Agar biz yashayotgan texnologik asrda o'zingizni qanday qilib himoya qilishni o'rganmoqchi bo'lsangiz, unda bu sahifa sizga Internetda xavfsiz bo'lishingiz uchun bilishingiz kerak bo'lgan asosiy ma'lumotlarni taqdim etadi.

Hech qachon bank tomonidan taqdim etilgan OTP kodini (bir martalik parol), karta ma'lumotlarini (karta raqami, amal qilish muddati, CVV2 kodi va boshqa), foydalanuvchi nomi/parol kabi shaxsiy ma'lumotlaringizni begonalarga yoki hatto bank xodimlariga bermang. Bunday ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etish bilan siz hisoblaringizga kirish uchun firibgarlarga ruxsat berishingiz mumkin. Ushbu ma'lumotlarni himoya qilish orqali siz hisoblaringiz va mablag'laringizni himoya qilasiz.

Barcha operatsiyalaringizni amalga oshirish uchun doimo TBC UZ rasmiy mobil ilovasidan foydalaning. Ilovani FAQAT APP store va Google play storedan yuklab olish mumkin!

Sizga zarur bo'lgan ma'lumotlarni olish uchun, iltimos, quyidagi rasmiy ijtimoiy kanallarimizdan foydalaning:

Agar sizda bank operatsiyalaringiz bilan bog'liq savollaringiz yoki xavotirlaringiz bo'lsa, iltimos, biz bilan quyidagi telefon raqami orqali bog'laning: 78 777 27 27.

Bundan tashqari, agar zarur bo'lsa, siz bankning xabar berish kanalidan - nomingizni yashirgan holda ishonch telefonidan ham foydalanishingiz mumkin: https://www.old.tbcbank.uz/anonymous-hotline