29 декабр 2023

Regbi — oliyjanoblar o'ynaydigan bezori o'yin

Regbi — aslida tasodifan paydo bo'lgan sport turi hisoblanadi. Aytishlaricha, uning tarixi Regbi (Angliya) shahriga borib taqaladi, 1823-yilda Uilyam Uebb Ellis maktab o'quvchisi futbol o'yinining qoidalarini buzib, to'pni qo'liga olib, maydon bo'ylab yugurgan. Bunday chaqqonlik va strategiyani 'zida mujassam etgan yurish yangi sport turini yaratilishiga sabab bo'lgan. O'yin tezda maktab, universitet va butun dunyo bo'ylab ommalashib, millionlab odamlarning sevimli sport turiga aylanib ulgurgan.

 

Regbi ayniqsa Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Avstraliya va Janubiy Afrikada juda mashhur. Gruziyada ham ushbu sport turi hurmatga sazovor sport turlaridan biridir. Ta’kidlash kerakki, Gruziyadagi TBC Group ushbu sport turining rivojlanishini qoʻllab-quvvatlaydi, shu sababli TBC Bank Uzbekistan ham respublikada regbi bilan bogʻliq vaziyatni o’rgandi.

 

 

 

O’zbekistonning regbi tarixidan

 

O’zbekistonda regbining rivojlanishi 1969-yilda Politexnika jamoasidan boshlangan. Keyinchalik poytaxt va viloyatlarda boshqa jamoalar paydo bo’lgan. 1990-yilda birinchi “So’g’diyona” ayollar terma jamoasi tashkil etilgan. Keyinroq Toshkentda ayollar jamoalari o’rtasida “Osiyo” ligasi kubogi musobaqasi bo’lib o’tgan va unda sobiq ittifoqning turli Respublika vakillari ishtirok etgan.

 

O’zbekistonda regbining tiklanishi 2001-yilda, regbi federatsiyasi tashkil etilganda sodir bo’ldi. 2002-yilga kelib poytaxtdan tashqari Jizzax, Yangiyer, To’raqo’rg’on, Chirchiq va Samarqandda ham jamoalar paydo bo’ldi. 2004-yilda federatsiya Osiyo regbi ittifoqiga, 2014-yilda esa O’zbekiston Xalqaro regbi kengashining (World Rugby) to’liq a’zoligiga qabul qilindi. Bu mamlakatimizda ushbu sportning rivojlanish tarixida yangi sahifa ochdi.

regbi 2

 

 

Regbi bugun

 

O’zbekistonda ushbu sport turi regbi federatsiyasi rahbarligida rivojlanib, o’yinni milliy va xalqaro miqyosda ommalashishiga xizmat qilmoqda. Federatsiya futbolchilar va murabbiylarni tayyorlab, erkaklar va ayollar regbisini rivojlantirib, turli musobaqalarni tashkil etadi. Uning sa’y-harakatlari tufayli o’yin mamlakat sport madaniyatining tobora muhim turiga aylanib bormoqda.

 

O’zbekiston regbisi ikkita asosiy formatda — Regbi-7 va Regbi-15 turlari bo’yicha o’ynaydi. Yetti nafar o’yinchi bilan o’ynaladigan Regbi-7 o’yini yanada dinamik ko’rinishi hisoblanib, Olimpiya o’yinlarida o’ynaladigan tur hisoblanadi. Regbi-15 o’n besh o’yinchini o’z ichiga olib, jismoniy jihatdan qiyinroq hisoblanadi.

regbi 3

So’nggi musobaqa joriy yilning noyabr oyida bo’lib o’tdi, unda regbi bo’yicha milliy erkaklar va ayollar terma jamoalari ishtirok etdi. Bu Markaziy Osiyo davlatlarining ochiq chempionati edi. Jamoa mintaqada eng kuchli deb topilgan Qozog’iston terma jamoasini ortda qoldirib, birinchi o’rinni egalladi. Jamoa hozirda 2024-yilning mart oyida bo’lib o’tadigan Malayziyadagi chempionatga tayyorgarlik ko’rmoqda.

 

O’zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Danil Kulikov sportchilarning mashg’ulotlari qanday o’tayotgani haqida so’zlab berdi:

 

“Jamoalar O’zMUga qarashli Federatsiya tasarrufidagi stadionda mashg’ulotlarni o’tkazmoqda. Yig’inlar uchun jamoa sport bazasi joylashgan Dukent (Angren) qishlog’iga boradi. Yil davomida jamoalar u yerda taxminan 6-7 ta yig’in o’tkazadi. Ular muntazam ravishda tog’da mashg’ulotlarini olib boradi.

 

Federatsiya yangi regbichilarni jalb etish bo’yicha faol ish olib bormoqda. Aksariyat odamlar sportga do’stlarining tavsiyalari orqali keladi.

