22 декабр 2021

Qahramonlar hikoyasi - 002 - Xoldor Doda

Mazmuni
  • Oʻz ishlari haqida
  • Oʻzbekistonnig zamonaviy sanʼati va ijodkorlari haqida
  • Muvaffaqiyatingizning siri nimada deb oʻylaysiz?
  • Faxrlanish uchun sabablar haqida
  • Maqsad va orzular
  • Blis savol-javob:

Mehnatsevar boʻl. Aynan mehnatsevarlik istagan maqsadlaringga yetishga yordam beradi!

Yurtimizda tadbirkorlar soni geometrik progressiyada oshib bormoqda. Oʻzbekistonda tadbirkorlik faoliyatini boshlash borgan sari yengillashib bormoqda. Ammo odamlar hali hanuz “yosh payting, kuchga toʻlgan paytig biznes ochib olishing kerak, yoshlarga hamma eshiklar ochiq” deb oʻylashadi. Xoldor Doda - biror ish boshlash uchun hech qachon kech boʻlmasligiga yorqin dalil. Soʻqoqlik “Doda” deya tanilgan Xoldor ota 60 yoshlarida padari buzrukvorlarining bogʻida “Soʻqoq choyxonasi” milliy taomlar kafesini ochdilar. Soʻqoqdagi bu choyxona turistik obyektga aylandi. Palov va anaʼanaviy somsani tatib koʻrish uchun Dodaning kafelariga mahalliy aholi va Toshkentlik mehmonlar bilan bir qatorda sayyohlar ham tashrif buyurishadi.

xoldor

Oʻz ishlari haqida

Men Soʻqoq qishlogʻida tavallud topganman, 7 nafar farzandim ham shu yerda tugʻilgan. Butun umr shu yerdagi poliklinikada stomatolog boʻlib ishlaganman. Otamdan menga katta bir bogʻ meros qolgandi. Va men bu joyga qanday qilib fayz kiritishni uzoq oʻyladim. Nafaqaga chiqqanimdan soʻng odamlarga foydam tegishi uchun nima qilsam boʻladi, deb bosh qotirdim. Va 2001-yilda biz bu bogʻda oilam bilan Soʻqoq choyxonasini ochdik. Bu choyxonada xoʻrandalarni anʼanaviy oʻzbek taomlari bilan mehmon qila boshladik. Biz Soʻqoq taomlarini tayyorlash anaʼanalarini saqlab qolishni istagandik va menimcha, buni uddaladik. Buni koʻplab mehmonlar, turistlar bizning somsa va kabobimizni tatib koʻrish uchun Soʻqoqqa, bizning kafega kelishlaridan ham bilib olish mumkin. Har kuni taomlarimizni tanovul qilayotgan mehmonlarimiz yuzlaridagi quvonch va baxtiyor tabassumni koʻrganimda xursand boʻlib ketaman. Ana shunda qilayotgan ishimning naqadar muhim va ahamiyatli ekanini tushunaman.

 

 

Oʻzbekistonnig zamonaviy sanʼati va ijodkorlari haqida

Inson istalgan sohada boʻlsin, oʻz ishini mahorat bilan, maʼsuliyat bilan bajarsa, bu ishning ustasiga aylanadi. Ana shundagina u oʻz xalqiga va vataniga foyda keltira oladi. Baxtimizga, zamonaviy yoshlar buni anglab yetmoqda va oʻz ishining professionallari borgan sari koʻpayib bormoqda. Misol tariqasida dunyoni oʻzbek milliy taomlari bilan tanishtirayotgan Bahriddin Chustiyni aytishimiz mumkin.

 

 

Muvaffaqiyatingizning siri nimada deb oʻylaysiz?

Biz qishloqda oʻsganmiz va bolalikdan bizni vijdonan, masʼuliyat bilan mehnat qilishga oʻrgatishgan. Menimcha, muvaffaqiyatimning kaliti – halol mehnatim bois avvalo oʻzim oldimda, oilam, xodimlarim va mehmonlarim oldida yuzimning yorugʻligida.

