TBC Bank Uzbekistan “World Economic Magazine” xalqaro biznes nashri tomonidan “Oʻzbekistonda 2022-yilning eng yaxshi raqamli banki” deb topildi
Ushbu mukofot bilan TBC Bank’ning Oʻzbekiston bank sektoriga raqamli texnologiyalarni joriy qilish boʻyicha erishgan yutuqlari e’tirof etildi. Bank TBC UZ mobil ilovasi orqali “Space” innovatsion fintex platformasiga asoslangan chakana bank xizmatlarini taklif qilib keladi. Ilova ishga tushganidan keyin ikki yil ichida uni 3 millionga yaqin foydalanuvchi yuklab oldi. Ayni payt TBC Bank Uzbekistan 2 milliondan ortiq roʻyxatdan oʻtgan mijozlarga yuqori sifatli innovatsion moliyaviy xizmatlar taqdim qilib kelmoqda. Bugungi kunda Bank butun mamlakat boʻylab 10 ta shourum va 41 ta mijozlarni faollashtirish nuqtalariga ega.
«Ushbu mashhur va nufuzli xalqaro jurnaldan ikkinchi bor ushbu mukofotni qabul qilish biz uchun ulkan sharaf. So‘nggi ikki yil ichida biz eng quyidan boshlab yangi raqamli bank ishga tushirdik. Ushbu mukofot biz toʻgʻri yoʻlda ekanligimizning isboti, deyish mumkin. Bizning jamoa bunday ajoyib natijalarga erishish uchun gʻoyat katta ishni bajardi. “World Economic Magazine” jurnalining “2022-yilning eng yaxshi raqamli banki” mukofotini bizning yuqori sifatli xizmatlarni koʻrsatishga boʻlgan sodiqligimizning e’tirofi sifatida baholash mumkin. Bu foydalanuvchilarga boʻlgan e’tibor va odamlar hayotini osonlashtirish uchun mijozlarga eng yaxshi xizmatlarni taklif qilishga intilish natijasi, deb hisoblayman», - dedi TBC Bank Uzbekistan bosh direktori Spartak Tetrashvili.
“World Economic Magazine”ning ushbu mukofoti bank va moliya sohasidagi samaradorlik, izchillik va barqarorlik namunasi sifatida koʻriladi va butun dunyoda kompaniyaning muvaffaqiyatliligi belgisi hisoblanadi. Gʻoliblarni nashr muharriri va tarmoq mutaxassislari boshchilik qiluvchi mukofotlarni berish qoʻmitasi aniqlaydi.
TBC PLC haqida
TBC Bank Group PLC ("TBC PLC") London fond birjasida roʻyxatdan oʻtgan mas’uliyati cheklangan ommaviy kompaniya hisoblanadi. TBC PLC “TBC Bank” AJ hamda asosan Gruziyaning moliyaviy sektori va u bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan boshqa sohalarda faoliyat yurituvchi kompaniyalar guruhining shu’ba korxonasi hisoblanadi. Barcha shu’ba kompaniyalari bilan birga TBC Gruziyaning yetakchi universal bank guruhi sanaladi (umumiy bozor ulushi – 39,1% mijozlar krediti va 40,7% mijozlar depoziti). Bosh maqsadi odamlar hayotini osonlashtirish boʻlgan TBC Bank chakana savdo, korporativ, mikro, kichik va oʻrta korxonalarni oʻz ichiga olgan barcha asosiy biznes yoʻnalishlarda oldingi oʻrinlarni egallab keladi. Kompaniya tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy xizmatlar an’anaviy bank takliflaridan tashqari, ilgʻor sohaviy yechimlarni ham oʻz ichiga olgan. 2020-yil TBC PLC Oʻzbekistondagi faoliyatini kengaytirdi va mijozlarga oʻzining innovatsion fitex-platformasi yordamida mobil ilova orqali bank xizmatlarini koʻrsata boshladi.
Qoʻchimcha ma’lumot:
Facebook: @tbcbankuz (https://www.facebook.com/tbcbankuz)
Instagram: @tbcbankuzbekistan (http://instagram.com/tbcbankuzbekistan)
Telegram: @tbc_bank_uzb (https://t.me/tbc_bank_uzb)
Web: tbcbank.uz (https://tbcbank.uz/ru/)
Call center: 24/7: 1150
“World Economic Magazine” haqida
The World Economic Magazine Inc. – Amerika bosma va onlayn jurnali. Nashr biznes sohasi bilan bogʻliq mavzularni keng auditoriyaga taqdim etadi. “World Economic Magazine” – dunyo moliya bozorlaridagi eng soʻnggi yangiliklarning asosiy manbalaridan biri. Jurnal oʻz oʻquvchilariga bank, iqtisodiyot, texnologiya, infratuzilma va boshqa sohalar boʻyicha sifatli media mahsulotlarni yetkazib beradi.
Qoʻshimcha ma’lumot https://worldecomag.com/ saytida yoki grace@worldecomag.com. elektron manzili orqali.