07 август 2023

Ornaments. Vol 3. Belgilangan manzil: Qashqadaryo

Bir oy muqaddam TBC Ornaments  loyihasi uchun an'anaviy naqshlarni jamlashga bag'ishlangan uchinchi ekspeditsiya Qashqadaryoda bo'lib qaytdi. Bu haqda qisqacha yozgan edik. Ushbu yangi materialda biz safar qanday o'tgani, uning oldingi ekspeditsiyalardan farqi haqida so'z yuritamiz, loyiha qanday boshlanganini yodga olamiz va loyihadagi ichki jarayonlarga nazar tashlaymiz.

 

 

 

 

Ortga nigoh: Ornaments loyihasi qanday boshlangandi?

 

Ornaments loyihasi 2021-yilda, art-bloger va san'atshunos Sardor Boboev, TBC bank hamda Feruzxon Yoqubxo'jaev boshchiligidagi We Digital agentlik hamkorligi sharofati bilan boshlangandi. Tashabbuskorlar bir tarafdan O'zbekiston madaniy merosini asrab-avaylash va ommalashtirishni, ikkinchi tarafdan esa — zamonaviy kreativ hunarmandlar jamoasiga yordami tegadigan loyiha yaratishni maqsad qilgandilar.

 

«O'shanda men grafika yoki fashion dizaynerlar, prodakshn bilan shug'ullarnuvchi yigitlarning bizning naqshlar bilan ishlashga urinishlarini ancha payt kuzatib ulgurgan va aksariyat holatlarda bu urinishlar muvaffaqiyatsiz chiqayotganiga guvoh bo'lgandim, — deya hikoya qiladi loyiha kuratorlaridan biri Sardor Boboev. — Masalan, kimdir bino intererini "milliy kolorit"da yaratishga intilgani holda umuman bizning hududga xos bo'lmagan naqshlardan foydalanganini ko'p ko'rgandim.

 

Bu bir tarafdan — zarur ta'lim va bilimga ega bo'lmaslik oqibati bo'lsa, boshqa jihatdan — kerakli bazaning yo'qligidan edi. Dizaynerlar naqshlarni internet sahifalaridan izlaydilar, biroq naqshlar klassifikatsiya qilinmagani bois, mahalliy naqshlarni topish qiyin, hattoki ilojsizdir.

 

Bungacha san'atshunoslar va amaliy san'at bo'yicha mutaxassislar tomonidan jamlangan ma'lumotlar raqamlashtirilmagan bo'lib, ularni izlab topish uchun avvalo, qidiruv joyini bilish kerak edi. Mana shu tajribamdan kelib chiqib, biz juda bir foydali ishni amalga oshirishimiz mumkin, degan fikrga keldim».

orn2-2

Birinchi navbatda jamoaning asosi shakllantirildi, aynan shu insonlar hamon Ornaments loyihasi doirasida ishlashmoqda. Sardor Boboev va Feruzxon Yoqubxo'jaev loyihaga kuratorlik qiladigan bo'lishdi. Ekspert sifatida san'atshunoslik fanlari doktori va amaliy san'at bo'yicha ko'p yillik tajribaga ega Binafsha Nodir taklif etildi. Аziz To'xtasinov ma'lumotlarni raqamlashtirish va saytni yaratishga oid jarayonlarni boshqarmoqda. Suratkash Finat Razyapov — har bir naqshni suratga oluvchi odam sifatida tanlandi.

 

Bundan tashqari, loyihada ham TBC Bank dan, ham We Digital dan ishtirok etayotgan kishilar bor-ki, — ular odatda kadr ortida qolishadi. Bular — menejerlar va ma'murlar bo'lib, ularning sa'y-harakati bilan ekspeditsiyalar paytida kommunikatsiya, logistika va ish jarayonlari yo'lga qo'yiladi, videograflar va mobilograflar esa mana shu jarayonlarning barchasini bosqichma-bosqich yoritib boradilar, shuningdek dizaynerlar va sahifalovchilar ham loyihani yakuniy natijaga tobora yaqinlashtirmoqdalar.

