Onlayn-banklar O‘zbekistonda bor-yo‘g‘i bir necha yil oldin paydo bo‘ldi va foydalanuvchilarning maʼlum qismi hali-hamon ularga unchalik ham ishonmaydi. Odamlar bo‘limlari ko‘p bo‘lgan bankni ishonchli deb hisoblashadi. Vaholanki, bank bo‘limlariga borish – unchalik ham yoqimli ish emas: navbatda turish, uzoq kutishlar va qog‘ozbozlikka tayyor turish kerak. Onlayn-bankda esa bularning hech biri yo‘q, axir ular aslida mijozlar hayotini osonlashtirish uchun paydo bo‘lgan. Ushbu maqolada sizga mamlakatimizdagi onlayn-banklarning qanday ishlashi va ularning odatiy banklar kabi mutlaqo ishonchli ekani haqida so‘zlab beramiz.
Ko‘pchilikning tasavvurida bank — bu xodimlari, kassalari va xavfsizlikni qo‘riqlovchi soqchilari bor ofis. Biroq dunyoda allaqachon bankning o‘zgacha, zamonaviy shakli — bo‘limlarsiz bank paydo bo‘lgan. U mijozlarning moliyaviy amaliyotlarni qulayroq — bankka borish-kelishlarsiz, internet orqali bajarishi uchun yuzaga kelgan. Bunday banklar sayt yoki mobil ilovalar orqali ishlaydi va shu sababli onlayn-banklar deb ataladi.
O‘zbekistonda dastlab to‘lovlar uchun ilovalar, masalan, Payme paydo bo‘ldi, — ular ham internet orqali, kassalarsiz ishlaydi. Hozir esa onlayn-banklar ham mavjud bo‘lib, ularda moliyaviy xizmatlardan navbatlarsiz foydalanish mumkin, misol uchun ulardan biri TBC Bank.
Onlayn-banklarda mijozlar uchun bo‘limlar yo‘q. Bo‘limlar o‘rniga ilova yaratilgan bo‘lib, u orqali karta chiqarish, kredit olish, omonat ochish, pul o‘tkazish va hokazo amaliyotlarni mustaqil tarzda bajarish mumkin. Yana koll-markaz ham bor va har qanday masalani hech qaerga bormay turib, birgina qo‘ng‘iroq bilan hal qilsa bo‘ladi.
Biroq onlayn-bankning ham o‘z bosh ofisi bo‘ladi — uning manzili ruxsatnomada ko‘rsatiladi. Ofisda ilovaning uzluksiz ishlashi, xavfsizligi va moliyaviy amaliyotlar bajarilishini taʼminlovchi odamlar ishlashadi. Ular IT-mutaxassislari bo‘lib, ilova ishini doimiy ravishda yaxshilab, uni qulaylashtirib boradilar. Yuristlar esa qonunchilikka rioya etilishi hamda mijozlar huquqlari taʼminlanishini nazorat qiladilar. Menejerlar, marketologlar, hisobchilar, iqtisodchilar, kreditlar bo‘yicha mutaxassislar — xuddi hamma banklarda bo‘lgani kabi bu yerda ham bor. Masalan, TBC Bank ning bosh ofisida 1300 dan ko‘p xodimlar ishlaydi.
Onlayn-bank — bu xuddi odatiy bankning aynan o‘zi, faqat uning bo‘limlari yo‘q. Barcha xizmatlardan bank ilovasi yoki telefon orqali foydalanish mumkin.
Onlayn-banklar O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan berilgan ruxsatnoma asosida ishlaydi — xuddi boshqa barcha banklar kabi. Ruxsatnomani olish oson emas va bunda alohida mezonlarga mos bo‘lish kerak — barcha qoidalar qonunda belgilab qo‘yilgan.
Markaziy bank banklar ishi va ularning har bir xatti-harakati qonun doirasida bo‘lishini nazorat qiladi. Аgar bank qonunni buzsa — uning ruxsatnomasi olib qo‘yiladi. Ruxsatnomani qayta olish nihoyatda murakkab bo‘lgani, ayrim holatlarda esa umuman imkonsizligi tufayli banklar qonunchilik talablariga sinchkovlik bilan amal qiladilar. Shu sababli, bankning bo‘limlari bor-yo‘qmi, ahamiyatsiz — u qonun doirasida ishlaydi va uning xizmatlaridan foydalanish mutlaqo xavfsiz.
