23 ноябр 2023

Yangi yil arafasidagi xaridlarga qanday tayyorlanish kerak?

Mavsumiy arzonlashtirilgan sotuvlar yaqinlashgani sayin ko'pchiligimizda bor jamg'armamizni uzoq kutilgan xaridlar uchun sarflash istagi ustunlik qila boshlaydi. Biroq, agar oldindan ayrim tayyorgarchiliklar ko'rilsa, bayramoldi mavsumi yanada ko'ngilliroq o'tadi. Mana sizga asqotishi mumkin bo'lgan bir nechta foydali maslahatlar.

 

 

 

Аvvaldan rejalashtiring

 

Xaridlar uchun otlanishdan oldin mablag'ingiz cho'g'ini chamalab ko'ring. Bu sizni ortiqcha xarajatlardan saqlaydi va mablag'ingizning ma'lum qismini tejashga yordam beradi. Аgar qanday mahsulotlar aynan shu tobda siz uchun zarur ekanini hoziroq o'zingiz uchun belgilab olsangiz, bu siz uchun yanada yaxshi! Shunda shoshilib biron keraksiz narsani xarid qilishdan saqlangan bo'lasiz.

 

 

 

Chegirmalar va aktsiyalarni kuzatib boring

 

Yangi yiloldi mavsumida, ya'ni, aynan noyabr oyi oxiridan boshlab deyarli barcha do'konlarda maxsus aktsiyalar va narxlarni arzonlashtirish boshlanadi. Kerakli mahsulotlarni aniq belgilab olsangiz, ularning narxi arzonlashishini kuzatib borishingiz oson bo'ladi.

 

 

 

Jamg'armangizni sarflash o'rniga TBC Кредит dan foydalaning

 

Unutmang-ki, sizning moliyaviy barqarorligingiz kelasi yildagi hayotingiz uchun ham muhimdir.

 

Jamg'arib qo'ygan pulingizni ishlatish o'rniga, yaxshisi, TBC Kredit xizmatidan foydalaning va o'z mablag'ingizni kelajak uchun asrab qo'ying. TBC Bank 23-noyabrdan 26-noyabrgacha chegirma kunlarini e'lon qiladi! Siz foiz stavkasi 20 %gacha arzonlashtirilgan kreditni olishingiz mumkin. Bu 50 000 000 gacha mablag'ni rasmiylashtirish uchun juda foydali fursatdir.

 

TBC Kredit bilan siz moliyaviy masalalar haqida o'ylamasdan, bayramni ko'ngilli qarshi olasiz. Onlayn tarzda qulay rasmiylashtirish imkoni, shartlarning ozligi va tezkor yechim bayram  kunlaringizni tashvishlardan xoli qiladi.

 

Batafsil ma'lumotlar bu yerda.

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish
Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 14 май 2024

Qalloblar sizni yana qanday aldash mumkinligini oʻylab topishdi

Oʻqish