

Axborotning ishonchliligi

Bank veb-saytida e'lon qilingan har qanday ma'lumot "o’z holicha" ko'rsatiladi. Shunday qilib, saytda e'lon qilingan har qanday ma'lumotdan foydalanish tamomila Foydalanuvchining shaxsiy tavakkalchiligi bilan bog'liq bo'lib, saytda e'lon qilingan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yetkazilgan zarar uchun bank javobgar bo'lmaydi. Ushbu bitim Bank veb-saytida e'lon qilingan shartnomaning tarkibiy qismlariga taalluqli emas.
Veb-saytda e'lon qilingan ma'lumotlar xizmatni/mahsulotni va'da qilish yoki Bankni har qanday shartnomaviy munosabatlar bilan cheklash uchun biror-bir sabab sifatida qaralishi mumkin emas. 

Javobgarlikni cheklash

Bank va uning tegishli xodimlari veb-saytda e'lon qilingan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yetkazilgan to'g'ridan-to'g'ri, bilvosita, maxsus, tasodifiy, sabab-oqibat ziyonni qoplaydigan haqiqiy oqibatlar uchun javobgar emaslar.
Veb-saytdan foydalanish natijasida kelib chiqadigan har qanday ziyon yoki yo'qotishlar uchun, hattoki texnik to'xtab qolish, nosozlik, ishni bekor qilish/to'xtatib turish yoki tizim to’xtalib turganda ham Bank javobgar bo'lmaydi.
Saytda chop etilgan ma’lumot tarkibining ochiq foydalanishda qo’llanilishi mumkinligi qidiruv tizimining xususiyatlari va cheklovlariga bog'liq bo'lishi mumkin. Agar veb-saytning muayyan komponentlaridan Siz foydalana olmasangiz, Bank buning uchun javobgar bo'lmaydi.

Veb-saytdan foydalanish

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar faqat foydalanuvchilarning shaxsiy foydalanishlari uchun mo'ljallangan. Bankning o'z ixtiyori bilan amalga oshiriladigan Bankning oldindan yozma ruxsatisiz veb-saytning tuzilishini, tasvirlarini va dizaynini tijorat maqsadlarida tarqatmaslik, boshqalarga uzatmaslik yoki nusxasini ko'chirmaslik/aks ettirmaslik (jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda) majburiyatini o’z zimmangizga olasiz. Agar veb-saytda e'lon qilingan ma'lumotlardan/materiallardan foydalanishga bankning oldindan roziligi bilan ruxsat berilgan bo’lsa yoki ma'lumotlar shaxsiy, ta'lim yoki axborot maqsadlarida qo’llanilsa, Siz bankdan oldindan yozma ruxsat so'rab olishingiz talab etilmaydi.
 
Sayt va tizimdan ruxsatsiz foydalanish (jumladan, noma'lum nom va kod ostida) qat'iyan man etiladi. Agar ro'yxatdan o'tish va parolni kiritish talab etilsa, siz ularni oshkor qilmaslik majburiyatini o’z zimmangizga olasiz va veb-saytga kirish huquqini o'zingizdan boshqa uchinchi shaxslarga taqdim etmasligingiz zarur bo’ladi.
 
Veb-saytning har qanday muayyan bir sahifasida ushbu Qoidalar va Shartlardan farq qiluvchi bitim bo'lishi mumkin, xususan, nizo yuz berganda, mazkur Shartnoma shartlari imtiyozli kuchga ega.
Bank veb-saytidan (jumladan, uning forumlaridan) foydalanishda noqonuniy/firibgar harakatlarni amalga oshirish, tuhmat qilish va/yoki qasddan yolg'on ma'lumotlardan foydalanish orqali muloqotga kirishish, shuningdek, amaldagi qonunchilikka va qoidalarga zid bo'lishi mumkin bo'lgan yoki moddiy zarar yetkazishi yohud Bankning ishbilarmonlik obro'siga putur yetkazishi mumkin bo’lgan boshqa istalmagan ma'lumotlarni chop etish, tarqatish/uzatish ta’qiqlanadi. Qolaversa, saytga har qanday zararli dastur (“Troyan otlari”, “Mantiqiy bomba” yoki boshqa shunga o'xshash harakatlar) orqali ziyon yetkazish ta’qiqlanadi.
Veb-saytga kirishda foydalaniladigan dasturiy ta'minot moduli (telefon, kompyuter va hk.) optimallashtirilmagan taqdirda, siz favqulodda holatdagi xavf ostida qolasiz.
Agar Bank faoliyatining texnik sabablarga ko’ra to’xtab turish yoki boshqa Bank nazorati ostida bo'lmagan sabablar tufayli veb-saytga kirish imkonsiz bo'lib qolsa, Bank tegishli oqibatlar uchun javobgar bo'lmaydi.

