06 декабр 2023

Qayta bog'lanish madaniyati va kommunikatsiya vositalari: TBC Group Uzbekistan xodimlari uchun tashkil etilgan trening qanday o'tdi?

O'zingiz egallagan kommunikatsion ko'nikmalar samarali ekaniga ishonchingiz komilmi? Siz axborotni to'g'ri yetkazgan holda istalgan natijalarga erisha olasizmi? Bu ko'nikmalar har qanday biznes-jarayon muvaffaqiyati uchun qanchalik darajada kerakli ekanini bilasizmi? Bu savollar hamma va har birimiz uchun dolzarbdir. 29–30-noyabr kunlari TBC Group Uzbekistan xodimlari uchun tashkil etilgan trening xuddi shu savollarga bag'ishlandi. Uni Mind GYM, ILM ning sertifikatli treneri, professional kouch Svetlana Baygalieva olib bordi.

 

 

 

 

Kommunikatsiyalarda KISS printsipi

 

Svetlana trening doirasida kommunikatsiya vositalarining soddaligi masalasi o'ta dolzarbligini alohida ta'kidladi:

«Аlohida e'tiborga molik jihatlardan biri foydalaniladigan so'zlarning soddaligidir. Bu borada KISS — Keep It Short and Simple (qisqa va oddiy bajar) texnikasi yaxshi ish beradi. Muloqotda oddiy so'zlardan foydalanib, qisqa va lo'nda so'zlash lozim. Oddiy so'zlar deganda, suhbatdoshingizga tushunarli bo'lgan terminlar ham nazarda tutiladi».

 

 

 

 

Qayta bog'lanishning ahamiyati

 

Kouchning so'zlariga ko'ra, qayta bog'lanish hal qiluvchi ahamiyatga ega: «Qayta bog'lanish deganda biz, pirovardda bizning yondoshuvimizda nimanidir o'zgartiruvchi fikr va axborot almashinuvini nazarda tutamiz. Bu nimalar qilayotganimiz va nimalarni nazardan qochirganimizni anglashimizda juda muhim. Biz bu bilan xatti-harakatlarimizning ish sifati va natijasi, jamoadagi muhitga qanday ta'sir qilayotganini bilib olamiz.

 

Qayta bog'lanish xatolar yoki muvaffaqiyatlarni ko'rsatish bilangina cheklanmaydi. Bu jarayon erishilgan yutuqlarni yanada yaxshilash, ularni boy bermaslik va e'tirof etish bo'yicha tavsiyalarni ham o'z ichiga oladi. Samarali qayta bog'lanish jamoada o'zaro ishonch va ochiqlikni paydo qiladi. Foydali ko'nikmalarni rivojlantirish va umumiy ishlab chiqarishni yaxshilashga xizmat qiladi».

 

 

 

 

Kommunikatsion to'siqlar va DISC

 

Kommunikatsion to'siqlar haqida Svetlana quyidagilarni so'zlab berdi: «Аxborotni yetkazish yoki uni qabul qilishda har bir odamga aynan nima xalaqit berishini bilib olish kerak. Bular kommunikatsion to'siqlardir. Bu o'rinda biz DISC-aniqlagich kabi vositadan foydalanishimiz mumkin. U shaxsning toifasi va qaror qabul qilishda, kommunikatsiya borasidagi o'ziga xos xususiyatlarini tushunishga yordam beradi. Biz odamlar axborotni qanday qabul qilayotganini va uni qanday ko'rinishda yetkazish afzalroq ekanini bilib olamiz».

komm 2

Shundan keyin Svetlana DISC modeli (soddalashtirilgan variant)ga muvofiq va o'zidagi xususiyatlardan kelib chiqqan holda qanday qilib kommunikativ munosabatlarni o'rnatishni tushuntirdi:

 

D (Dominance): D toifa odamlar — Dominant, ular hamkorlik va odamlarni eshita bilish tomonga «siljishlari» kerak bo'ladi.

 

I (Influence): I toifa odamlar — Inflyuens, ular aniq-ravshan fikrlashni o'rganishlari kerak.

 

S (Steadiness): S toifa odamlar — Barqarorlik, ular o'z fikrlarini aniq ifodalash ko'nikmasini o'zlashtirishlari zarur.

 

C (Conscientiousness): C toifa odamlar — Moslashuvchan, ular kommunikativ ko'nikmalarni rivojlantirishi, masalan, small talk (erkin mavzularda «oliynasablarcha» suhbatlar olib borish)ga o'rganishi kerak.

komm 3

 

 

Kommunikatsiya uslublari va madaniy xususiyatlari

 

Trening davomida Svetlana Baygalieva kommunikatsiya uslublariga turli omillarning ta'siri haqida gapirdi. Kouch bu uslublar insonning shaxsiy fe'l-atvori, madaniy dunyosi va muayyan vaziyatga ko'ra bir-biridan keskin farqlanishi mumkinigini taʼkidlab o'tdi.

 

Har bir inson noyob shaxsiy xususiyatlarga ega bo'lib, muloqot chog'ida aynan ular dialog uslubini belgilaydi. Masalan, ekstravertlar ochiq va qizg'in muloqotni afzal bilsalar, introvertlar esa chegaradan chiqilmaydigan kommunikatsiya shakllarida muloqot qilishga intiladilar.

 

Korporativ madaniyat jamoadagi muloqot uslubi va o'zini tutish me'yorlariga ta'sir qiladi. Аyrim madaniyatlarda to'g'ridan-to'g'ri muloqot me'yor o'rnida qabul qilingan, bir vaqtning o'zida boshqa madaniyatlarda esa munosabatlarni qurishga bilvosita yondoshuv va uyg'unlikni saqlab qolish ko'proq qadrlanadi.

 

Kommunikatsiya uslubi vaziyatga qarab o'zgarishi mumkin. Masalan, rasmiy ishbilarmonlik uchrashuvida rasmiyatchilikka asoslangan muloqot uslubi talab etilsa, norasmiy suhbat anchagina erkin va shaxsga yo'naltirilgan yondoshuvni taqazo etadi.

komm 4

Eslatib o'tamiz, bu TBC Group Uzbekistan da doimiy tarzda bo'lib o'tadigan ko'plab treninglardan biri bo'ldi, chunki xodimlarni har tomonlama o'stirish va rivojlantirish tamoyili kompaniya qadriyatlarining negizidir.

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish
Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 14 май 2024

Qalloblar sizni yana qanday aldash mumkinligini oʻylab topishdi

Oʻqish