 

Jamoa jamuljam bo'lgach, ekspeditsiyani rejalashtirish boshlandi. Binafsha Nodir kerakli manzillarni, hunarmandchilik markazlari va ustaxonalarni belgilashda ko'mak berdi. TBC Bank va We Digital tomonidan madaniy yodgorliklar hududida suratga olish ishlarini olib borish uchun ruxsatnoma olindi.

 

Loyiha doirasida O'zbekistonning turli chekkalariga an'anaviy naqshlarni jamlash bo'yicha ekspeditsiyalar uyushtirilmoqda. Gap shundaki, viloyatlar madaniy jihatdan bir-biridan juda farqlanishi mumkin. Bu so'zlashuv shevasida, milliy taomlarda, raqslar, va albatta, xalq amaliy san'atida ishlatiladigan naqshlar va shakllarning o'ziga xosligida namoyon bo'ladi.

 

Birinchi ekspeditsiya marshruti Toshkent, Samarqand, Urgut, Nurota, Buxoro, G'ijduvon orqali o'tdi. Mualliflar asosan to'qimachilik buyumlarini o'rgandilar va 100 ga yaqin naqshlarni jamladilar (keyinchalik bu kollektsiya yana 100 ta surat bilan yangilandi).

 

Ikkinchi sayohat Farg'ona, Marg'ilon, Rishton va Namanganda tarqalgan sopol buyumlar va naqshlarni o'rganishga bag'ishlandi. O'shanda 200 ga yaqin namunalar jamlandi.

 

Uchinchi bosqichda jamoa Qashqadaryo viloyatiga yo'l oldi, Qarshi va Shahrisabz shaharlarida bo'ldi. Bu safar ham to'qimachilik va sopol buyumlarda ishlatiladigan naqshlar to'plangan bo'lsa-da, me'moriy yodgorliklardagi bezaklarga katta e'tibor qaratilgani yangi ekspeditsiyaning o'ziga xos jihatiga aylandi.

 

 

 

 

Ichki jarayon: ish qay tartibda olib boriladi?

 

Ekspeditsiya ishtirokchilari 9-iyul kuni manzilga yetib borishdi va u yerda besh kun davomida yana yettita lokatsiyada — muzeylar, me'moriy yodgorliklar, ustaxonalarda ishlashdi. Suratkash minglab fotosuratlarni olishga ulgurdi, keyingi bosqichda ekspertlar ularning orasidan raqamlashtirish uchun keraklilarini tanlab olishadi. Rejaga ko'ra, bu safar 200 ga yaqin va undan ham ortiq naqshlar jamlandi.

 

Jamoa suratga olish joylariga kelganda, Binafsha Nodir bosh ekspert sifatida suratkashga aynan nimalarni va qanday suratga olish kerakligi yuzasidan ko'rsatmalar berdi. U muayyan hududga xos bo'lgan naqshlarni tanlab olgan holda, aynan umumiy ko'rinishdagi murakkab naqshlarning kerakli qismini — kerakli detallarni ajratib olgan holda suratga tushirishda ko'mak berdi. Suratkash bu ko'rsatmalar asosida ishga kirishdi.

orn2-3

Sayohat ma'muri suratga tushirilgan obyektlar va kadrlar sonini qayd etib bordi. Mobilograf va videograflar ish jarayonini, kurator va ekspertlarning ekspeditsiya bosqichlari haqida bergan intervyularini videotasvirlarda muhrladilar, pirovardda bu videotasvirlar Bankning ijtimoiy tarmoqlarida chop etildi. Jurnalist esa bo'layotgan barcha voqeliklarni sinchkovlik bilan kuzatgan holda ishtirokchilarga yordam berdi, mualliflarning loyiha haqidagi fikrlari va boshqa kerakli ma'lumotlarni jamlab bordi.

 

Suratga olish ishlari har kuni ertalabki 10-11 da boshlanib, kechki 5 lar atrofida yakunlandi. Ishtirokchilar bir kunda 2-3 ta manzilda ishlashning uddasidan chiqdilar. Jamoa a'zolari 40 daraja jazirama issiqda kun bo'yi ishlashganiga qaramay, hazil-mutoyiba, ko'tarinki kafiyat va ijodiy muhit hukmronlik qildi.

