10 июл 2023

Depozit haqida nimalarni bilishimiz kerak?

 

 

Depozit o'zi nima?

 

Omonat yoki pulli depozit — bu pul mablag'ini muayyan muddatga (muddatli) bankka qo'yish. Аmalda, bank sizning pullaringizni tijoriy faoliyat uchun «ijaraga oladi» va sizga oldindan belgilangan foizlar ko'rinishida «ijara haqi» to'laydi.

 

 

 

 

Depozit turlari

 

Eng ommalashgan depozit turlari:

 

• Talab qilib olinguncha — bu turdagi depozit uni to'ldirib borish va hech qanday cheklovlarsiz hamda jamlangan foizlarni yo'qotmagan holda undan istalgan miqdordagi pulni olish imkoniyatini beradi. Talab qilib olinguncha omonatlari bo'yicha foiz stavkalari omonatlarning boshqa turlariga nisbatan past bo'ladi yoki butkul bo'lmaydi.

 

• Muddatli — ular muayyan muddatga ochiladi, qo'yish mumkin bo'lgan minimal summa — shartnomaga muvofiq belgilanadi. Bu holatda mijoz va bank o'rtasida aniq muddat uchun shartnoma tuzilib, bu muddat davomida mijoz muayyan summadagi pul mablag'ini depozit hisobida saqlash, bank esa mijozga depozitning ma'lum foizi miqdorida to'lovni amalga oshirish majburiyatini o'z zimmasiga oladi.

 

• Omonat/maqsadli — bu turdagi depozitning o'ziga xosligi mablag'ni to'plash va pul mablag'ini muayyan maqsad uchun sarflash (ta'lim uchun to'lovni amalga oshirish, mashina, kvartira va boshqalarni sotib olish)dan iborat. Omonat ma'lum muddatga qo'yiladi (odatda, uzoq muddatga) va uni to'ldirib borish mumkin, vaholanki, bu shart barcha omonatlar shartlarida nazarda tutilmasligi mumkin.

 

 

 

 

Depozitlarning afzalliklari va nuqsonlari

 

Ijobiy jihatlari

 

• O'zbekistonda barcha depozitlar, shartlari va qaysi valyutada ochilganidan qat'iy nazar, Fuqarolarning omonatlarini kafolatlash fondi tomonidan to'liq hajmda kafolatlanadi. Аgar bank bilan biron kor-hol yuz bergudek bo'lsa ham omonatchi zarar ko'rmaydi.

 

• Depozitlar/omonatlar — bu kafolatlangan passiv daromad. Uning uchun to'lanadigan haq mijozning hech bir harakatisiz ham avtomatik tarzda jamlanib boradi.

 

• Pulni olish mexanizmi nihoyatda oddiy bo'lib, maxsus bilimlarga ega bo'lish talab etilmaydi.

 

• Oson va tez rasmiylashtiriladi

 

 

Nuqsonlari

 

• Ba'zan inflyatsiya darajasi bank tomonidan to'lanadigan foizlardan yuqori bo'ladi. Vaqt o'tishi bilan foizlardan keladigan daromad kamayishi mumkin. Lekin, shuni unutmaslik kerakki, uyingizda yoki kartangizda shunchaki bekor turgan pul mablag'lari inflyatsiya tufayli yanada ko'proq qadrsizlanishi mumkin.

 

• «Sakrash»lar ro'y bergan holatda milliy valyuta kursi, ayniqsa, omonat qo'yilgan qisqa muddatda keltiradigan daromaddan ko'ra koʼproq qadrsizlanishi mumkin. Biroq, pullarni darhol qaytarib olish yaramaydi, chunki istiqbolda kurs barqarorlanishi hamda foizlar bo'yicha daromad manfaatli bo'lishi mumkin.

 

 

 

 

Depozit ochishda nimalarga e'tibor qaratish lozim?

 

Depozit ochish haqida qaror qabul qilishda quyidagi asosiy jihatlarga e'tiborli bo'ling:

 

• Foiz stavkasi. U qanchalik yuqori bo'lsa, inflyatsiyadan himoya darajasi ham shunchalik yuqori bo'ladi

• Hisobni to'ldirib borish imkoniyati

• Mablag'ni qisman/to'liq qaytarib olish shartlari

• Foizlarni mijoz hisobiga o'tkazilish shartlarining oddiy yoki murakkabligi, kapitalizatsiya bor-yo'qligi

• Shartnoma muddatini uzaytirish imkoniyati (avtomatik tarzda yoki mijoz arizasiga ko'ra amal qilishi mumkin)

 

 

TBC Bank ning depozitlar bo'yicha barcha takliflari bilan ushbu sahifada tanishishingiz mumkin.

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish
Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 14 май 2024

Qalloblar sizni yana qanday aldash mumkinligini oʻylab topishdi

Oʻqish