25 октябр 2023

Innovatsiyalar, yagona ekotizim va Payme kelajagi: TBC Bank ning Tbilisidagi bosh ofisiga media-tur yakunlari

TBC Bank Uzbekistan va Payme 2023-yilning oktyabr oyida jurnalistlar uchun Gruziyaga press-tur uyushtirdilar. Mehmonlar Gruziyaning bank yuritish borasidagi merosi bilan tanishdilar, keng va muhtasham TBC Concept maydonida namoyish etilgan ilg'or innovatsiyalarni tomosha qildilar, shuningdek TBC Bank Uzbekistan va Payme to'lov tizimining Oʼzbekistonda kelgusidagi istiqboli haqida bilib oldilar.

 

 

 

 

Ishonchga qurilgan uzun tarix

 

Gruziyada yangi texnologiyalar ko'plab ehtiyojlarni, jumladan bank amaliyotlariga bo'lgan ehtiyojlarni ham qondirishi mumkinligini anglab yetishganiga ancha bo'lgan, ishonch esa yillar davomida shakllangan. TBC Bank 30 yillik faoliyati davomida uning xizmatlari mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga egaligini, eng asosiysi — insonlar hayotini osonlashtirishi mumkinligini amalda isbotladi. Bu raqamlarda ham o'z aksini topmoqda. Bugungi kunda ushbu bank Gruziyaning 80 foiz aholisiga xizmat ko'rsatmoqda.

 

TBC Bank ning O'zbekistonda ish boshlaganiga nisbatan ko'p bo'lgani yo'q: 2020-yilda bank faoliyatini yuritish uchun litsenziya olindi va 2021-yilda bankning Toshkentdagi birinchi shourumi ochildi.

 

TBC Bank xizmatlarni dijital-formatda taqdim etuvchi mamlakatimizdagi birinchi bank bo'lgani holda mijozlari safini o'z vaqtini qadrlaydigan, navbatlarda turish va son-sanoqsiz hujjat shakllarini to'ldirishni talab etilmaydigan bank xizmatlaridan foydalanishga intiladigan insonlar hisobiga kengaytirdi. Mijoz bank tomonidan taqdim etilayotgan servis xizmatlari orqali o'zining kundalik moliyaviy ehtiyojlarini unumli tashkillashtirgan holda o'z hayotini istaganicha rejalashtira oladi. Bu, shak-shubhasiz, zamonamiz sharofati bo'lib, bunday qulaylikka insonlar ko'p yillar davomida intilganlar.

 

Joriy yilning may oyida TBC Group Payme ni to'lig'icha sotib oldi, ushbu to'lov servisi 2019-yildan buyon ekotizimning bir qismi hisoblanadi. Bugungi kunga kelib, Payme da ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar 10 milliondan ortdi. Bank va to'lov tizimi mijozlar uchun dijital-mahsulotlar orqali qulayliklar yaratishda birgalikda tajriba orttirgan holda foydalanuvchilarning brendga nisbatan sadoqatli va mehrini tobora oshirib bormoqda.  

tour 2

TBC Bank falsafasi — insonlar hayotini osonlashtirish, ya'ni mijozlarga sifatli bank xizmatlarini taqdim etish, shu bilan birga bu xizmatlarni tez, qulay va katta auditoriya uchun ochiq tarzda tashkillashtirishdan iborat. TBC Bank Uzbekistan va Payme Kuzatuv kengashi raisi Nika Kurdiani ekotizim taraqqiyoti naqadar muhim ekanini alohida ta'kidladi. Uning qayd etishicha, bu taraqqiyot mijozlarga tobora kengroq xizmat turlarini taqdim qilish bo'lib, bunda asosiy g'oya mijozlarning barcha xizmatlardan bitta tizimda foydalana olishini tashkil etishdan iborat. Gruziyada xuddi shunday tizimni yaratish uchun tashkilotchilarga o'ttiz yil kerak bo'lgandi.

 

Darvoqe, bir tizimga oidlik deyarli yaqqol bo'lmagan faktlarda ham kuzatilmoqda — masalan, TBC Bank Uzbekistan ning Humo kartasi sohiblari Gruziyadan turib o'z xaridlariga to'lov qilish yoki kartadagi mablag'ni bankomat orqali gruzin larisi yoki АQSh dollariga naqdlashlari mumkin. Demak, o'zbekistonliklarga Gruziyada valyuta almashtirish shaxobchasini izlab yurish yoki xalqaro to'lov kartasini rasmiylashtirish shart bo'lmaydi.

