Yangiliklar ro‘yxatiga qaytish
05 ноябр 2024
TBC Bank yangiliklari

TBC Uzbekistan’ning 2024-yilning uchinchi choragi va birinchi to‘qqiz oyi uchun MHXS bo‘yicha moliyaviy natijalari

TBC Uzbekistanning 2024-yilning uchinchi choragi va birinchi toqqiz oyi uchun MHXS boyicha moliyaviy natijalari: kredit portfeli yildan-yilga 104 foizga osib, 5,86 trillion so’mga yetdi, sof foyda 97 foizga osib, 343 milliard so’mni tashkil etdi.

 

Toshkent, Ozbekiston — 2024-yil 6-noyabr. TBC Bank Uzbekistan mobil banki va payme raqamli tolovlar ilovasini oz ichiga olgan Markaziy Osiyodagi yetakchi raqamli bank ekotizimi bolgan TBC Uzbekistan bugun 2024 yilning uchinchi choragi va birinchi toqqiz oyi uchun MHXS boyicha yigma moliyaviy natijalarni elon qiladi.

 

TBC Uzbekistan raqamli banking ekotizimi London fond birjasida savdo qilinadigan TBC Bank Group PLC («Guruh») tarkibiga kiradi.

 

TBC Uzbekistan hisobot davrida yuqori natijalarni korsatdi: barcha asosiy korsatkichlar boyicha ahamiyatli osish qayd etildi.

 

Portfelning jadal osishi: 2024-yil 30-sentabr holatiga kora kredit portfeli 5,86 trillion so’mgacha osdi (osish otgan yilning shu davriga nisbatan 104 foizni tashkil etdi). Kompaniya Ozbekiston bozoridagi ulushini oshirishda davom etmoqda: 2024-yil 30-sentabr holatiga kora naqd pul va mikroqarz korinishidagi kreditlarining bozor ulushi 14,8 foizni tashkil etdi (2023-yil yakunlariga kora — 13,9 foiz edi). TBC Uzbekistanning TBC Bank Group natijalariga qoshgan hissasi ortib bormoqda: 2024-yil 30-sentabr holatiga kora, Guruh portfelidagi istemol kreditlarining umumiy hajmning 13 foizi TBC Uzbekistanga to‘g‘ri keldi.

 

Jismoniy shaxslar omonatlarining yuqori osish suratlari: Omonatlar hajmi 2024-yil 30-sentabr holatiga kora 4,0 trillion so’mgacha oshdi (otgan yilning shu davriga nisbatan 70 foizga osish), bu Ozbekistondagi bunday omonatlarning umumiy hajmining 3,5 foizni tashkil etadi. 2024-yil 30-sentabr holatiga kora, TBC Bank Group jismoniy shaxslar omonatlari portfelining 10 foizi TBC Uzbekistan’ga togri keldi.

 

Yuqori rentabellik korsatkichlari:

 

Umumiy operatsion daromad 2024-yilning uchinchi choragida 520 milliard so’mgacha oshdi (osish otgan yilning shu davriga nisbatan 103 foizni tashkil etdi), TBC Bank Group umumiy operatsion daromadining 15 foizi TBC Uzbekistan’ga togri keldi. Sof foiz marjasi (NIM) 2024-yilning uchinchi choragida 25 foizni tashkil etdi.

 

Sof foyda 2024-yilning uchinchi choragida rekord darajadagi 147,6 milliard so’mga ko‘tarildi (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 132 foizga o‘sish) va 2024-yilning birinchi to‘qqiz oyida 343 milliard so’mni tashkil etdi (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 97 foizga o‘sish). 2024-yilning uchinchi chorak yakuni bo‘yicha TBC Bank Group sof foydasining 9 foizi TBC Uzbekistanga to‘g‘ri keldi. Kapital rentabelligi (ROE) 2024-yilning uchinchi choragida 28,2 foizni va 2024-yilning birinchi to‘qqiz oyida 26,6% foizni tashkil etdi.

 

Mijozlar bazasining osishi: 2024-yil 30-sentabr holatiga kora, TBC Uzbekistan’da 17 million noyob foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 40 foizga osgan), bu esa kompaniyani Markaziy Osiyodagi eng yirik raqamli bank ekotizimlari qatoriga kiritadi. Oylik faol foydalanuvchilar soni (MAU) 5 million deb qayd etildi (2023-yilning uchinchi choragiga nisbatan 34 foizga osish).

