Ma'lumot

“TBC Bank” ATBning bank mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etish bo’yicha Umumiy shartlarga kiritilgan o’zgarishlar haqida xabar

Hurmatli TBC Bank mijozlari,

2021 yil 10 avgust kunidan boshlab “TBC Bank” ATBning bank mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etish bo’yicha Umumiy shartlarning yangilangan tahriri (o’zgarishlar va qo’shimchalar) taklif etilayotganligi haqida sizga ma’lum qilamiz. Umumiy shartlarning yangilangan tahriri bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin: Bosh shartlari (versiya 2021 yil 10-avgustdan taklif qilingan)

*2021 yil 10 avgust kunidan keyin TBC UZ ilovasida bank mahsulotlari va xizmatlaridan foydalanishni davom ettirish orqali siz taklif qilinayotgan yangi tahrirga o’z roziligingizni bildirasiz.

Norozilik yuzaga kelgan holatlarda, sizga qulay aloqa kanali orqali tegishli ariza bilan TBC Bankga murojaat qilishingizni so'raymiz.

Ma'lumot yangillangan: 29.07.2021