Intellektual mulk

“TBC Bank” ATBning mualliflik huquqlari veb-sayt, uning mazmuni, tuzilishi va dizayniga to'liq ravishda taalluqlidir. “TBC Bank” ATBning eksklyuziv huquqlari, shuningdek, Bank tomonidan yaratilgan va ro'yxatdan o'tkazilgan har qanday mualliflik huquqlari ob'yektiga, jumladan uning shaxsiy savdo belgilariga nisbatan qo'llaniladi.
 
Bankning mualliflik huquqlari (©) va boshqa intellektual mulk huquqlari ushbu veb-saytga va unda chop etilgan butun kontentga (jumladan, mahsulotlar va xizmatlarga) ham tarqaladi.
 
Bankning oldindan yozma roziligisiz Bank tomonidan yaratilgan logotip, piktogramma, grafik, fotosurat, tasvir, patent, xizmat ko'rsatish belgilari/savdo belgilari, dizayn, ommaviy axborot vizual vositalar va boshqalarni o'z ichiga olgan har qanday ma'lumot/kontentni va boshqa intellektual mulkdan (ro'yxatdan o'tgan-o’tmaganligidan qat'iy nazar) ruxsatsiz ishlatish, qayta ishlash va chop etish (shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda) ta’qiqlanadi. Agar ushbu ma'lumotlar notijorat maqsadlarda ishlatilsa va O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida yoki tegishli xalqaro me'yoriy hujjatda oldindan tasdiqlash nazarda tutilmagan bo'lsa, Siz Bankdan oldindan ma'qullashni so’rab murojaat etishingiz talab etilmaydi.
 
Intellektual mulkning veb-saytda aks ettirilishi (ko'rsatilishi) foydalanuvchilarga undan foydalanish uchun ruxsatni anglatmaydi. Foydalanuvchi tomonidan saytdan biror-bir ma’lumotning yuklab olinishi yoki tijorat maqsadlarida nusxasi olinishi O'zbekiston Respublikasi qonunchiligining buzilishi deb hisoblanadi.
Qoidalar va Shartlarga kiritilgan hech bir shart sizga ushbu Qoidalarda ko'rsatilgan Bankning intellektual mulkidan foydalanishga ruxsat bermaydi.
Agar Bankning biror-bir veb-sayti foydalanuvchilarga chatda suhbatlashish, o'zaro aloqada bo'lish yoki suhbat/munozarada qatnashish imkoniyatini taqdim etsa, siz ushbu kanallarda faqat o’zingiz intellektual mulk huquqiga ega bo'lgan yoki tegishli shaxsning roziligini olgan ma'lumotlarni taqdim etganligingiz uchun javobgar bo’lasiz. Bundan tashqari, siz Bankka yuridik, aloqa/axborot maqsadlarida (shu jumladan, ko'rgazmalar, tanlovlarda qatnashish uchun) chop etilgan ma'lumotlaringizni qayta ishlashga (jumladan, chop etishga) vakolat berasiz.
Bank guruhiga kiruvchi kompaniyalar Bank mulki bo'lgan savdo belgilaridan, Bank nomi va logotipidan foydalanishi mumkin. Moviy rang, belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tgan Bankka tegishli savdo belgisining bir qismidir.
 
Bank veb-saytida chop etilgan kompaniyalarning nomlari, savdo belgilari va logotiplari muvofiq tashkilotlarga tegishlidir.