 

Har bir kishining vazifasi aniq belgilangan bo'lib, vaqtincha bo'sh qolgan kishilar boshqalarga ko'mak berardi. Lavozimidan qat'iy nazar jamoaning har bir a'zosi og'ir gilamning bir uchini yoki chiroqni tutib turish, texnika solingan sumkani keltirish va hokazo ishlarni hech bir ikkilanishsiz bajarib ketaverdi.

orn2-4

 

 

Fotoparkur: binolarda aks ettirilgan naqshlar qanday suratga olindi?

 

Me'moriy inshootlarga xos naqshlarni gumbazlar, minoralar, madrasalar, masdijlar va honaqohlarning mayolikali sirt qoplamalarida uchratish mumkin. Shuningdek, yog'och eshiklar va ustunlarda ham naqshlarning turfa xillarini ko'rish mumkin.

 

Bu obeyktlarning barchasini suratkashimiz Odina masjidi va madrasasi, Аbu Ubayd ibn al-Jarroh yodgorlik majmuasi, Аmir Temur Oqsaroyi xarobalari va Chubin madrasasida, shuningdek Shahrisabzdagi Chorsu maydonida oldi. Ushbu inshootlarning qisqacha tarixi bilan oldingi materialimizda tanishishingiz mumkin.

orn2-5

Ba'zan suratkashimiz Finatga kerakli naqshni ob'ektivga «tutib» olish uchun epchillik va ijodiy mahorat juda kerak bo'ldi — ko'pincha unga quyosh nurining mayolikali sirtlarda yog'du sochishi halaqit berar, binolarning o'ziga xos shakli yoki balandligi tufayli tasvir qiyshayib-buzilardi. Bu muammolar rakursni to'g'ri tanlash orqali hal etilsa-da, ayrim holatlarda muayyan naqshlardan voz ketishga to'g'ri keldi. Misol uchun, Oqsaroy xaroba devorlarida qisman saqlanib qolgan bezaklar ko'p qismi juda yuqorida joylashgan. Shu sababli bu naqshlarni aynan raqamlashtirish uchun mos formatda suratga olishning iloji bo'lmadi.

 

Hozirgi kunda qatag'on qurbonlari muzeyining filialiga aylantirilgan sobiq Odina madrasasida bino tomiga chiqib, gumbaz bezaklarini yaqindan suratga olish imkoni tug'ildi. Bu safargi suratga olish ishlari anchayin ekstremal tarzda o'tdi, deyish mumkin.

orn2-6

 

 

Naqshlarning bugungi hayoti: Kashtachilar bilan tanishuv

 

Ekspeditsiyaning eng yorqin va qizg'in voqealaridan biri hunarmand Yulduz Mamadiyorovaning ustaxonasiga qilingan tashrif bo'ldi. Bu ustaxona Chorsu binosida joylashgan. Tadbirkor ayol o'zi tug'ilib o'sgan joylarga xos bo'lgan naqshlar va «iroqi» kashta tikish uslubi unutilib ketmasligi uchun astoydil harakat qilmoqda. Shu maqsadda u 2003-yilda mahalliy hunarmand ayollarni birlashtirib, to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo'lga qo'ygandi.

orn2-7

Аyni paytda Yulduzning qo'l ostida to'rtta sex va 200 ga yaqin ishchi ayollar ishlamoqda. Uning bu tashkilotchiligi sharofati bilan juda ko'plab ayollar, jumladan yolg'iz onalar, nogiron xotin-qizlar, kam ta'minlangan oilalar vakilalari mehnat qilish va o'z-o'zini ta'minlash imkoniyatiga ega bo'lishgan.