 

 

Faxrlanish uchun sabablar haqida

Men avvalo rivojlanishimiz uchun cheksiz imkoniyatlar taqdim etuvchi mana shu yurtda tugʻilib, oʻsganim bilan faxrlanaman. Yana farzandlarim bilan faxrlanaman. Ketidan hamyurtlari, yurti uchun xizmat qiladigan farzandlarni qoldirish insonga katta xursandchilik va faxr hissini beradi.

 

 

xoldor

Maqsad va orzular

Men barcha orzu-maqsadlarimga yetdim, deb ayta olaman. Maqsadni roʻyobga chiqarish uchun yaxshilab harakat qilmasangiz, bu maqsad yetib boʻlmas orzuligicha qolaveradi, deb ishonaman. Yana Allohdan umrimni uzoq qilib berishini soʻrayman, toki zamonaviy Oʻzbekistondagi oʻzgarish va yutuqlarga guvoh boʻlish hamda oʻz bolalarimu nabiralarim bilan hayotiy tajribamni boʻlishish menga nasib qilsin.

 
 

 

Blis savol-javob:

Sizning baxtingiz nimada?


Mening eng ulkan baxtim shunday tinch zamonda yashayotganimda. Oʻsmirlik davrim Jahon urushiga toʻgʻri kelgan. Biz ochlikni, urush dahshatlarini, begunoh insonlarning behuda oʻlimlarini koʻrganmiz. Mana nega tinchlikning qadriga yetishimiz darkor.

 

Baxtsizlik siz uchun nima?


Baxtsizlik – bu harakatsizlik, bekorchilik. Odam ishlashdan, harakat va orzu qilishdan toʻxtagan kun - u baxtsiz boʻlgan kundir. Zero har bir yutuqning ortida qunt bilan qilinadigan mehnat yotadi.

 

Insonlarda hammasidan ham koʻproq qay fazilatni qadrlaysiz?


Muloyim insonlarni qadrlayman. Inson baxtli yashashni istasa, birinchi navbatda boshqalarga nisbatan yaxshi munosabatda boʻlishi darkor. Siz olamga tabassu qilsangiz, olam ham sizga kulib boqadi.

 

Insonlar feʼlidagi eng yoqtirmagan kamchiligingiz qaysi?


Men har bir insonnin hurmat qilaman, har bir kishida yaxshilikni koʻrishga harakat qilaman. Biz boshqalarda koʻradigan xislatlar – aslida oʻzimizdagi xususiyatlarning koʻzgudagi aksidir, deb bilaman.

 

Qachon va qayerda siz har qachongidanda baxtiyor boʻlgansiz?


Hayotimda baxiyor damlar koʻp boʻlgan, ammo baxtimning makoni bitta, u ham boʻlsa - Oʻzbekiston.

 

Yer yuzida yashab oʻtgan istalgan inson bilan muloqot qilish imkoniyati boʻlganida, siz kimni tanlagan boʻlardingiz?


Har bir inson bilan suhbatlashib koʻrishni istardim, faqat bir sharti bor, u kishi samimiy boʻlishi darkor.

 

Siz bilan viloshuv marosimiga kelganlar siz haqingizda nima deyishlarini xohlagan boʻlardingiz?

Nabiralarim va evaralarim farzandlarimni, yaʼni ularning otalarini shunday tarbiyalaganim uchun “rahmat” deyishlarini istardim.

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Ta'lim · 27 март 2025

Soxta xabarlar, klon saytlar: Fishing nima va firibgarlarning qarmog‘iga tushib qolmaslik uchun nima qilish kerak?

Oʻqish
Ta'lim · 28 март 2025

Hamyoningiz uchun moliyaviy yostiqcha: moliyaviy xotirjamlik sari 5 qadam

Oʻqish

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish