19-dekabr kuni Ground Zero Kitob olami kovorking markazida TBC Talks klubining uchinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mijozlar tajribasi bo‘yicha taniqli ekspert va “Mijozlar tajribasi laboratoriyasi” asoschisi — Aleksey Ivanov nutq so‘zladi. Laboratoriya mijozlariga: HeadHunter, Bosch, Sberbank, Gazprombank, Alfa-Bank, VTB Bank va Sportmaster kabi yirik bozor ishtirokchilari kiradi.
Mijozlar tajribasi nima? Bu shunchaki mijoz va kompaniya o‘rtasida bir qator amalga oshiriladigan bosqichlar emas, balki mijoz boshdan kechiradigan his-tuyg‘u, taassurot va o‘zaro ta’sirlar jamlanmasidir. U mahsulot yoki xizmat bilan bog‘liq birinchi tanishuvdan, to sotuvdan keyin shakllanadigan aloqagani o‘z ichiga oladi.
Aleksey mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish muhimligini ta’kidlab, ushbu munosabatlar biznesning rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini aniq misollar bilan ko‘rsatdi. Bunday yondashuv kompaniyaning kelajagiga sarmoya kiritish bilan teng ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, kompaniyaning mijozlar bilan o‘zaro munosabati har bir bosqichda maksimal qulaylik, samaradorlikni ta’minlashi kerak ekanligi haqida so‘z bordi.
Alekseyning taqdimoti ishochli strategiya va hayotiy misollarni o‘z ichiga oldi. Shubhasiz, bularning barchasi ishtirokchilarga strategiyalarni amalda qanday muvaffaqiyatli qo‘llashni yaxshiroq tushuntirdi.
«Qatnashuvchilarga mijozlarning tanlovi ko‘pincha ratsional tahlilga emas, balki hissiyotlarga asoslanishini yetkazish edi. Ko‘pchilik, mijozlar qarorlarni faqat xarajat va shartlarga qarab qabul qiladi, deb o‘ylaydi, biroq bunda hissiyotlar muhim rol o‘ynaydi.
Bunday ishbilarmon auditoriya menga juda yoqdi. Berilgan savollar va ishtirokchilarning faolligi ularning mavzuga qiziqishini ko‘rsatdi. TBC Talks — ajoyib tashabbusdir. Unda har bir qiziqqan odam ishtirok etishi, tinglashi va muammolarni muhokama qilishi mumkin», — deydi Aleksey. Eslatib o‘tamiz, TBC Talks klubining o‘ziga xos jihati shundaki, u turli mamlakat va madaniyat mutaxassislarini birlashtirib, ularga o‘z bilim va tajribasi bilan almashish imkonini yaratadi.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuvning birinchi spikeri IMD biznes maktabi professori va sun’iy intellekt sohasidagi mashhur ekspert Amit Joshi bo‘lgan edi. U biznes egalari va direktorlar uchun biznes sohasidagi generativ sun’iy intellekt imkoniyatlariga bag‘ishlangan Generative AI Sprint eksklyuziv ta’lim dasturini bilan tanishtirgan edi.
Ikkinchi uchrashuvda esa Amazon Web Services sohasidagi ekspertlar — Jaba Macharashvili va Georgiy Semenixin (Gruziya) seminar o‘tgan edi.
Yangi yilda TBC Talks klubi ishtirokchilarini yanada yorqin va qiziqarli spikerlar kutmoqda.