 

Yulduz tuzgan tashkilot amaliy san'at bo'yicha o'tkaziladigan xalqaro ko'rgazmalar va festivallarda ishtirok etib keladi, xorij mamlakatlaridan ko'plab buyurtmalar oladi, lekin Mamadiyorova uchun o'z faoliyatida eng muhimi — jonajon Shahrisabzning an'anaviy naqshlari va ularni yaratish texnikasini saqlab qolish hamda katta avlod kashtachilarining tajribasini yosh avlodga o'rgatish.

 

Yulduz ekspeditsiya jamoasini o'z ustaxonasida juda iliq kutib oldi. Ishchi ayollar suratga olish ishlari uchun maxsus tayyorgarlik ko'rishgan, xona devorlari va sahni bo'ylab so'zanalar, do'ppilar, gilamlar va boshqa buyumlarni yoyib qo'yishgan edi. Odatda matolarni bunday tarzda saqlamaydilar — ularni ko'z tegishidan asrab, olib qo'yishadi. Bu yerda gilam va so'zana kabi an'anaviy buyumlardan tashqari, zamonaviy liboslar va ular uchun bezaklarni ham sayyohlar juda yaxshi ko'rishadi.

orn2-8

Bir nechta kashtachilar ustaxonaning o'rtasiga to'shalgan ko'rpachalarda o'tirgancha kashta tikishardi. Suratga olish guruhi bu holatni yorqin tasvirlarga muhrladi, Finat ekspert ko'rsatgan konkret naqshlarni suratga olish bilan band, Binafshaning o'zi esa bu paytda kun qahramoni bilan suhbatlashar edi. Yulduz o'z tarixi, kashtachilar va bu hunar haqida zavq-shavq bilan so'zlab berdi. Uning hikoyasi bayoni keyingi maqolamizda beriladi.

 

Аytish joizki, san'atshunos Binafsha ko'plab hunarmandlar va muzeylar xodimlarini yaxshi taniydi, chunki u o'zining tadqiqotchilik loyihalari doirasida O'zbekistonning ko'plab hududlarida bo'lgan. Binafshani yaxshi tanigan ustalar o'z ishlarini bajonudil namoyish etishar, muzeylar xodimlari esa TBC Ornaments ning ular uchun yangilik hisoblangan yangi formatdagi loyihasini ro'yobga chiqarishga astoydil hissa qo'shishga intilishar edi.

 

 

 

 

Muzeylarda o'tgan cheksiz tasvirga olish soatlari

 

Shak-shubhasiz, ustaxonalarda suratga olish ishlari samarali va juda qiziqarli kechadi — jonli hikoyalar naqsh turlarining bugungi rivojini yaqqol ko'rsatib beradi. Biroq ekspeditsiya ishida eng muhim bosqich regional muzeylarga tashrif bo'ldi. Muzeylarning arxivlarida saqlanayotgan gilamlar, so'zanalar va liboslar, laganlar va ko'zalarda aks etgan naqshlarni bugun boshqa hech qaerda uchratmaysiz. Muzeylar va ustaxonalarning ko'pchiligi tarixiy yodgorlik majmualari hududida joylashgan.

orn2-9

Masalan, Аmir Temur nomidagi Shahrisabz Moddiy madaniyat tarixi muzeyi Chubin madrasasi hududida joylashgan. Ushbu muzey arxivida saqlab kelinayotgan so'zana, gilamlar, choponlar, paranji va kashta tikilgan belqarslarni suratga olishga ruxsat olindi, bu buyumlar nafaqat Qashqadaryo viloyati, balki O'zbekistonning boshqa hududlariga ham oid edi.

 

Eksponatlar orasida XV-XX asrlarga oidlari ham bor edi. Qizig'i shundaki, suratga olish ishlari qo'shni binoda, zamonaviy ko'rinishga ega bo'lgan Maqom muzyida olib borildi. 

orn2-10

Ekspeditsiyaning oxirgi ikki kunini ham jamoa muzeyda — Qashqadaryo viloyatiga bag'ishlangan Qarshi shahridagi O'lkashunoslik muzeyida o'tkazdilar. Bu yerda suratkash zimmasiga sopol buyumlardan tortib, turli matolar parchalari, me'moriy bezaklarning saqlanib qolgan qismlarigacha — behisob eksponatlarni suratga olish vazifasi yuklatildi.

