Yangiliklar ro‘yxatiga qaytish
21 ноябр 2024
TBC Bank yangiliklari

TBC Bank O‘zbekiston YETTB’dan 10 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ jalb etib, ayollarning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirishni maqsad qilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston – 2024-yil 22 noyabr. O‘zbekistonning eng yirik mobil bankchiligi TBC Bank O‘zbekiston (TBC UZ) bugun Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan (YETTB) 10 million dollarlik kredit mablag‘ini jalb qilganini e’lon qildi.

 

Ushbu mablag‘lar TBC UZ ning kreditlash faoliyatini yanada kengaytirishga yo‘naltiriladi, bunda kreditning kamida 40 foizi ayollarni moliyalashtirishga ajratiladi. Bu Markaziy Osiyoning aholi soni bo‘yicha eng yirik mamlakati hisoblangan O‘zbekistonda moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirishga hissa qo‘shadi. YETTBning ushbu krediti, TBC UZ ning moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish jarayonida, joriy yil boshida responsAbility Investments AG dan jalb qilingan 10 million dollarlik kredit liniyasi va BlueOrchard dan olingan 25 million dollarlik qarz mablag‘lariga qo‘shimcha bo‘ldi.

 

TBC UZ Markaziy Osiyodagi yetakchi raqamli moliyaviy ekotizim TBC Uzbekistan tarkibiga kiradi. Bu ekotizim jismoniy shaxslar va kichik biznes uchun raqamli to‘lovlar ilovasi payme hamda bo‘lib to‘lash xizmati payme nasiya (payme installments)ni o‘z ichiga oladi. TBC Uzbekistan Londonda ro‘yxatga olingan TBC Bank Group PLC tarkibiga kiradi.

 

TBC Groupning O‘zbekistondagi faoliyati bo‘yicha bosh direktori Nika Kurdiani shunday fikr bildirdi:

“YTTBning ushbu krediti nafaqat o‘z moliyalashtirish bazamizni yanada xilma-xil qiladi, balki kreditlash faoliyatimizni kengaytirishimiz bilan bir qatorda, O‘zbekistonda ayollarning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi vazifamizda muhim qadam bo‘ladi. Ayollar va ularning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali biz barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga va yanada qamrovli moliyaviy muhitni shakllantirishga intilamiz”.

YTTB O‘zbekiston boshqaruvchisi Andi Aranitasi shunday dedi:

“Biz TBC Bank O‘zbekistonning gender tengligi va moliyaviy inklyuzivlikni rivojlantirish bo‘yicha harakatlarini qo‘llab-quvvatlashdan mamnunmiz. Ushbu hamkorlik O‘zbekiston va butun mintaqada inklyuziv iqtisodiy taraqqiyot hamda innovatsiyalarni rag‘batlantirishga bo‘lgan sodiqligimizga mos keladi”.

Iyun oyida Fitch Ratings TBC Bank O‘zbekistonga BB- darajasidagi uzoq muddatli emitent defolt reytingini (IDR) berdi. Bu suveren reyting bilan bir xil darajada bo‘lib, bankning mustahkam moliyaviy ahvoli va operatsion barqarorligini aks ettiradi.

TBC Uzbekistan haqida:

TBC Uzbekistan Markaziy Osiyoning yetakchi raqamli bank ekotizimi bo‘lib, Londonda ro‘yxatga olingan TBC Bank Group tarkibiga kiradi.

TBC Uzbekistanning muvaffaqiyati uning maxsus ishlab chiqilgan texnologik tizimi, tajribali xalqaro jamoasi va Markaziy Osiyoning aholisi eng ko‘p davlatida birinchi bo‘lib kirib kelganligi tufayli qo‘llab-quvvatlanadigan iste’mol kreditlariga asoslangan mahsulot strategiyasi bilan belgilanadi. Kompaniya o‘zining innovatsion, sohadagi eng yaxshi mahsulotlar to‘plamini kengaytirishda davom etmoqda. Bu chakana bank xizmatlarining past darajasi hamda mamlakatning yosh, o‘sib borayotgan va raqamli texnologiyalarni yaxshi biladigan aholisi orasida zamonaviy moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan talabning oshishidan foydalanishga imkon beradi.

TBC Uzbekistan O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan uchta tez rivojlanayotgan fintex biznesini o‘z ichiga oladi: TBC UZ - faqat mobil ilovaga ega bank; payme - jismoniy shaxslar va kichik biznes uchun raqamli to‘lovlar ilovasi; va payme nasiya (muddatli to‘lov) - rivojlanayotgan muddatli to‘lov biznesi.

TBC Uzbekistan faoliyatini boshlagach, atigi 2 yilda daromadga erishdi - bu global raqamli banklar orasida foyda ko‘rish tezligi bo‘yicha rekord hisoblanadi va shundan beri mijozlar bazasini 16 million noyob ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchiga yetkazdi. 2024-yilning birinchi yarmida kompaniya 16 million AQSH dollari miqdorida sof foyda qayd etdi, uning kredit va omonat portfellari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan mos ravishda 113% va 58% ga o‘sdi. TBC Bank O‘zbekiston Fitch Ratings tomonidan “BB”- reytingi (O‘zbekistonning davlat reytingiga teng) bilan baholandi.

YTTB haqida:

YTTB uch qit’adagi 36 ta mamlakatda xususiy sektor va tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi ko‘p tarmoqli bankdir. Bank 73 ta davlat, shuningdek, Yevropa Ittifoqi va Yevropa Investitsiya Bankiga tegishli. YTTB investitsiyalari o‘z mintaqalaridagi iqtisodiyotlarni raqobatbardosh, inklyuziv, yaxshi boshqariladigan, ekologik toza, barqaror va integratsiyalashgan qilishga qaratilgan. O‘zbekiston ketma-ket to‘rt yil davomida Markaziy Osiyoda YTTB mablag‘larining yetakchi qabul qiluvchisi bo‘lib kelmoqda. Bugungi kunga qadar Bank mamlakatdagi 162 ta loyihaga taxminan 4,7 milliard yevro miqdorida sarmoya kiritgan.