 

 

 

 

Merosni e'zozlab

 

TBC Group uchun tarixiy meros masalasi ham juda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Bankning bosh ofisi binosi 1913-yildan beri turli maqsadlarda foydalanilgan. 1934-yilgacha Tbilisi univermagi bo'lgan bu binoga 2000-yildan TBC Bank egalik qila boshladi, 2005-yilga kelib esa u tijorat bankining bosh ofisiga aylandi. TBC binoda keng ko'lamli rekonstruktsiya ishlarini amalga oshirdi, lekin bu joyning qadr-qimmatiga daxl qilinmadi, ya'ni TBC Concept nomli multifunktsional maydoncha saqlab qolindi.  

 

TBC Concept da bank, kovorking, ofis binosi va art-maydoncha mujassam bo'lib, bu yerda mahalliy rassomlar ko'rgazmasini tomosha qilish yoki shunchaki qahvaxonada yaratilgan shinamlikdan bahramand bo'lish mumkin.

tour 3

«Biz madaniy merosimizni qadrlaymiz va ushbu bino Gruziya uchun katta qadr-qimmatga ega, shu bois biz uni o'z mijozlarimiz uchun iloji boricha ochiqroq qilishga intilganmiz. Binoning umumiy maydoni 2400 kv.m, bu bizga uning sahnida turli maydonchalar — kovorking, mahalliy rassomlar bilan kollaboratsiya mahsuli bo'lgan noyob kollektsiyalar uchun uchta namoyish zali, ayvon va bog'chali qahvaxona, banking uchun shaxsiy joy, kutubxona va konferents-xoll tashkil etish imkonini berdi.

Muhim bir jihat: mavjud maydonning 20 foizigina banking uchun, qolgan 80 foizi esa — layfstayl uchun ajratilgan. Bu ilg'or va yangi g'oya. Uni ro'yobga chiqarish orqali biz bankingdan ham kengroq tushunchani yaratish, qiziqishlari, kasbi va hayotiy tamoyillari turlicha bo'lgan insonlar uchun yana bir qadriyatni taqdim etishni istadik. Bu yerda ayrim xizmatlar mutalqo bepul, ayrimlari esa — katta chegirma bilan ko'rsatiladi. Binoning asosiy vazifasi uning moliyaviy tranzaktsiyalar joyi ekanligi albatta, biroq, u shuningdek mijozlarimizning ehtiyojlari uchun ham xizmat qiladi», — deydi TBC Group marketing bo'limi rahbari Maryam Tavberidze.

tour 4

Bugungi kunda TBC Group umumiy mijozlari bazasi 39 mln nafarga yetdi. Ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar soni — 15,9 mln. O'zbekiston va Gruziyada bank xizmatlaridan har oyida 5 mln fuqaro foydalanadi. Ularning orasida faol foydalanuvchilar soni O'zbekistonning o'zida — 3,5 mln nafar, ro'yxatdan o'tganlar soni esa 12,9 mln nafar.

 

 

 

 

Payme kelajagi

 

Shu yilning may oyida TBC Group Payme ni to'lig'icha sotib oldi, ushbu to'lov servisi 2019-yildan ekotizimning bir qismi hisoblanadi. Bugungi kunga kelib, Payme foydalanuvchilari soni 10 mln ga yetdi. Bank va ushbu to'lov tizimi mijozlarga xizmat ko'rsatishda qulaylikka asoslangan tajribani birgalikda yaratgan holda dijital-mahsulotlar orqali brendga nisbatan foydalanuvchilarning sadoqati va mehrini qozonmoqda.  

 

TBC Bank Payme brendini O'zbekistonda saqlab qolishni va ushbu to'lov tizimini rivojlantirish uchun sarmoya kiritishni reja qilgan.

 

Shu bilan birga Nika Kurdiani ayrim xizmatlar Payme tizimida ham joriy etilishini ta'kidlab o'tdi — tizim foydalanuvchilari hozirdanoq TBC Bank ilovasi orqali kredit olish imkoniyatiga egalar.

