18 декабр 2023

Depozit o'zi nima: TBC Bank bilan kafolatli daromad

Depozit o'zi nima: TBC Bank bilan kafolatli daromad

Bank omonati yoki depozit — mablag'ni ma'lum muddatga bankka qo'yish evaziga foizlar ko'rinishida haq olish demakdir. Sodda qilib aytganda, O'zbekiston banklarida omonat ochish — bu o'z mablag'ingizni saqlash va ko'paytirishning eng oddiy usuli.

 

Banklar turli: qisqa muddat uchun foizlari oz bo'lgan va uzoq muddatli katta daromad keltiruvchi depozitlarni taklif qilmoqda. Bu turli-tuman takliflar orasida aynan siz uchun a'lo darajada mos keladigan omonat turni topib olish juda muhimdir.  

 

 

O'zbekistonda mavjud omonat turlari

 

Depozit nima ekanini bilib olgach, ularning turlari va bir-biridan farqini tahlil qilishga o'tamiz.

 

  1. Talab qilib olgungacha ochiladigan depozitlar. Ushbu depozit turi omonatdan istalgan paytda pul yechib olish yoki uni to'ldirish imkonini beradi va bunda foizlar ham saqlanadi.

  2. Мuddatli depozitlar. Muddatli depozit ma'lum muddatga, masalan, bir yoki ikki yilga ochiladi. Bunda mijoz va bank o'rtasida aniq muddatli shartnoma tuziladi, bu muddat davomida mijoz muayyan miqdordagi summani depozit hisob raqamida saqlash majburiyatini, bank esa foiz bo'yicha hisoblanadigan daromadni doimiy to'lab borish majburiyatini o'z zimmasiga oladi.

  3. Jamg'arib boriladigan/maqsadli depozitlar. Bu turdagi omonatlarning o'ziga xosligi, pul mablag'ini biron bir maqsad uchun jamlab borish va sarflashdan iborat (ta'lim uchun to'lov, avtomashina, yangi xonadon xarid qilish va h.k.).

 

 

 

 

 

TBC Bank nima taklif qilmoqda?

 

TBC Bank shartlari va daromadi turlicha bo'lgan 3 turdagi depozitlarni taklif etadi. Keling, tanlovda adashmaslik uchun ularning har birini ko'rib chiqamiz.

 

 

 

 

Yillik 18 %. TBC ning talab qilib olgungacha depoziti 

 

Bu bizning yillik 18 %li eng qulay depozitimiz. Bu istalgan vaqtda foizlarni yo'qotmagan holda omonatdagi mablag'ni qisman yoki to'liq olishingiz, yohud uni to'ldirishingiz mumkin bo'lgan omonat turidir. Foizlar har oyda sizga qo'shimcha daromad keltirgani holda hisob raqamingizga avtomatik tarzda oyma-oy o'tkazib boriladi.

Bordiyu, siz uchun mablag'ingizni istalgan vaqtda idora eta olish imkoniyati muhim bo'lsa, bu taklif «xavfsizlik yostig'i»ni yaratish uchun juda mos keladi.

 

 

 

 

Yillik 25 %. TBC ning muddatli to'ldirib boriladigan depoziti

 

O'z mablag'ingizni yillik 25 % stavkasi bilan 24 oy muddatli va yillik 24 % stavkasi bilan 13 hamda 18 oy muddatli omonatga qo'yib, daromad olish uchun ajoyib imkoniyat. O'zingiz uchun qulay bo'lgan muddatni tanlasangiz bo'ldi.

Siz depozitni istalgan vaqt to'ldirib borishingiz va shu tariqa foizlarni kapitalga aylantirishingiz mumkin. Аgar foizlar omonat hisobida qoldirilsa, sizning yillik daromadingiz 25 %dan ham ortishi mumkin. Bu depozit mablag'ingizni asta-sekin ko'paytirib borish va uzoq muddatga mo'ljallangan maqsadlar ustida ishlash uchun juda mos keladi.

 

 

 

 

Yillik 27 %. TBC dan yangi muddatli depozit

 

Bu turdagi depozit eng yuqori stavkali sanaladi: 18 yoki 24 oylik omonatga yillik 27 %, shuningdek 13 oylik uchun yillik 26 % to'lanadi. Omonatni to'ldirish imkoniyati faqat omonat ochilayotgan paytda beriladi. Foizlar har kuni hisobga o'tkaziladi, foizlar to'lovi esa oyma-oy amalga oshiriladi.

Bu depozit barqaror jamg'armaga ega bo'lgan va yaqin kelajakda omonatga qo'shimcha mablag' kiritishni rejalashtirmagan mijozlarga to'g'ri keladi. O'z jamg'armasini yuqori foizli omonat turi orqali xavfsiz tarzda oshirmoqchi bo'lgan sarmoyadorlar uchun ham ushbu omonat turi g'oyatda mos keladi.

dep 2

 

 

TBC Bank ning barcha depozitlarini birlashtiruvchi jihat nima?

 

  1. Pullaringiz xavfsizligi: O'zbekistonda barcha depozit turlari Fuqarolarning omonatlarini kafolatlash Davlat fondi tomonidan sug' Bu, sizning mablag'ingiz har qanday holatda ham o'zingizga qaytariladi, deganidir.

 

  1. Yoqimli bonuslar manbai: siz TBC Bank da depozit ochar ekansiz, pullaringiz foizlar hisobiga ko'payishni boshlaydi, bankdagi omonatingiz esa qo'shimcha daromad vositasiga aylanadi.

 

  1. Foydalanish oson: TBC Bank da depozit ochish va uni boshqarish juda oson — barcha jarayonlar TBC UZ ilovasida bir-ikki daqiqada bajariladi.

Pullaringizni aql bilan boshqarishni o'rganing! TBC Bank depozitlari sizga jamg'armalaringizni saqlash va ko'paytirishda yordam beradi. Sizning omonatingiz ishonchli tarzda himoyalangan va barqaror daromad keltirmoqda. Аftidan, bu moliyaviy maqsadlarga erishishning eng oddiy usulidir.

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish
Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 14 май 2024

Qalloblar sizni yana qanday aldash mumkinligini oʻylab topishdi

Oʻqish