Bankning mobil ilovasida odatda odamlar bank bo‘limiga nima uchun borsalar, hammasini bajarish mumkin, faqat bunda navbatlar va kutib turishlar yo‘q. Masalan, TBC Bank ilovasi orqali Siz ushbu amaliyotlarni bajara olasiz:
💳 Bank kartasini chiqarish uchun ariza berish. Uni qo‘lga olish uchun ham hech qaerga bormaysiz – xat tashuvchi uyingiz yoki ish joyingizga keltirib beradi.
💸 Kredit rasmiylashtirish va pulni darhol olish. Masalan, TBC Bank da kredit bo‘yicha qaror 1 daqiqada keladi va pul sizning ilovadagi virtual hisob varag‘ingizda ko‘rinadi. Ularni istalgan kartaga o‘tkazishingiz va o‘zingizga qulay tarzda sarflashingiz mumkin: xohlasangiz, istalgan bankomatda naqdlashtiring yoki xarid uchun to‘lov qiling va h.k.
💎 Omonatlar, jamg‘arma hisob varaqlari ochish, ularni boshqa hisob varaqlaridagi pullar bilan to‘ldirish, ularni yopish, hisobdagi pullarni istalgan boshqa hisobga o‘tkazish mumkin.
🙌 o‘tkazmalar, jumladan xalqaro o‘tkazmalar;
💌 rekvizit hisoblar bo‘yicha to‘lovlar qilish;
🧐 balansni ko‘rish va istalgan sana uchun amaliyotlarni tekshirish;
📲 mobil aloqa, internet, kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
🙋♂️ kartadan kartaga mablag‘ o‘tkazish.
TBC Bank ilovasi interfeysi tushunarli va sodda bo‘lib, har kim u yoki bu vaziyatda nima qilish kerakligini oson tushunadi.
Shunday qilib, bankning jismoniy bo‘limlari bor-yo‘qligi — uning ishonchli yoki ishonchsizligini belgilamaydi. Ishonchlilik masalasini boshqa mezonlarga ko‘ra tekshirish kerak.
Ruxsatnoma borligi. O‘MB tomonidan beriladigan ruxsatnomasiz bank mijozlarga xizmat ko‘rsatish — hisob varaq ochish, kredit berish va har qanday boshqa moliyaviy amaliyotlarni bajarish huquqiga ega emas. Bankning rasmiy saytida berilgan ruxsatnoma va bank faoliyatiga daxldor boshqa hujjatlar albatta keltirilgan bo‘lishi shart.
Banklar reytingida yuqori o‘rinlarni egallaydi. O‘zbekistonda Banklar assotsiatsiyasi — banklarni turli mezonlar bo‘yicha tahlil qiluvchi va ularga baho beruvchi mustaqil kompaniya bor. Reyting ro‘yxati har chorakda yangilanadi.
O‘zbekistondagi bank — xorijiy bank filiali. Xorij bozoriga faqat rentabel bo‘lgan yirik bank chiqa oladi — kichikroq tashkilotlar raqobatga dosh berolmaydi. Bundan tashqari, bosh bank o‘z filialini qo‘llab-quvvatlaydi — uning rivoji uchun sarmoya kiritadi, bunday filial-bank ishonchli hisoblanadi.
Misol uchun, TBC Bank — bank sohasida 30 yildan ortiq, O‘zbekistonda esa 5 yildan buyon ishlab kelayotgan yirik gruzin bankining «qizi», yaʼni tarmog‘i. TBC Bank FTSE 250 indeksiga kirgan — kompaniya aksiyalari London fond birjasida muomilada. O‘zbekistondagi faoliyati davomida bank o‘z filiali rivoji uchun 30 mln dollardan ortiq sarmoya kiritdi. Hozirda O‘zbekistondagi TBC guruhining 13 milliondan ortiq mijozi bor, bankda 1000 dan ortiq xodimlar ishlaydi.
Onlayn-banklar internet orqali ishlaydi. Shu bois bunday bank mijozi bo‘lish uchun bankning mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tish va verifikatsiya qilish — o‘z shaxsini tasdiqlash lozim. Odatda shaxsni tasdiqlash uchun pasport maʼlumotlarini kiritish va selfi suratga tushish yetarli bo‘ladi.
