31 август 2023

TBC Bank «Stihia» festivali ishtirokchilari uchun eksklyuziv liboslar va akssesuarlar taqdim etdi

Joriy yilning 31-avgustidan 2-sentyabrigacha Navoiy viloyatida «Stihia» elektron musiqa, madaniyat va ilm-fan festivali bo'lib o'tadi. TBC Bank ikkinchi bor festivalda bosh hamkor sifatida qatnashmoqda va shu munosabat bilan festival mehmonlari uchun eksklyuziv merch jamlanmasi yaratdi:

 

• Qo'shimcha real taassurot samarasini beruvchi, telefon kamerasi yo'naltirilganda esa «jonlanadigan» futbolkalar;

• Tabiiy matodan tikilgan soyabonli bosh kiyimlar;

• Fatiderm farmatsevtika kompaniyasi tomonidan TBC uchun maxsus yaratilgan quyoshdan himoyalovchi malhamlar.

Payme yoki Click ilovasidagi to'lov, xayriya bo'limiga kiriladi, yordam ko'rsatish uchun istalgan tashkilot tanlanadi.

 

O'tkazma miqdorini TBCning festivaldagi kornerida aniqlash mumkin.

merch 2
merch 3
merch 4

Bu yilgi hamkorlik strategiyasi brendni pozitsiyalashtirish va «Stihia» festivalini qo'llab-quvvatlashdan iborat. TBC Bank doim festival ishtirokchilariga yaqin bo'ladi, bu bilan odamlar o'zlarini qulay his etishlari va ma'lumotlar olishda, navigatsiya, hududda to'g'ri harakatlanish va texnika xavfsizligi borasida muammolarga duch kelmasliklari ta'minlanadi.  

 

«Biz uchun homiylik — bu faqatgina biron tashabbusni moliyalashtirish emas, balki birinchi navbatda, odamlar bilan ishlash, ularga yaqin bo'lishdir. Bu yil biz illyustratorlar, prodakshn-studiyalar, rassomlar va maslahat berish bo'yicha kreativ agentliklar bilan hamkorlik qilmoqdamiz», — deya ta'kidlaydi TBC Bank Uzbekistan ning marketing masalalari bo'yicha direktori Kamilla Mo'minova.

merch 5

TBC Bank Uzbekistan ko'plab ijtimoiy va madaniy loyihalarda faol ishirok etmoqda. Masalan — TBC Ornaments loyihasi doirasida O'zbekiston amaliy hunarmandchiligiga xos naqshlarning to'liq raqamlashtirilgan katalogi yaratilmoqda. Loyiha White Square va Reklama bo'yicha Kiev xalqaro festivali kabi marketing va reklamaga bag'ishlangan nufuzli tadbirlarning qator mukofotlariga sazovor bo'ldi, shuningdek 2023-yilgi Kann reklama festivalida namoyish etildi.

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish
Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 14 май 2024

Qalloblar sizni yana qanday aldash mumkinligini oʻylab topishdi

Oʻqish