Yangiliklar ro‘yxatiga qaytish
18 ноябр 2024
TBC Bank yangiliklari

TBC Uzbekistan asosiy infratuzilmaga sarmoya kiritmoqda va o‘z protsessing markazini ishga tushirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston, 19 noyabr — Markaziy Osiyodagi yetakchi raqamli bank ekotizimi TBC Uzbekistan o‘z protsessing markazini ishga tushirayotganini e’lon qildi. TBC Markaziy Osiyoning aholi soni bo‘yicha eng yirik mamlakati bo‘lmish O‘zbekistonda jadal o‘sishini va o‘z mavqeini mustahkamlashni davom ettirar ekan, o‘z protsessing tizimiga o‘tish yangi mahsulot va xizmatlarni joriy etishni tezlashtiradi.

 

Ekotizimning barcha ehtiyojlarini hisobga olgan holda yaratilgan yuqori texnologiyali protsessing markazi to‘lovlarni qayta ishlashning maksimal samaradorligini ta’minlaydi va yangi mahsulotlarni bozorga chiqarishni jadallashtiradi. Bu TBC Uzbekistonning raqobatbardoshligini oshiradi, bankka mijozlar hamda kichik va o‘rta biznes uchun mahsulotlar qatorini tez kengaytirish va xilma-xil qilish imkonini beradi.

 

Yangi protsessing markazi TBCning barcha to‘lov operatsiyalarini, jumladan P2P o‘tkazmalarini, bank kartalari orqali to‘lovlarni, shuningdek QR-kodlardan foydalangan holda to‘lovlarni qayta ishlaydi. Shuningdek, u TBCga ma’lumotlar tahlili sohasida qo‘shimcha imkoniyatlar taqdim etadi, bu esa kompaniyaga mijozlar va hamkorlarning ehtiyojlarini chuqurroq tushunishga imkon beradi. Bu jismoniy shaxslar va kichik hamda o‘rta biznes uchun yangi mahsulotlarni, shu jumladan ekvayring bo‘yicha kompleks yechimlarni ishlab chiqishga yordam beradi.

 

TBC Uzbekiston bosh direktori Nika Kurdiani

"Biz infratuzilmamizga sarmoya kiritishni davom ettirmoqdamiz va o‘z protsessing markazimizning ishga tushirilishi ulkan rejalarimizni amalga oshirish yo‘lidagi muhim bosqichdir. O‘z protsessingimiz O‘zbekistonning istiqbolli va tez o‘sib borayotgan bozorida innovatsion moliyaviy mahsulotlarni joriy etishni tezlashtirish va kengaytirishga imkon beradi".

 

Protsessing markazi bankka o‘zgarishlarga yanada moslashuvchan munosabatda bo‘lishga - masalan, Apple Pay, Google Pay, PayPal xizmatlarini O‘zbekistonda paydo bo‘lishi bilanoq tezda ishga tushirish, shuningdek boshqa yangi va talabi yuqori bo‘lgan yechimlarni tezkor ravishda bozorga olib chiqish yordam beradi.

 

TBC Uzbekiston ekotizimining o‘sishini tezlashtirishdan tashqari, o‘z protsessingini ishga tushirish O‘zbekistonning butun to‘lov infratuzilmasini rivojlantirish va yanada xilma-xil qilishga sezilarli hissa qo‘shadi.

 

TBC Uzbekistan

 

TBC Uzbekistan – bu London fond birjasida ro‘yxatga olingan TBC Bank Group tarkibiga kiruvchi Markaziy Osiyodagi yetakchi raqamli bank ekotizimidir.

 

TBC Uzbekistan o‘z ichiga uchta tez rivojlanayotgan fintech yo‘nalishlarini oladi: TBC UZ mobil banki, jismoniy shaxslar va kichik biznes uchun raqamli to‘lovlar uchun mo‘ljallangan payme ilovasi, hamda payme nasiya - tez rivojlanayotgan muddatli to‘lov xizmati.

 

TBC Uzbekistan o‘zining texnologik platformasi, xalqaro jamoa tajribasi va iste’mol kreditiga yo‘naltirilgan strategiyasiga tayanib, faol o‘sib bormoqda. Kompaniya bank xizmatlari kirib kelishining past darajasi raqamli texnologiyalarni yaxshi biladigan auditoriya orasida zamonaviy moliyaviy yechimlarga bo‘lgan talabning o‘sishi bilan uyg‘unlashgan bozor imkoniyatlaridan samarali foydalanmoqda.

 

TBC Uzbekistan o‘z faoliyatini boshlangandan ikki yil o‘tib, daromad bo‘yicha dunyodagi raqamli banklar orasida rekord o‘rnatdi; o‘shandan beri uning ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilari soni 16 millionga yetdi. 2024-yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra, bankning sof foydasi 16 million AQSH dollarini tashkil etdi, kredit va depozit portfellari hajmi esa yillik taqqoslashda mos ravishda 113% va 58% ga o‘sdi. TBC Bank Uzbekistan yetakchi Fitch Ratings reyting agentligining BB- reytingiga ega (O‘zbekistonning mamlakat reytingi darajasida), ko‘rsatkichi esa "barqaror" deb belgilangan. TBC Bank Uzbekistan yetakchi Fitch Ratings reyting agentligining BB-reytingiga va "barqaror" ko‘rsatkichiga ega (O‘zbekistonning mamlakat reytingi darajasida).