7-oktyabrda beshinchi marta o'tkazilayotgan an'anaviy TAF!23 — Toshkent reklama festivali ning ochilish marosimi bo'lib o'tadi. TBC Bank Uzbekistan ushbu tadbirning rasmiy hamkori bo'lgani holda STARGAZER agentligi bilan birgalikda festivalning asosiy mavzusi — Tushunish tuyg'usiga bag'ishlangan video-manifestni tayyorladi. Videomaterialning estetikasi, obrazlari va vizual qatori orqali ijod sarhad bilmas jarayonligi, o'ziga xoslik esa — biz iroda eta oladigan eng muhim boylik ekani yaqqol aks ettirilgan.
«Bu rang-baranglikka intilishga, o'zlikni namoyon etish va botiniy qiyofani yashirmaslik borasida jasoratga undovchi chaqiruvdir. Biz har bir insonda noyob o'ziga xoslik mavjudligiga hamda har kim bu noyoblikdan faxrlanishi va uni olamga ko'rsatishi mumkinligiga ishonamiz.
Biroq, eng avvalo, biz o'zimizni va o'zgalarni tushunishga intilamiz. Sizni yuragingizni ochishga va o'z g'oyalaringiz, ijodiy uslubingiz hamda san'atga bo'lgan muhabbatingizni namoyon etishga da'vat etamiz. Hammamiz birgalikda g'oyatda ajoyib bir makonni — har bir inson o'z o'rnini topgan va butun qobiliyatini yuzaga chiqara olgan go'zal olamni yaratishga qodirmiz.
Biz sizni TAF!23 festivalida o'z safimizga taklif etamiz. Festivalda biz yangi ijodiy ufqlarni ochish va bir-birimizni ilhomlantirish uchun jam bo'lamiz» — deyishmoqda festival tashkilotchilari.
«Biznesimizda asosiy harakatlantiruvchi kuch — bu mijozlar bilan maqbul munosabatni yo'lga qo'yish, xizmatlarni to'g'ri pozitsiyalashtirish va kompaniya qadriyatlarini aks ettirish, — deydi TBC Bank Uzbekistan Boshqaruvi raisi Spartak Tetrashvili. — Biz O'zbekistonda reklama bozorining shiddatli rivojini ko'rib turibmiz hamda bunday jozibali muhitda ishlashdan mamnunmiz. Sohalarimiz, madaniyat va mamlakatimiz turlicha ekanligiga qaramay, biz o'zaro til topisha olamiz, bir-birimizni yaxshi tushunamiz. Festivalning barcha ishtirokchilariga omad tilayman!»
Tashkent Advertising Festival — an'anaviy xalqaro reklama festivali. TAF! maqsadi — brendlar taraqqiyotiga xizmat qilish, marketing va reklama sohasi mutaxassislarini birlashtirish va ularni o'qitishdan iborat. Xususan, g'oyalarni, ularning samaradorlik darajasini, shuningdek brendlarning iste'molchilarga yondoshuvini professional miqyosda solishtirish va baholash orqali marketing borasida eng yaxshi loyihalarni aniqlash hamda brendlarning muvaffaqiyatli tarzda ommalashuviga ko'maklashish hamdir.
TBC Bank Uzbekistan — O'zbekistondagi birinchi dijital-bank. Mana, uch yildirki, bank millionlab mijozlarga o'z mablag'larini innovatsion fintex-platforma yordamida ishga tushirilgan mobil ilova orqali boshqarishga ko'mak berib kelmoqda. «Odamlar hayotini osonlashtiramiz!» degan shior — TBC Bank ning asosiy tamoyili. TBC jamoasi raqamli texnologiyalarni hayotning barcha jabhalarida ilgari surgan holda, navbatlar, ofislar, qog'ozbozlik, murakkab so'rovlar va uzoq kutish onlaridan mutlaqo xoli bank xizmatini yaratmoqda.
Bundan tashqari, TBC Bank Uzbekistan jamiyatning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan ijotimoiy loyihalarda faol ishtirok etadi: madaniyat, san'at, ekologiya sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar rivojiga xizmat qilmoqda, shuningdek mamlakatdagi yugurish harakatini jonbozlik bilan qo'llab-quvvatlab kelmoqda.