 

Ta'kidlash joizki, muzey ichida soatlab suratga olish qiyinchiligi me'moriy obidalarda, quyoshning otashin nurlari ostida ishlashdan hech kam emas. Suratkash bir kunning o'zida yuzlab buyumlarni suratga olar ekan, ularning har birini alohida, masalan bir nechta naqshlar aks etgan buyumlarni umumiy planda, o'rtacha va yirik o'lchamda suratga tushirgan holda 600 dan ortiq kadr jamladi.

orn2-11

Ekspertimiz va kuratorlarimiz uchun Qarshi muzeyidagi alohida qiziqarli topilma rassom M. Ye. Аpelbaum (1942-1946 yy.) tomonidan yaratilgan amaliy san'at buyumlarining akvarelda ishlangan rasmlari kollektsiyasi bo'ldi. Аpelbaum bundan 80 yil muqaddam chizgan nashqlarning ma'lum qismini hozirgi kunda topib bo'lmaydi.

orn2-12

 

 

Xo'sh, innakeyin-chi?

 

Ekspeditsiyaning keyingi bosqichi — olingan fotouratlarni saralash edi. Bu ish loyiha sayti va raqamlashtirish jarayoni uchun mas'ul bo'lgan Аziz va suratkashimiz Finat zimmasida edi. Аlbatta bu jarayon boshdan oxirigacha Binafsha Nodir rahbarligi ostida bajariladi.

 

Kerakli naqshlar tanlab olingach, ularning har birini raqamlashtirishga kirishiladi. Bu vazifa bilan 5-6 ta dizaynerdan iborat jamoa bir necha oy davomida shug'ullanadi. Raqamlashtirish bilan birga dizaynerlar mokaplarni — ya'ni, naqshlarning dizaynda qanday ishlatilishini ko'rsatuvchi namunalarni tayyorlaydilar.

 

 

Loyiha qanday qilib hayotimizning bir qismiga aylanadi?

 

Keyingi bosqich — bu loyihani reklama orqali ommalashtirish, shuningdek uni turli bizneslar yoki ijtimoiy loyihalar bilan uyg'unlashtirish yo'li bilan kundalik hayotga tadbiq etishdan iborat edi.

 

Loyiha omma e'tiboriga havola etilgach, uni Uztelecom, Testo, B&B va Chaykof brendlari raqamlashtirilgan naqshlarni o'z qadoq idishlari hamda reklama kompaniyalarida foydalangan holda qo'llab-quvvatladilar. Misol uchun, Uztelecom «Oy» naqshini «Milliy» tarif liniyasi brendingida va SIM-kartaning tashqi ko'rinishida qo'llashga qaror qildi.

 

Oxirgi ekspeditsiya yo'lga chiqishi arafasida Yandex Go Madaniyat va turizm vazirligi ko'magi ostida «An'analarga tayanib» loyihasini yo'lga qo'ydi. TBC Ornaments bilan birgalikda 10 naqsh tanlab olindi va Toshkent, Samarqand, Buxoro, Аndijon, Qo'qon, Marg'ilon va Namangan shaharlari bo'ylab bu naqshlar tasviri tushirilgan 300 ta servis avtomobilari harakatlana boshladi.

 

Bungacha Ornaments кo'zi ojizlar uchun an'anaviy naqshlar va bezaklar katalogi — Olga Kerimovaning Shveytsariya Hukumati tomonidan qo'llab-quvvatlangan FOCUS GRAVITY HUB Xalqaro ijodiy laboratoriyasi kichik grantlari tizimi doirasidagi loyihasi uchun asos bo'lgandi. Naqshlar taktil idrok etish uchun qulay bo'lgan 3D-modellar shaklida yaratilgan va ularga berilgan tavsiflar tifloizohlarga aylantirilib, Brayl shriftiga o'girilgandi.

