1-noyabrda TBC Talks klubi ishtirokchilarining navbatdagi uchrashuvi bo'lib o'tdi. TBC Bank Uzbekistan tomonidan tashkillangan ushbu tadbir doirasida Amazon Web Services sohasida gruziyalik ekspertlar — Jaba Macharashvili va Georgiy Semenixin chiqish qildilar. Uchrashuvdan maqsad — bulutli texnologiyalar hamda AWS-akkauntlar boshqaruvi sohasida bilim va ko'nikmalar ko'lamini oshirish edi.
Jaba Macharashvili Space Internation kompaniyasida Bulutli tizimlarni yaratish va ekspluatatsiya qilish markazi rahbaridir. Bu kompaniya innovatsion Fintech-platforma hisoblanadi va TBC UZ ilovasi aynan shu platformada ishlaydi. J. Macharashvili axborot texnologiyalari sohasida 15 yillik tajribaga ega bo'lib, keyingi 7 yil davomida AWS bulutli platformasida ishlab kelmoqda. Uchrashuvda u AWS-akkauntlardan foydalanishning ahamiyatli jihatlari borasida o'z bilimlari bilin o'rtoqlashdi va bu bulutli servislar bilan ishlash xavfsizligi va samardorligini oshirishini tushuntirib o'tdi.
«Amazon Web Services singari bulutli texnologiyalardan foydalanish biznes-jarayonlarni optimallashtirishda asosiy vositadir. Bunda muvafaqiyatga erishish ushbu texnologiyalarni qay darajada to'g'ri sozlash va qo'llay bilishga bog'liq bo'ladi. Umid qilamanki, bugun bu yerda men siz bilan bo'lishgan bilimlar TBC Talks ishtirokchilari faoliyatida qo'l keladi va yaqin kelajakda ular tomonidan ro'yobga chiqariladi», — deya izohladi o'z chiqishini Jaba Macharashvili.
Georgiy Semenixin Space International kompaniyasining DevOps-muhandisi sifatida tashkiliy jarayonlar auditining muhim jihatlari, shuningdek AWS-akkauntlar guruhidan foydalanishning asosiy afzalliklari haqida so'zlab berdi. Biznes-jarayonlarni optimallashtirish sohasiga oid bo'lgan va eng maqbul amaliyotlar hamda ilg'or texnologiyalardan foydalanish asosida jamlangan bilim va tajribasi bilan o'rtoqlashdi. Shuningdek, notiq klub ishtirokchilari e'tiboriga tashkiliy miqyosidagi to'lovlarning afzalliklari haqida ma'lumotlarni taqdim etar ekan, ularning sarf-xarajatlarni nazorat qilish va prognozlashga yordam berishini alohida ta'kidladi.
«Аnglash joizki, AWS-akkauntlar yordamida biznes-jarayonlarni optimallashtirish ish samardorligini oshirish, ma'lumotlar xavfsizligini kafolatlashga yordam beradi va resurslardan unumli foydalanishni ta'minlash orqali kompaniyaning innovatsion taraqqiy etishiga xizmat qiladi», — dedi o'z so'zida Georgiy Semenixin.
Vorkshop davomida TBC Talks klubi ishtirokchilari AWS orqali kiritilgan bir nechta qaydlarni sozlash va ulardan samarali foydalanishni o'rgandilar. AWS doirasida ma'lumotlarni, hisob-kitob qaydlarini va limitlarni taqsimlash uslublarini, shuningdek bunday yondoshuv keltiradigan afzalliklarni atroflicha tahlil qildilar.
Amazon Web Services (AWS) — dunyo bo'ylab eng keng tarqalgan va nihoyatda ko'lamdor imkoniyatlar taqdim etuvchi bulutli tizim bo'lib, butun dunyodagi ma'lumotlarga ishlov berish markazlari uchun 200 dan ortiq to'liq funktsiyali servislarni taklif etadi.
«TBC Talks klubining eng asosiy o'ziga xos jihatlaridan biri shuki, u turli mamlakatlar va madaniyatlarga oid ekspertlarni birlashtirgan holda ularning o'zaro bilim va tajriba almashinuvi, kasbiy ko'nikmalarni rivojlantirishi uchun imkon beradi.
Klubning dastlabki uchrashuviga IMD biznes-maktabi professori, sun'iy intellekt sohasida dunyo tan olgan ekspert Аmit Joshini taklif etgan edik. Endi esa biz bulutli texnologiyalar sohasida yetakchi sanalgan gruziyalik ekspertlarni taklif qildik. Kelgusida TBC Talks klubi ishtirokchilarini ko'pchilikda qiziqish uyg'otishi kutilayotgan yana bir xalqaro maqomdagi spiker bilan uchrashuv kutmoqda», — deydi TBC Bank Uzbekistan va Payme Kuzatuv kengashi raisi Nika Kurdiani.
TBC Talks — TBC Bank Uzbekistan tomonidan muvaffaqiyatli netvorking uchun tashkil etilgan platforma. Uning maqsadi — O'zbekiston biznes-hamjamiyatini turli tarmoqlar bo'yicha dunyoda yetakchi hisoblangan ekspertlar bilan tanishtirish. Shuningdek, xalqaro tajribalarni o'rtoqlashish imkonini beruvchi katta birlashmani yaratishdir.
TBC Talks klubi uchrashuvlari biznes sohasidagi dolzarb tarmoqlarni muhokama etish uchun kerakli va ahamiyatli tadbir sifatida o'zini namoyon etib ulgurdi.