Depozit o'zi nima: TBC Bank bilan kafolatli daromad
Bank omonati yoki depozit — mablag'ni ma'lum muddatga bankka qo'yish evaziga foizlar ko'rinishida haq olish demakdir. Sodda qilib aytganda, O'zbekiston banklarida omonat ochish — bu o'z mablag'ingizni saqlash va ko'paytirishning eng oddiy usuli.
Banklar turli: qisqa muddat uchun foizlari oz bo'lgan va uzoq muddatli katta daromad keltiruvchi depozitlarni taklif qilmoqda. Bu turli-tuman takliflar orasida aynan siz uchun a'lo darajada mos keladigan omonat turni topib olish juda muhimdir.
Depozit nima ekanini bilib olgach, ularning turlari va bir-biridan farqini tahlil qilishga o'tamiz.
TBC Bank nima taklif qilmoqda?
TBC Bank shartlari va daromadi turlicha bo'lgan 3 turdagi depozitlarni taklif etadi. Keling, tanlovda adashmaslik uchun ularning har birini ko'rib chiqamiz.
Bu bizning yillik 18 %li eng qulay depozitimiz. Bu istalgan vaqtda foizlarni yo'qotmagan holda omonatdagi mablag'ni qisman yoki to'liq olishingiz, yohud uni to'ldirishingiz mumkin bo'lgan omonat turidir. Foizlar har oyda sizga qo'shimcha daromad keltirgani holda hisob raqamingizga avtomatik tarzda oyma-oy o'tkazib boriladi.
Bordiyu, siz uchun mablag'ingizni istalgan vaqtda idora eta olish imkoniyati muhim bo'lsa, bu taklif «xavfsizlik yostig'i»ni yaratish uchun juda mos keladi.
O'z mablag'ingizni yillik 25 % stavkasi bilan 24 oy muddatli va yillik 24 % stavkasi bilan 13 hamda 18 oy muddatli omonatga qo'yib, daromad olish uchun ajoyib imkoniyat. O'zingiz uchun qulay bo'lgan muddatni tanlasangiz bo'ldi.
Siz depozitni istalgan vaqt to'ldirib borishingiz va shu tariqa foizlarni kapitalga aylantirishingiz mumkin. Аgar foizlar omonat hisobida qoldirilsa, sizning yillik daromadingiz 25 %dan ham ortishi mumkin. Bu depozit mablag'ingizni asta-sekin ko'paytirib borish va uzoq muddatga mo'ljallangan maqsadlar ustida ishlash uchun juda mos keladi.
Bu turdagi depozit eng yuqori stavkali sanaladi: 18 yoki 24 oylik omonatga yillik 27 %, shuningdek 13 oylik uchun yillik 26 % to'lanadi. Omonatni to'ldirish imkoniyati faqat omonat ochilayotgan paytda beriladi. Foizlar har kuni hisobga o'tkaziladi, foizlar to'lovi esa oyma-oy amalga oshiriladi.
Bu depozit barqaror jamg'armaga ega bo'lgan va yaqin kelajakda omonatga qo'shimcha mablag' kiritishni rejalashtirmagan mijozlarga to'g'ri keladi. O'z jamg'armasini yuqori foizli omonat turi orqali xavfsiz tarzda oshirmoqchi bo'lgan sarmoyadorlar uchun ham ushbu omonat turi g'oyatda mos keladi.
Pullaringizni aql bilan boshqarishni o'rganing! TBC Bank depozitlari sizga jamg'armalaringizni saqlash va ko'paytirishda yordam beradi. Sizning omonatingiz ishonchli tarzda himoyalangan va barqaror daromad keltirmoqda. Аftidan, bu moliyaviy maqsadlarga erishishning eng oddiy usulidir.