Kreditning rad etilishi

Kreditning rad etilishi – doimiy holat emas. Minimal talablarga rioya qilinganiga ishonchingiz qomil boʻlgach, 30 kundan soʻng yana qayta buyurtma berishingiz mumkin boʻladi. Asosiy mezonlar haqida soʻzlab, kelajakda kredit olish imkoniyatingizni oshirish uchun qanday yoʻl tutish borasida maslahat beramiz.

Ma'lumot yangillangan: 14.07.2021

 

Minimal talablar

Minimal talablar

Qarz beruvchiga qoʻyiladigan asosiy talablarga javob berasizmi? Tekshirib koʻring:

  • Yoshingiz 22 dan 58 gacha (erkaklar) yoki 53 gacha (ayollar) boʻlishi;
  • Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishingiz;
  • Doimiy ish joyiga ega boʻlishingiz (uzluksiz ish staji kamida 12 oy);
  • Ish haqingizning minimal miqdori – 500 000 soʻmni tashkil etishi;
  • Kredit tarixingiz mavjud boʻlsa, muddati oʻtib ketgan toʻlovlar boʻlmasligi lozim.
Kredit tarixi

Kredit tarixi

Eslab koʻring, kreditlar boʻyicha muddatidan oʻtib ketgan toʻlovlaringiz yoʻqmi? Doʻkonda tovarni muddatli toʻlov asosida xarid qilib, toʻlovni vaqtida amalga oshirish yodingizdan chiqib qolgan boʻlishi mumkinmi?

Nima qilish kerak? Avvalo kredit tarixingizni aniqlashtirib koʻring, bu axborotni kredit tarixi boʻyicha maʼlumotlarni toʻplovchi Kredit byurosidan yilda bir marta bepul olishingiz mumkin. Byuro xizmatlari haqida www.infokredit.uz havolasi orqali KATM saytiga kirib bilib olasiz.

Qulay toʻlov

Qulay toʻlov

Kreditlar uncha koʻp emasdek va yangi toʻlov qiyinchilik tugʻdirmaydigandek tuyulishi mumkin. Ammo biz uchun kredit yuklamasini osonlik bilan uddalashingiz muhim.
Unutmang, bank barcha qarzlarni, xususan, siz kafil sifatida ishtirok etgan majburiyatlar boʻyicha qarzlarni ham inobatga oladi.
Nima qilish kerak? Yangi kreditlarni rasmiylashtirishdan avval oʻzingizning moliyaviy imkoniyatlaringizni tahlil qilib koʻring. Kredit yuklamasini kamaytirishga urinib koʻrishingiz ham mumkin.

Ish haqi miqdori

Ish haqi miqdori

Baʼzan soʻralgan summa juda katta boʻlib chiqadi. Hatto kredit muddatini uzaytirib, toʻlov minimum darajagacha kamaytirilgan taqdirda ham toʻlov sizning daromadingizdan katta boʻlishi mumkin. Bunday holatda bank kamroq summani maʼqullaydi yoki kreditni rad etadi.
Nima qilish kerak? Buyurtmada toʻlovi sizning daromadingizdan ortib ketmaydigan kredit summasini koʻrsating. Agar sizning qoʻshimcha daromadingiz boʻlsa va siz uni tasdiqlay olsangiz, u albatta inobatga olinadi.

Toʻgʻri toʻldirilgan soʻrovnoma

Toʻgʻri toʻldirilgan soʻrovnoma

Faqat haqqoniy maʼlumotlarni kiriting. Bank uning haqqoniyligini tekshirishga va Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan qonunchilikka binoan tashqi manbalaridan qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrashga haqli.

Nima qilish kerak? Anketada koʻrsatgan maʼlumotlaringizni yaxshilab tekshirib chiqing va daromadingiz, faoliyatingiz sohasi va ish stajingiz haqida faqat toʻgʻri axborotni kiriting.