 

Aksariyat odamlar ushbu sportda og’ir lat yeyish mumkin deb hisoblaydi. Lekin bu unday emas. Regbi futbol yoki basketbol kabi mashhur sport turlariga qaraganda kamroq jarohatlarni olib kelishi mumkin. Regbi — oliyjanoblar o’ynaydigan bezori o’yindir. Qoidalarga rioya qilish va boshqa o’yinchilarga hurmat bilan munosabatda bo’lish juda muhim.

 

Sportchilarimiz ajoyib natijalarni ko’rsatishmoqda, ammo bundan ham ko’proq yutuqlarga erishishlari mumkin. Davlat ko’magida professional regbi klublarining tashkil etilishi ularning tayyorgarligini sezilarli darajada yaxshilaydi. Ular mashg’ulotlarni yanada qizg’in o’tkazishlari mumkin edi. Ishonchim komilki, terma jamoamiz Olimpiya o’yinlarida ishtirok etish va g’alaba qozonishi uchun katta salohiyatga ega”.

regbi 4

 

 

Ayollar regbisi

 

Ayollar regbi terma jamoasi erkaklar jamoasidan oldinroq tuzilgan. Jamoa 2002-yildan buyon Osiyo chempionatida ishtirok etib kelmoqda. 2006-yilda O’zbekiston ayollar jamoalari o’rtasida turnir o’tkazish huquqini qo’lga kiritdi va unda terma jamoa 4-o’rinni egalladi, 2008-yilda esa bronza sovrinini qo’lga kiritdi.

 

Mamlakatimizda ayollar regbisining asosiy ramzi — Yuliya Ignatenko deb aytishimiz mumkin. Vaqt o’tishi bilan terma jamoaning tarkibi butunlay o’zgardi, ammo Yuliya uni tark etmadi. U hakamlar guruhiga qo’shilgan Osiyodagi birinchi ayol hakam bo’ldi. Bu nafaqat uning, balki butun o’zbek regbisining katta muvaffaqiyatidir.

 

Yuliya sportdagi faoliyatini 2004-yilda boshlagan. U ikki yil ichidam milliy terma jamoasiga qo’shilib, ikki yildan so’ng xalqaro sport ustasiga aylandi. 2016-yildan beri u o’yinlarda hakamlik qiladi va hakamlar uchun tashkil etiladigan maxsus kurslarda qatnashadi.

 

Uning iste’dodi 2021-yilda U18 Osiyo chempionatida yordamchi hakam va hakam bo’lganida tan olingan. Va allaqachon 2022-yilda regbi-15 bo’yicha Osiyo chempionati o’yinlarini boshqargan.

 

Uning Osiyo regbi ittifoqining yosh iqtidor egalari ro’yxatiga kiritilganligi ko’p narsadan dalolat beradi.

regbi 5

“Men 10 yoshimdan regbi bilan shug’ullanaman, hozir 30 yoshdaman. Ayollar jamoasining bir nechta a’zolarini almashtirdim. Men yangi qizlarni tayyorlashga yordam berishdan va tajribam bilan o’rtoqlashishdan xursandman.

 

2015-yilda regbi bo’yicha Osiyo chempionatida ishtirok etdik. Biz yaxshi o’ynadik, ammo musobaqa davomida bo’g’imim chiqib ketdi. Natijada operatsiya qilish uchun shifoxonaga borishim kerak bo’ldi. Shifokorlar men sport bilan xayrlashishimni va hatto sport karyerasi haqida o’ylamasligimni aytishdi. Olti oyni uyda o’tkazdim, asta-sekin tuzaldim. Ha, bu oson bo’lmadi. Juda og’ir vaziyat, lekin maqsad bo’lsa, imkonsiz narsaning ozi yo’q. Men tuzalib, o’ynashda davom etdim.

 

Ko’pgina qizlar regbini tark etishadi, bunga ularning oila qurishi yoki farzand ko’rishi sabab bo’ladi, lekin agar xohlasangiz, hamma narsani birlashtira olasiz. Men ham onaman, lekin mashg’ulotlar tufayli avvalgi ko’rinishimga qaytdim va hatto uni yaxshiladim ham”, — deydi Yuliya.

 

O’zbekistonda regbi sport turi rivojlanib, tobora ommalashib bormoqda. Uning tarixi, boshidan kechirilgan qiyinchiliklari va erishgan yutuqlari mamlakat sport madaniyatida uni muhim sport turiga aylantiradi. Regbini munosib qo’llab-quvvatlash va targ’ib qilish orqali O’zbekiston kuchli jamoalarni yaratadigan maydonga aylanishi mumkin.

regbi 6

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish
Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 14 май 2024

Qalloblar sizni yana qanday aldash mumkinligini oʻylab topishdi

Oʻqish