Kreditning avtomatik pul yechish shartlarida

nima o‘zgarganini tushuntirdik

●    Avtomatik pul yechish nima?
Kredit to‘lovi muddati o‘tib ketsa, qarz avtomatik ravishda yechib olinadi. Biz bu orqali to‘lovingiz kechikmasligiga va kredit tarixingiz yaxshi saqlanishiga yordam beramiz.

●    Avtomatik pul yechish xizmatida nima o‘zgardi?

Kreditni vaqtida to‘lamasangiz va bank to‘lovni boshqa kartangizdan yechib olsa, 2025-yil 20-iyundan boshlab qo‘shimcha 2,5% komissiya olinadi. Agar to‘lov TBC kartangizdan yechilsa, hech qanday qo‘shimcha komissiya olinmaydi — hammasi oldingidek. Shuning uchun pullaringizni TBC kartalarida saqlashni tavsiya qilamiz.

 
●    Shartnoma o‘zgardimi?
Yo‘q, TBC Kredit onlayn mikroqarz shartnomangiz o‘zgarmagan. Faqat xizmatlar tariflari yangilandi. Avtomatik pul yechish — alohida xizmat bo‘lib, oldin butunlay bepul bo‘lgan.

●    Avtomatik pul yechish xizmatini o‘chirsa bo‘ladimi?
Yo‘q, o‘chirib bo‘lmaydi. Bu onlayn mikroqarz shartnomasining 2.4-bandida ko‘rsatilgan (contractuz-latn-uz-1.pdf) . Agar to‘lov kechiksa, bank sizning nomingizdagi istalgan kartadan qarzni yechishga haqli. Bu sizning kredit tarixingiz yomonlashmasligi va qarz ko‘payib ketmasligi uchun qilinadi.

●    2,5% komissiya qachon olinadi?
Kechikkan to‘lov boshqa bank kartalaridan avtomatik yechilganda komissiya olinadi. Agar TBC kartasidan yechilsa — komissiya yo‘q. 

●    Komissiyani umuman to‘lamaslik mumkinmi?
Ha, komissiya olinmasligi uchun:
— Kreditni vaqtida to‘lang — jarimalar va komissiyalar bo‘lmaydi.
— TBC kartalaridan foydalaning. Masalan, Salom Card’dan to‘lovlar komissiyasiz yechiladi.

●    Komissiya qanday yechiladi?
Kechikkan to‘lov summasiga bog‘liq.
Agar kartadagi summa kechikkan to‘lov summasi bilan bir xil bo‘lsa, komissiya olinmaydi. Yechilgan summa qarzni qoplashga ketadi.
Agar kartadagi summa kechikkan to‘lovdan ko‘p bo‘lsa, 2,5% komissiya va qarz summasi yechib olinadi.
Misol uchun:
Kechikkan to‘lov — 100 000 so‘m
Kartada — 110 000 so‘m
Komissiya: 2,5% × 100 000 = 2 500 so‘m
Jami 102 500 so‘m yechiladi
Agar kartadagi summa kechikkan to‘lovdan kam bo‘lsa, 2,5% komissiya kartadagi bor puldan ushlab qolinadi, qolgan qismi kreditga yo‘naltiriladi.
Misol:
Kechikkan to‘lov — 100 000 so‘m
Kartada — 95 000 so‘m
Komissiya: 2,5% × 95 000 = 2 317 so‘m
Qolgani: 92 682 so‘m — kreditga
Qolgan qarzni va komissiya qoldig‘ini to‘liq yopish uchun yana 7 318 so‘m to‘lashingiz kerak bo‘ladi. Agar keyingi avtomatik yechish yana boshqa bank kartasidan bo‘lsa — 2,5% komissiya olinadi. Lekin TBC kartasini to‘ldirsangiz — komissiya olinmaydi.

●    Avtomatik pul yechiladigan kartani tanlash mumkinmi?
Yo‘q, tanlab bo‘lmaydi. Lekin siz doimiy ravishda TBC kartangizni to‘ldirib borsangiz — pul aynan o‘sha kartadan yechiladi va komissiya olinmaydi. Shuningdek, TBC UZ ilovasida kreditni o‘zingiz to‘lashingiz mumkin. Buning uchun ilovaning asosiy ekranida TBC Kredit bo‘limini toping va “To‘lash” tugmasini bosing.

●    Komissiya yechilganini qayerdan bilsam bo‘ladi?
Sizga pul yechilgani haqida SMS keladi: qarz summasi va komissiya ko‘rsatilgan bo‘ladi.

 

Savollaringiz qoldimi?
Qo‘llab-quvvatlash xizmatimizga qo‘ng‘iroq qiling — 1150. Bayram va dam olish kunlarisiz, 24/7 ishlaymiz.