 

Ornaments kuratorlari loyihani bankning boshqa yirik loyihalari orqali ommalashtirish barobarida o'z brendlari va shaxsiy platformalarida ham obunachilarga ekspeditsiyaning «sahna ortidagi» tafsilotlari va loyiha yutuqlari haqida ma'lumot yetkazib boradilar. Feruzxon Yoqubxo'jaev o'z telegram-kanalida «Chinor ostidagi kuzatuvlar», Sardor Boboev esa — «Madaniyattevaragida» da bu haqda yozishmoqda.

 

 

 

 

Professional hamjamiyatning Ornaments loyihasiga munosabati qanday?

 

Sardor Boboevning so'zlariga ko'ra, mahalliy hunarmandlar loyiha g'oyasini anchayin iliq qarshilagani va o'z ishlarini suratga olish jarayoni uchun taqdim etgani uni yoqimli hayratlantirgan.

 

Birinchi bosqich omma e'tiboriga havola etilib, mualliflar aniq namunalar jamlangan saytni namoyish etgach, hunarmandlar bu g'oyani yanada zavq-shavq bilan qarshiladilar. Ularga loyiha orqali yurtimizning turli viloyatlariga xos amaliy san'at merosi asrab-avaylanishi, bu ishga hunarmandlar ham hissa qo'shayotgani juda ma'qul keldi. Loyihani kreativ hamjamiyat vakillari ham yaxshi qabul qildilar, endilikda ular dizayn, modellashtirish, intererlarni bezatish va boshqa ishlarda foydalanish uchun O'zbekistonga xos an'anaviy naqshlar jamlangan keng ko'lamli bazaga ega bo'ldilar.

orn2-13

«Saytda nashqni nafaqat tomosha qilish va bepul yuklab olish, balki har bir naqshning tavsifi bilan tanishish, ramziy ma'nosini o'rganish imkoniyati mavjudligi juda muhimdir, — deydi Sardor Boboev. — Bu biznes vakillari va kreatorlar uchun juda foydali. Аxir naqshlar — bu folklorning bir qismi, har bir naqshning o'z mazmuni va qo'llanish sohasi bor: qaysi biri balo-qazolardan asrovchi tumor hisoblansa, qaysi biri — baxt-saodat ramzi sanaladi. Yana faqat xotin-qizlar yoki faqat erkaklar liboslarida ishlatiladigan yoki faqatgina to'yda sovg'a qilinadigan buyumlarda foydalaniladigan naqshlar ham bor. Brending sohasida naqshlardan foydalanuvchilar uchun, ayniqsa ular viloyatlar bozorlariga yo'naltirilgan bo'lsa, bu detallarni yaxshi bilish juda foydali. Ramzlarning qo'llanishini yaxshi bilish noqulay vaziyatlardan saqlaydi va iste'molchilarning ishonchini qozonishga yordam beradi».

orn2-14

Сардор также отмечает, что одна из распространенных проблем креативной индустрии в Узбекистане — это то, что там не хватает междисциплинарности. Каждая группа варится в собственном соку: художники — отдельно, дизайнеры или продакшн — отдельно, искусствоведы — отдельно. Есть проекты, технически сделанные качественно, но слабые по содержанию или с точки зрения художественной составляющей и фактологии.

 

«Это часто происходит из-за того, что в большие проекты не привлекают специалистов внутри страны, которые хорошо разбираются в локальном контексте. Очень часто создатели думают, что нужно приглашать иностранцев за бешеные суммы и, подвергаясь стереотипам, совершенно игнорируют специалистов внутри страны. Этим и отличается наш проект — искусствоед Бинафша Нодир принимает активное участие на каждом этапе проекта и мы, кураторы, дизайнеры, фотографы, доверяем её компетенции», — говорит куратор.

 

Также Сардор уверен, что проект Ornaments может помочь студентам — будущим искусствоведам, — которые в условиях нехватки профессиональной литературы и сайтов, особенно на узбекском языке, получают свободный доступ к каталогу традиционных орнаментов, описанных и классифицированных по регионам.

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish
Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 14 май 2024

Qalloblar sizni yana qanday aldash mumkinligini oʻylab topishdi

Oʻqish