01 декабр 2023

TBC Bank Uzbekistan vakili Shohruh Yo'ldoshev tadbirkor ayollar bilan muvaffaqiyatli mijozlik tajribasini qurishga oid keyslar bilan o'rtoqlashdi

26-noyabr kuni, TEAM universiteti va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamkorligida tashkil etilgan Moving Up dasturi doirasida ommaviy muhokama bo'lib o'tdi. Unda TBC Bank Uzbekistan mijozlar servisi bo'limi boshlig'i Shohruh Yo'ldoshev ham ishtirok etdi va muvaffaqiyatli mijozlik tajribasini yaratishning eng muhim keyslari haqida so'zlab berdi.

 

Shohruh birinchi navbatda muqarrar vertikal strukturaviy tuzilma mavjud bo'lmagan muhitni yaratish muhim ekanini ta'kidladi. Qat'iy ierarxiya asosidagi tashkilotlarda ko'pincha yuzaga keladigan axborotning buzib uzatilish holati biznes-jarayonlarga halaqit beradi.  

 

«Bizning bankimizda, xuddi Payme da bo'lgani kabi vertikal strukturaviy tuzilma mavjud emas. Bu har qanday muvaffaqiyatli sanalgan biznes-jarayonni qurishda o'ta muhim hisoblanadi. Har bir xodim to'g'ridan-to'g'ri rahbariyatga erkin murojaat qilishi mumkin. Bu nafaqat yangi g'oyalar almashinuvi va muammolarni real vaqt rejimida hal etishga imkon beradi, balki jamoada o'zaro ishonch va hamkorlikka intilishni kuchaytirishga xizmat qiladi. Biz jamoamizning har bir a'zosi o'zini qadrli ekanini anglashi va kompaniyamiz taraqqiyotiga o'z hissasini qo'shishga intilishi uchun «ochiq eshiklar» tamoyiliga amal qilamiz. Bunday yondoshuv bizning yanada moslashuvchan bo'lish va mijozlarimiz ehtiyojlarini ko'proq qondirish yo'nalishidagi sa'y-harakatlarimizni unumli qiladi».

 

Yo'ldoshev o'z nutqidа Customer Journey Map (mijoz yo'l xaritasi) ning ahamiyati haqida alohida to'xtalib, uning biznes-jarayonlarni mijozlarning haqiqiy ehtiyojlariga mos ravishda sozlash vositasi ekanini ta'kidladi:

«Mijozni tushunish tahlildan boshlanadi. Hammasini bilib oldik degan xayolda erishilgan bosqichda to'xtab qolmaslik lozim. Dunyo har kuni o'zgarmoqda, bu o'zgarishlardan doimiy ravishda boxabar bo'lish darkor. Mijozlar bilan muloqot qiling, ularning fikrlariga qiziqing, o'zlarini tutishlariga e'tibor bering. Ularning sizning servislaringizdagi yo'li qay darajada samarali ekanini — birinchi murojaatdan boshlab to kelishuv yakuniga yetgunicha shaxsan kuzatib borishingiz juda muhim. Customer Journey Map — bu shunchaki nazariy kontseptsiya emas, bu butun jarayonni mijoz ko'zi bilan ko'rish imkonini beradigan va uning tajribasini yaxshilash uchun uning yo'lini optimallashtirishga xizmat qiladigan amaliy vositadir».

TBC Bank Uzbekistan mijozlar servisi bo'limi rahbari malakali xodimlarga munosib ish haqi va qo'shimcha bonuslar taqdim etish muhim ekanligini ham alohida ta'kidladi. Bu ularni natijalarga ruhlantirish va ishda saqlab qolishga yordam beradi. Shuningdek u korporativ madaniyat dolzarb masala ekanini ham eslatib o'tdi.

cases 2

«Har bir xodim o'z qadr-qimmatini his etadigan va kasbiy o'sish uchun istiqbollarni ko'ra oladigan madaniy muhitni yaratish juda muhim. Biz TBC Bank Uzbekistan va Payme da xodimlarning umumjamoa yutuqlariga hissa qo'shgan holda kompaniya bilan tengma-teng o'sishlarini ta'minlashga intilamiz. Biz barcha bayramlarni, u Hayit yoki Pasxa bo'ladimi, birgalikda nishonlaymiz. Biz o'zining xos madaniyatiga ega jamoani shakllantirganmiz».

 

Bundan tashqari, Yo'ldoshev mijozlarga tezkor xizmat ko'rsatishning ahamiyati haqida ham alohida to'xtaldi:

 

«Zamonaviy dunyoda mijozlarning so'rovlariga javob qaytarish tezligi hal qiluvchi rolga ega. Biz «shu yerda va shu tobda» degan tamoyilga amal qilgan holda mijozlarga o'z masalalarini 24/7 rejimida hal qilish imkonini taqdim etganmiz. Аgar siz juma kuni tunda so'rovnoma jo'natsangiz, u shu zahotiyoq o'z yechimini topadi, hech kim sizga dushanbagacha kuting, deb aytmaydi».

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish
Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 14 май 2024

Qalloblar sizni yana qanday aldash mumkinligini oʻylab topishdi

Oʻqish