16 ноябр 2023

TBC Bank Uzbekistan Amcham xayriya balida O'zbekiston diasporalari haqidagi loyihasi uchun mukofot oldi

14-noyabr kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida AmCham Uzbekistan (Amerika Savdo palatasi) tomonidan tashkil etilgan har yilgi xayriya bali bo'lib o'tdi. Tadbirdan ko'zlangan maqsad Ezgu Amal jamg'armasining eng muhim missiyasi — saraton kasalligiga chalingan bolalarga yordam berishdan iborat edi.

 

Kecha avvalida tadbir mehmonlariga kichik, ammo jasur qahramonlarning hikoyalarini ehtiyotkorlik bilan va ta'sirchan tarzda bayon etgan hayajonli 3D proyeksiya taqdim etildi. Kechaning asosiy voqeasi O'zbekistonda o'tgan yil davomida kompaniyalar o'rtasida amalga oshirilgan CSR-loyihalari uchun taqdirlash marosimi bo'ldi. TBC Bank Uzbekistan Repost.uz axborot nashri bilan hamkorlikda amalga oshirilgan "Barchasi o'zimizniki" ijtimoiy media loyihasi uchun mukofot oldi. Loyiha biz bilan yuzlab, hatto minglab yillar davomida yashab kelayotgan millatlarning o'ziga xos madaniy kodini ochib berib, bizni O'zbekiston etnik diasporalari bilan tanishtiradi.

amcham 2
amcham 3
amcham 4

"Barchasi o'zimizniki" loyihasidan tashqari, balda ishtirok etgan kompaniyalar tomonidan amalga oshirilgan ko'plab ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarga, masalan, diabetga chalingan bolalar uchun yozgi bolalar rivojlanish lageri, tog'larda chiqindi yig'ish loyihasi, bolalar uchun IT o'quv dasturlari va boshqa loyihalarga ham mukofotlar taqdim etildi.

 

Yig'ilganlar mehr-oqibat va o'zaro yordam chegara bilmasligiga yana bir bor amin bo'lishdi. Bunday muhim tadbirni tashkil etgani uchun AmCham Uzbekistan va qo'llab-quvvatlashi bilan bu dunyoni biroz yaxshiroq qiladigan har bir ishtirokchiga tashakkur bildiramiz. 

amcham 5

1997-yilda O'zbekistonda tashkil etilgan AmCham asosan AQSh, Yevropa va Markaziy Osiyodagi xorijiy kompaniyalarni birlashtirgan tadbirkorlar va tashkilotlarning ixtiyoriy mustaqil uyushmasi hisoblanadi. AmCham biznes va siyosatchilar o'rtasida muammolarni muhokama qilish va konstruktiv yechimlarni topish, a'zo kompaniyalarning iqtisodiy manfaatlarini ilgari surish, O'zbekistonda qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishga ko'maklashish, O'zbekiston va AQSh hukumatlari o‘rtasida doimiy dialogni davom ettirish uchun o'ziga xos forum boʻlib xizmat qiladi.

amcham 6

O'tgan yili Amcham xayriya balida TBC Bank Uzbekistan O'zbekiston bezaklarining ochiq raqamli katalogini yaratishga qaratilgan TBC Ornaments ijtimoiy loyihasi uchun taqdirlangan edi. Loyiha ishtirokchilari respublikaning shahar va tumanlariga, milliy muzeylarga, madaniyat markazlariga, amaliy san'at ustaxonalariga tashrif buyurib, bosqichma-bosqich ma'lumot to'playdilar.

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish
Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 14 май 2024

Qalloblar sizni yana qanday aldash mumkinligini oʻylab topishdi

Oʻqish