Istalgan bankning Uzcard va Humo kartalariga hamda TBC Bankda ochgan Visa Virtual kartangizga.
Pulni o‘zingizga qulay bo‘lgan quyidagi usullarda o‘tkazishingiz mumkin:
• Karta raqami orqali — O‘zbekistonda chiqarilgan istalgan bank kartalariga.
• Telefon raqami orqali — TBC UZ foydalanuvchilariga.
• Kartadan kartaga — ilovaga ulangan shaxsiy kartalaringiz o‘rtasida.
Asosiy ekranda "Tranzaksiyalar" → " Pul o‘tkazmasi turlari" →"O‘tkazmalar" tugmalarini bosing. Ma’lum bir kartalar bo‘yicha o‘tkazmalar tarixini ko‘rish uchun "Kartalar va hisoblar" tugmasini bosib, kerakli kartalarni tanlang.
Komissiya siz pul o‘tkazayotgan kartaga bog‘liq:
• Salom Card bilan — 0%.
• Humo va Uzcard plastik kartalaridan — 1,5%.
• 2024-yil 21-avgustgacha ochilgan virtual Humo va Uzcard kartalaridan —1,99%.
• 2024-yil 21-avgustdan keyin ochilgan virtual Humo va Uzcard kartalaridan — 1,5%.
1150 raqamiga telefon qilib, vaziyatni tushuntiring — to‘lovni tekshirib, yechimini topamiz.
Bizda filiallar yo‘q — TBC Bank barcha xizmatlarni onlayn taqdim etadi.
Pul o‘tkazish uchun TBC UZ ilovasiga kiring, asosiy ekrandagi "O‘tkazma" tugmasini bosing va tanlang:
• Kartadan kartaga — ilovaga ulangan shaxsiy kartalaringiz o‘rtasida.
• Karta raqami orqali — O‘zbekistonning istalgan bankida ochilgan boshqa kishining kartasiga.
• Telefon raqami orqali — boshqa TBC UZ foydalanuvchisi kartasiga.
Ha, barcha foydalanuvchilar uchun cheklovlar bir xil:
-
Bir martalik o'tkazma uchun eng katta summa — 100 mln so'm
-
Uzcard'dan Uzcard'ga bir martalik o'tkazma uchun eng katta summa — 65 mln so'm
-
Kunlik o'tkazmalarning eng katta umumiy summasi — 300 mln so'm
-
Oylik o'tkazmalarning eng katta umumiy summasi — 3 mlrd so'm
-
Kunlik o'tkazmalarning eng ko'p soni — 20 ta
Istalgan bankning Uzcard va Humo kartalari o'rtasida barcha yo'nalishlarda pul o'tkazishingiz mumkin. Xususan:
- Uzcard'dan Uzcard'ga
- Humo'dan Uzcard'ga
- Humo'dan Humo'ga
- Uzcard'dan Humo'ga