 

«O'zbekiston — madaniy qadriyatlariga ko'ra Markaziy Osiyoda bizga yaqin qardosh mamlakat hisoblanadi va uning aholisi sonini hisobga olsak rivojlanish uchun eng katta maydonlardan biri hamdir, — deydi Nika. — 2020-yilning may oyida biz Markaziy bankning litsenziyasini oldik, bu bizga TBC Bank — O'zbekistondagi birinchi raqamli bank, deyish huquqini beradi. Bozorga kirib kelganimizdan buyon oʼtgan uch yil mobaynida biz uch milliondan ortiq mijozlarning ishonchini oqlashga muvaffaq bo'ldik.

tour 5

Joriy yilda biz tomonimizdan to'liq sotib olingan Payme to'lov tizimi jadal sur'atlarda o'sib bormoqda: rasman ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilarmiz soni bugun 10 milliontani tashkil etmoqda. Tizimning o'zi esa O'zbekistonda lovemark maqomiga erishish uchun barcha imkoniyatlarga ega. Biz asosiy e'tiborni ilovaning qulay bo'lishi va uning xavfsizligini ta'minlashga qaratganmiz. Foydalanuvchilarimiz yaxshi bilishadiki, ularga tegishli ma'lumotlar barcha yo'nalishlar bo'yicha ishonchli himoyalangan. Bu vazifalarni uddalash uchun biz turli sohalar bo'yicha ekspertlarni — ham mahalliy, ham xorijiy mutaxassislarni jalb etganmiz».

 

 

 

 

Ijtimoiy loyihalar

 

CSR-faollik TBC Bank faoliyatida alohida o'rin tutadi. Bank jamiyat hayotini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy tashabbuslarni ro'yobga chiqarishda faol ishtirok etib keladi: madaniyat va san'at, ekologiya sohasiga oid loyihalarni rivojlantirishga hissa qo'shadi, shuningdek, O'zbekistondagi yugurish harakatini doimo qo'llab-quvvatlaydi. Bankning eng katta ko'lamdagi ijtimoiy loyihasi — TBC Ornaments bo'lib, uning maqsadi O'zbekistondagi amaliy san'at va xalq ijodiyotiga oid naqshlarning omma uchun ochiq bo'lgan raqamlashtirilgan batafsil katalogini yaratishdan iborat.

 

Bank yosh kreatorlarga ko'mak beradi, mahalliy illyustratorlar va rassomlar bilan kollaboratsiyada ishlaydi, mamlakatda yugurish madaniyatini ommalashtirishga hissa qo'shadi. Shuningdek, TBC Bank aholining moliyaviy savodxonligini oshirish va ekologiya masalalariga ekspertlar doirasi e'tiborini qaratishga intilib keladi.

tour 6

«Payme xususida yana bir fikr, — deya o'z so'zida davom etadi Nika, — bizning brend foydalanuvchilar hayotining ajralmas qismiga aylanib ulgurganini yaxshi tushunamiz va shuni hisobga olgan holda mamlakat hayotida mas'uliyatli ishtirokni anglatuvchi sorporate citizen kontseptsiyasini tatbiq etishga intilyapmiz. Kompaniya tomonidan amalga oshirilgan yirik ijtimoiy loyihalardan yana biri — 2022-yilda joriy etilgan Payme Mahalla platformasi hisoblanadi. Payme ning bir necha mingta foydalanuvchisi muntazam ravishda xayriya tadbirlarida ishtirok etadilar: ularning faolligi ostida maktablar uchun kompyuterlar, sport jihozlari, o'quv qurollari jamlanmalari xarid qilinadi, o'zbek tilida kitoblar chop etiladi.

 

Kompaniya ta'lim sohasini qo'llab-quvvatlaydi, insonlarga o'z qobiliyatlarini namoyon etishda ko'mak beradi — masalan, «Аyollar tadbirkorligi tarafida» nomli loyihasi doirasida ayollarning tadbirkorlikka oid g'oyalarini ilgari surish, «Poligon» va GameDev Goethe loyihalari orqali yosh iqtidorlarni kashf etish, shuningdek butun O'zbekiston bo'ylab moliyaviy savodxonlik bo'yicha mahorat-darslari o'tkazish kabi tadbirlarni tashkillaydi. WECOSMOS katta ko'lamdagi musiqa festivalida hamkor sifatida qatnashadi. Payme VISA virtual kartalari uchun o'zbekistonliklarga yoqadigan rangdor lokal jildlar yaratadi».

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish
Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 14 май 2024

Qalloblar sizni yana qanday aldash mumkinligini oʻylab topishdi

Oʻqish