Yangiliklar ro‘yxatiga qaytish
14 декабр 2025
TBC Bank yangiliklari

TBC Uzbekistan TBC Suhbat konferensiyasida mijozlar tajribasini yaxshilash bo‘yicha yangi yondashuvni taqdim etdi

Toshkent, O‘zbekiston, 2025-yil 15-dekabr Ozbekistonda raqamlashtirishning jadal suratlar bilan rivojlanishi texnologik sohalarda sezilarli natijalarni bermoqda. Mijozlar uchun raqobat kuchayishi ortidan kompaniyalar uchun yangi chaqiriqlar yuzaga kelmoqda. 12-dekabr kuni TBC Uzbekistan tomonidan tashkil etilgan TBC Suhbat konferensiyasida mijoz tajribasidagi zamonaviy yondashuvlar haqida so‘z yuritildi.

 

O‘zbekistonda tobora muhim ahamiyat kasb etayotgan asosiy tendensiyalardan biri — mijoz tajribasidan (CX) umumiy tajribaga (TX) o‘tish bo‘lib, ushbu yondashuv nafaqat mijoz tajribasini, balki xodimlar tajribasi (employee experience) va mahsulotdan foydalanish jarayonidagi tajribani (user experience) ham qamrab oladi. Bular insonning brend bilan o‘zaro aloqasidagi umumiy, yaxlit tajribasini shakllantiruvchi yagona tizimning uch qismidir.


«Mahsulot noqulay bo‘lsa — CX uni qutqara olmaydi. Agar xodim ishlashda qiynaladigan bo‘lsa — mijoz buni darhol sezadi. Shuning uchun biz mijoz tajribasiga faqat xizmat ko‘rsatish funksiyasi sifatida emas, balki jamoalarni, jarayonlarni va texnologiyalarni birlashtiruvchi poydevor sifatida qaraymiz», — deya ta’kidladi TBC Uzbekistan mizojlar tajribasi yo‘nalishi rahbari Sergey Chekalkin.

 

2025-yilda TBC Uzbekistan mijoz tajribasini takomillashtirish bo‘yicha o‘z pozitsiyasini mustahkamladi. Kompaniya Total Experience yondashuvini joriy qilib, asosiy jarayonlarni foydalanuvchi ehtiyojlariga moslashtirdi. Kuzda esa mijozlar haqida barcha ma’lumotlarni — mahsulotlar, xizmatlar, tranzaksiyalar tarixi va murojaatlarni yagona interfeysda to‘plagan o‘zining CRM-tizimini ishga tushirdi. Bu esa operatorlarga vaziyatni tezda tushunishga, murojaatlarga xizmat ko‘rsatish vaqtini qisqartirishga va muammoni yuqori bosqichlarga oshirmasdan joyida hal qilishga yordam beradi. Natijada, mijoz tajribasini to‘liq  360 darajada kuzatish va o‘zgarishlarga tezkor javob qaytarish imkonini yaratildi. CRM tizimi butunlay ichki kross-funksional jamoa tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, standart yetkazib beruvchi yechimlariga nisbatan yuqori samaradorlikni ko‘rsatmoqda.

 

“TBC Uzbekistan’da mijoz tajribasi — bu mahsulot yaratish, strategik qarorlar qabul qilish va jamoaviy ishni tashkil etishning poydevoridir. Biz juda tez sur’atlarda rivojlanmoqdamiz. Biznes kengaygani sayin mijozga yanada yaqin bo‘lish, uning yo‘lini, kutilmalarini va har bir bosqichdagi hissiyotlarini chuqur tushunish juda muhim. Bu yil biz katta o‘zgarishlarga qo‘l urdik: jamoalarimizni mustahkamlash, jarayonlarni qayta ko‘rib chiqish va yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha sezilarli natijalarga erishdik”, — deydi Sergey Chekalkin.

 

O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda mijoz tajribasi rivojiga bag‘ishlangan TBC Suhbat.CX konferensiyasida TBC Uzbekistan, Yandex Uzbekistan va Higgsfield AI o‘z amaliy tajribalari bilan bo‘lishishdi, shuningdek, Wildberries, Uklon va Beeline kabi kompaniyalar ishtirokidagi panel muhokamalarida 2026-yil uchun CX bo‘yicha imkoniyatlar va rejalar muhokama qilindi. Konferensiya CX sohasidagi mutaxassislar, mahsulot menejerlari, texnologiya va kommunikatsiya sohasidagi vakillarni bir maydonga jamladi.

 

Tadbir O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi ko‘magida o‘tkazilmoqda va biznes hamda davlat sektorida eng yaxshi raqamlashtirish amaliyotlarini targ‘ib qilish hamda mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish uchun muntazam platforma sifatida xizmat qiladi.