28 декабр 2023

TBC va O'zbekistonda yugurish bo'yicha jonlanish 2023: Bizning qanday yugurganimiz, bayram qilganimiz va ruhlantirganimiz haqida

2023-yil TBC Bank Uzbekistan uchun yugurish bo'yicha haqiqiy qizg'in faollik yili bo'ldi! Bu yil boshdan-oxirigacha tezlik, chidamlilik va ko'plab quvnoq voqeliklarga yo'g'rilgan holda o'tdi. Biz turli marafonlarni shunchaki qo'llab-quvvatlash bilan cheklanmadik, biz — ular ishtiyoqi bilan yashadik!

 

May oyidan boshlab oktyabrgacha biz "Yangi O'zbekiston"dan tortib "Yangi Nafas"gacha qator mega-marafonlarni qo'llab-quvvatlagan holda haqiqiy yugurish konveyrini tashkil etdik. TBC Group dan 400 nafar yuguruvchilar bu marafonchilar safiga qo'shildilar va umumiy hisobda qariyb 1696 kilometrlik masofani bosib o'tdilar — bu butun O'zbekiston sarhadini ikki karra yugurib chiqishga teng!

beg 2

Bizning yigitlarimiz safida eng uzoq masofalarni 2 karra zabt etgan haqiqiy super qahramon ham bor edi. Happiness Center TBC Bank Uzbekistan vakili Daler Mukumov "Zaamin Ultra" marafonida 50 kilometr, "Samarkand marathon"da esa 42 kilometr masofalarni bosib o'tdi.

 

Bundan tashqari, biz yugurish uchun xos liboslarning tom ma'nodagi moda namoyishini ham o'tkazdik. Taniqli mahalliy illyustratorlar bilan hamkorlikda 1000 dan ortiq so'nggi urfdagi yugurish uchun kiyim-bosh jamlanmalarini tayyorladik va pirovardda, bizning vakillarimiz marafonlar ishtirokchilari orasida ijobiy ma'noda alohida ajralib turdilar.

beg 3

Umuman olganda, 2023-yil TBC Bank Uzbekistan uchun yugurish belgisi ostida o'tdi. Biz o'z-o'zimizga kurashga chorlov e'lon qilgan holda nafaqat uzoq masofalarni bo'ysundirdik, balki yugurish yuraklarni birlashtirishi mumkinligini ham anglab yetdik. Mazkur yugurish sarguzashtida biz bilan birga bo'lgan barcha-barchaga rahmat aytamiz. Kelasi yildagi startlarda ko'rishguncha!

beg 4

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish
Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 14 май 2024

Qalloblar sizni yana qanday aldash mumkinligini oʻylab topishdi

Oʻqish