Maxfiylik va ma'lumotlarni himoya qilish

"TBC Bank" ATB O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, unga taqdim etilayotgan maxfiy ma'lumotlarni maksimal darajada himoya qilishni ta'minlaydi.
Bank mijozlarning shaxsiy ma'lumotlarini O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, zaruriyatga qarab va samarali xizmatlarni ko'rsatish uchun kerakli bo’lgan hajmda so’rab oladi. Mijozlar istalgan vaqtda shaxsiy ma'lumotlarining qayta ishlanishi to'g'risida ma'lumot so'rab olishlari mumkin bo’ladi.
Bank maxfiy ma'lumotlarni faqat mijozning roziligi bilan yoki qonun hujjatlariga muvofiq taqdim etadi.
Masofaviy pul o'tkazish mobaynida ma'lumotlaringiz shifrlanmaganligini hisobga olib, sizning maxfiyligingizni saqlash va shaxsiy ma'lumotlaringizning daxlsizligini himoya qilish uchun Bank barcha sa'y-harakatlarini amalga oshirayotganligini hisobga olib, ma’lumotlarning Bankka uzatilayotgan chog’ida Bank uchinchi tomonning bunday ma’lumotga ruxsatsiz kirish imkoniyatiga ega bo’lganligi uchun javobgar bo'lmaydi.
Bank maxfiyligingizni saqlash va shaxsiy ma'lumotlaringiz daxlsizligini himoya qilish uchun barcha sa'y-harakatlarini amalga oshirayotganligini hisobga olgan holda, sizning ma'lumotlaringiz bankka uzatilayotgan chog’da Bank uchinchi shaxslar tomonidan mazkur ma'lumotlaringizga (shu jumladan, masofaviy o'tkazmalar uchun foydalaniladigan onlayn-platformalar) ruxsatsiz kirganligi uchun Bank javobgar bo'lmaydi.
Bankka maxfiy ma'lumotlarni taqdim etishda, mijoz Bank xavfsizligi va himoya tizimiga zarar yetkazadigan har qanday avtomatik funksiyalardan foydalanmasligi kerak.
Veb-saytga tashrif buyurganingizda yaratilgan raqamli izingiz Bankning texnik operatsiyalari, statistik maqsadlarda yoki veb-sayt sifatini yaxshilash uchun ishlatilishi mumkin.
Agar siz o'zingizning shaxsiy ma'lumotlaringizni Bankning elektron pochta manziliga uning samarali ma'muriy faoliyatini qo'llab-quvvatlash uchun yuborgan bo'lsangiz, uchinchi tomonning ma'lumot uzatish jarayoniga ruxsatsiz aralashuv orqali ma'lumotlarni noqonuniy qabul qilganligi uchun Bank javobgar bo'lmaydi. Bank shuningdek, mijoz xavfsizligi pastroq elektron axborot uzatish kanali orqali ma'lumotlarni o’zi oshkor etgani yoki tarqatishi natijasida ma’lumotlarning oshkor etilishi uchun javobgar emas.
Ushbu Qoidalar va Shartlarga rozilik bildirib, Mijoz Bank o'z veb-saytida e'lon qilingan mahsulotlar va xizmatlar to'g'risida unga ma'lumot (shu jumladan, elektron pochta va SMS orqali) yuborish huquqiga ega ekanligini tasdiqlaydi.

Veb-saytda chop etilgan havolalar

Qo'shimcha ma'lumot berish uchun Bank o'z veb-saytida uchinchi shaxslarning veb-saytlariga olib boruvchi giperhavolalarni chop etishga vakolatlidir.
Uchinchi tomonlarning veb-saytlari Bank nazorati ostida emas va ularning mazmuni hamda mahsulotlari to'g'risidagi ma'lumotlarning to'g'riligi uchun Bank javobgar emas. Shuning uchun uchinchi tomon veb-saytlarida e'lon qilingan shartlar bilan tanishish tamomila Sizning mas'uliyatingizdadir.

O'zgartirishlar

Bank mazkur Qoidalar va shartlarga mijozlarni oldindan ogohlantirmasdan o'zgartirish kiritish huquqiga ega.
Mijozlar Qoidalar va shartlar bilan muntazam ravishda tanishib borishlari shart. Veb-saytga tashrif buyurishingiz va/yoki taqdim etilgan ma'lumotlardan foydalanishingiz avtomatik ravishda ushbu Qoidalar va shartlarni qabul qilganingizni anglatadi.

Qoidalar va qonunlar

Ushbu Qoidalar va shartlar O'zbekiston Respublikasi qonunlari bilan tartibga solinadi.
Agar nizo yuzaga kelsa, ish Bank ro'yxatdan o'tgan joydagi sudda O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq ko'rib chiqiladi.
 
Ushbu Shartnomaning biror-bir qoidasining bekor qilinishi boshqa Qoidalarning bekor qilinishiga olib kelmaydi.

Aloqa uchun ma'lumotlar

Veb-saytga joylashtirilgan Qoidalar va shartlar hamda ma'lumotlar yuzasidan savollaringiz bo'lsa, iltimos, bizga O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko'chasi, 118/1, 100084 - ga xat jo’nating yoki bizga contact@tbcbank.uz bo’yicha xabar yozib yuboring.