Istalgan vaqtda: bayramlar, dam olish kunlari yoki hatto tungi paytda ham ro‘yxatdan o‘tish mumkin — onlayn-banklar kecha-kunduz ishlayveradi.
Verifikatsiyadan keyin siz bank mijoziga aylanasiz va uning xizmatlaridan foydalana olasiz, masalan, kredit rasmiylashtirishingiz, omonat ochishingiz, o‘tkazmalar yuborib-qabul qilishingiz yoki xizmatlar uchun to‘lov amalga oshirishingiz mumkin.
Onlayn-banklarning juda kuchli xavfsizlik tizimi bor — shaxsni tekshirishning ko‘pbosqichli tizimi, maʼlumotlarni shifrlash kabi, har bir amaliyot esa parol yoki sms-kod bilan tasdiqlanishi talab etiladi. Tovlamachilar sizning pulingizga daxl qila olmaydilar, ularga parol yoki kodni o‘zingiz aytib qo‘ymasangiz albatta, biz qanday qilib tovlamachilar tuzog‘iga tushmaslik haqida avval yozgan edik.
Аsosiy qoidalarni qisqacha eslatib o‘tamiz:
Shuningdek, bank ilovasini muntazam ravishda yangilab turing — dastur yaratuvchilari pullaringizni maksimal himoyalash maqsadida xavfsizlik darajasini doimiy oshirib boradilar.
Onlayn-bank kecha-kunduz ishlaydi. Onlayn-bankning ish rejimi yo‘q — u kecha-kunduz ishlaydi. Ishdan kelishda internet uchun to‘lov qilishni unutdingizmi — uydan turib to‘layvering. Birdan pul kerak bo‘lib qoldimi — oshxonada o‘tirgan holingizda, bir daqiqa ichida kredit olishingiz mumkin.
Onlayn-bankda navbatlar yo‘q. Аlbatta, bank bo‘limi qo‘lingizdagi smartfonda bo‘lgach — navbatga nima bor? Istalgan vaqtda va istalgan joyda to‘lov qiling, pul oling, marhamat.
Xizmatlar arzonroq. Onlayn-bank bo‘limlarga ega bo‘lmagani bois ham foydalanuvchilar uchun manfaatliroq shartlar taqdim etadi. Masalan, o‘tkazmalar uchun kichik komissiyalar yoki bepul xizmat ko‘rsatish kabi.
Qo‘shimcha afzalliklar. Bu ilovadan foydalanganlik uchun bonuslar, bank hamkori bo‘lgan kompaniyalardan chegirmalar, depozit bo‘yicha yuqori stavkalar va boshqa takliflar bo‘lishi mumkin. Misol uchun, TBC Bank da TBC Stars dasturi bor. Bankning har bir mijozi shunchaki bank ilovasidan foydalangani uchun — kartaga o‘tkazma yuborib yoki hatto o‘yin o‘ynab turib ham bepul sovg‘a yoki pul yutug‘iga ega bo‘lishi mumkin.
👍 Onlayn-bank — har qanday boshqa bank kabi bank. Shunchaki uning bo‘limlari yo‘q va barcha xizmatlar internet orqali ko‘rsatiladi.
👍 Onlayn-bank kecha-kunduz ishlaydi. Ochilish vaqtini kutish yoki navbatda turish shart emas — har qanday amaliyotni istalgan vaqtda amalga oshirish mumkin.
👍 Onlayn-bank O‘MB ruxsatnomasi asosida ishlaydi — demak, bu qonuniy biznes.
👍 Onlayn-bank xizmatidan foydalanish, bankning jismoniy bo‘limiga borib ish bitirish kabi xavfsiz. Faqat u qulayroq.
👍 Sizning pullaringiz ko‘pbosqichli xavfsizlik tizimlari orqali himoyalangan. Har bir mijoz shaxsan qatʼiy rioya etishi kerak bo‘lgan asosiy qoidalar: ilovani muntazam yangilab borish, onlayn-bankka kirish uchun parol va loginni hamda SMS orqali kelgan kodlarni hech kimga aytmaslik.