 

Boshqa muhim voqealar:

 

       TBC Bank Uzbekistan xalqaro to‘lovlar va pul o‘tkazmalari infratuzilmasini rivojlantirish uchun Visa va Mastercard bilan uzoq muddatli strategik hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomalarni imzoladi. Bu bank mijozlari uchun to‘lov yechimlari tanlovini kengaytiradi va ularga onlayn xaridlar, xalqaro tranzaksiyalar va pul o‘tkazmalaridan foydalanishni osonlashtiradi.

 

       TBC Bank Uzbekistan Shveytsariyaning impakt investitsiyalariga ixtisoslashgan responsAbility Investments AG kompaniyasidan 10 million AQSh dollarlik qo‘shimcha kreditni jalb qildi. Bu kompaniyalar o‘rtasidagi uchinchi bitim: natijada responsAbility Investments tomonidan TBC UZ olgan moliyalashtirishning umumiy hajmi 35 million AQSh dollariga yetdi. Yangi mablag‘lar bankka jamg‘arma manbalarini diversifikatsiya qilishni davom ettirib, kredit portfelini yanada oshirib, O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga imkon beradi.

 

       TBC Bank Uzbekistan ozining Salom flagman debet kartasini taqdim etdi. Karta TBC Uzbekistanning raqamli banking ekotizimiga kirish uchun asosiy nuqta va mijozlar uchun asosiy tolov vositasi boladi. Birinchi bosqichda kartadan eksklyuziv tartibda faqat kutish royxatidagi obunachilar foydalana oladilar, shundan song karta uchun arizalar barcha xohlovchilardan qabul qilinadi.

 

       TBC Bank Uzbekistan Friends & Family TBC Business rejimida kichik va orta biznes va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun mamlakatdagi birinchi toliq raqamli bank servisini hamda kredit kartasini ishga tushirdi. Dastlabki bosqichda ushbu mahsulotlar cheklangan miqdordagi mijozlar uchun imkoniyatli boladi va yil oxirigacha keng foydalanuvchilar uchun ishga tushiriladi.

 

Nika Kurdiani, TBC Uzbekistan bosh direktori:

 

«Biz mijozlar bazasini kengaytirish bilan bir paytda tez suratlar bilan daromadli osishda davom etmoqdamiz. Ushbu hisobot davri yakuniga kora bizda allaqachon 17 million noyob foydalanuvchilar royxatdan otgan — otgan yilning 9 oyiga nisbatan 40 foizga kop. Bu bizni nafaqat Ozbekistonda, balki Markaziy Osiyo mintaqasida ham eng yirik raqamli moliyaviy ekotizimlardan biriga aylantiradi.

 

Uchinchi chorakda biz rekord darajadagi 147,6 milliard so’mga teng foyda korsatkichiga erishdik (otgan yilning shu davriga nisbatan 132 foizga kop), 2024-yilning 9 oyi uchun sof foyda 343 milliard so’mni tashkil etdi.

 

Asosiy biznes yonalishlarimiz osib borar ekan, biz qoshimcha daromad manbalari uchun poydevor yaratish maqsadida, mahsulotlarimizni kengaytirish va diversifikatsiya qilishga faol sarmoya kiritmoqdamiz.

 

Shuningdek, biz tolov infratuzilmasini faol rivojlantirmoqdamiz va eng yirik xalqaro tolov tizimlari — Visa va Mastercard bilan strategik shartnomalar imzoladik, bu bizga mijozlarimiz uchun xalqaro tolovlar va pul otkazmalari imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi.

 

Biz faol osish bosqichidamiz, mijozlarimiz uchun yangi mahsulotlar va xizmatlarni yolga qo’ymoqdamiz, infratuzilmaga sarmoya kiritgan xolda TBC Bank Group natijalariga qo‘shayotgan hissamizni oshirmoqdamiz. Va bularning barchasiga erishishimizga sababchi «Odamlar hayotini osonlashtirish» bo‘lgan maqsadimizga sodiq qolgan TBCning fantastik jamoasi hisoblanadi».

 

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

E-mail: pr@tbcbank.uz