14 август 2023

«Hammasi o'zimiznikilar»: TBC va Repost.uz ning O'zbekistondagi diasporalarga bag'ishlangan maxsus loyihasi

TBC Bank ва Repost.uz O'zbekistondagi diasporalar va mamlakat madaniy hayotiga oid maqolalar seriyasini hozirladi. Eng ko'p sonli hisoblangan — tatar, rus, qozoq va tojik diasporalariga bag'ishlangan birinchi maqolani hoziroq saytda o'qishingiz mumkin, maqola bilan berilgan yorqin fotosuratlar sizni madaniy markazlarning takrorlanmas ajoyib muhitiga oshno etadi va ular hayotining asl mohiyatini ochib beradi.

 

Bizning maqsadimiz — O'zbekistonning madaniy o'ziga xosligini namoyon etish. Bu yerda madaniyati va mentaliteti turlicha bo'lgan odamlar juda ko'p yillar mobaynida yashab kelayotganini eslatib qo'yish. Bularning barchasi — hayotimizning bir qismi, turli-tuman madaniyat va etnoslarga ega Respublikamiz merosining ajralmas bo'lagidir. Hech kim bir-birini oʼzimizniki va begona deya ajratmaydi, biroq «o'zlik»ni saqlab qolish va ushbu qadriyat haqida uni bilishni istovchi barcha-barchaga so'zlab berish ham juda muhimdir.

2

Qozoqlar, tatarlar, greklar, tojiklar, yahudiylar — bu yerda tilga olinganlarning har biri — O'zbekiston fuqarolari, bizning qarindoshlarimiz, qo'ni-qoʼshnilarimiz, do'stlarimiz, hamkasblarimiz. Hammamiz birga bolalar bog'chalariga boramiz, maktablarda o'qiymiz, loyihalar ustida ishlaymiz. Har kim o'z kunini har xil: namozni ado etishdan, Mayakovskiyni o'qishdan yoki bir piyola issiq choydan boshlaydi. Lekin hammamizni bir narsa birlashtirib turadi — biz bir-birimizga «assalomu aleykum», deymiz va boshqa kishilarni terisining rangi yohud ko'z qiyig'i tufayli «qandaydir begona», deb hisoblamaymiz.

 

Biz bir-birimizning tilimizni o'rganamiz, odatlarimizni hurmat qilamiz. Va esimizni taniguncha dunyoning qaeridadir bundan boshqacha bo'lishi mumkinligi xayolimizga ham kelmagan.

 

Xo'sh, ko'p sonli diasporalar qanday qilib o'z madaniyat markazlarini tashkil etishadi? Ularning qanday tadbir va bayramlari bor? Tatarlarning «Tinder»i, qozoqlarning cho'ponlar bolalariga ko'mak berish dasturi, pushkincha ballar yoki tojiklarning Besh tashabbus markazi qanday ishlaydi? Sabanto'ydan tortib Maslenitsa va Navro'zgacha — barcha-barchasi bizning mualliflar ko'p oylardan beri ustida ishlayotgan maxsus loyihada aks etadi.

3
4
5

«TBC Bank — jamiyat uchun darhaqiqat muhim bo'lgan loyihalarni amalga oshirayotgan sanoqli banklardan biri. Tahririyat sifatida biz uchun muhimi — diasporalar, e'tiqodi, dunyoqarashi, millati va urf-odatlariga ko'ra bir-biridan farqlanuvchi, lekin shunda ham bir-birini "o'zimizniki" deb qabul qiluvchi odamlar haqida loyiha yaratish edi. Bu o'rinda, o'ylashimizcha, qoyilmaqom yakdillikka erishdik va ajoyib maxsus loyiha yuzaga keldi», — deydi Repost media-xoldingi maxsus loyihalar bo'limi rahbari Jahongir Madmusaev.  

 

«TBC Bank jamiyatning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan ko'plab ijtimoiy tashabbuslarda qatnashib keladi: biz madaniyat va san'at, ekologiya, sport sohasidagi loyihalarni rivojlantirishga hissa qo'shamiz, yosh kreatorlarni qo'llab-quvvatlaymiz. Biz uchun juda muhim mavzu — mamlakat madaniy merosini tiklash va hayotning barcha jabhalariga raqamli texnologiyalarni tatbiq etish. «Hammasi o'zimiznikilar» loyihasi — bu O'zbekistonning necha asrlar osha turli millat-elatlar betakror madaniy uyg'unlikka erishgan holda yashab kelgan mamlakat sifatidagi fenomeni mavzusini yana bir bor yaxlitlash va "raqamlashtirish" imkoni bo'ldi», — deya fikr bildirdi TBC Bank Uzbekistan ning marketing bo'yicha direktori Kamilla Mo'minova.

6

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish
Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 14 май 2024

Qalloblar sizni yana qanday aldash mumkinligini oʻylab topishdi

Oʻqish