12 июн 2023

TBC Bank va Payme oilaviy festival tashkil etishdi

TBC Bank va Payme o'z xodimlari hamda ularning yaqinlari uchun unutilmas oilaviy bayram tashkillashtirdilar. Bayram tadbiri Ekoparkdagi sevgi orolida bo'lib o'tdi va barcha yoshdagilar uchun birdek qiziqarli bo'la oldi.

 

Kichik mehmonlar 14 yoshli yosh rassom Server Xartavioglu tomonidan illyustratsiyalar ishlangan brend futbolkalarni qabul qilib oldilar va animatorlar tomonidan tashkil qilingan ko'ngilochar tanlovlarda o'zlarining sevimli bolalar qahramonlari liboslarida qatnashdilar. Har bir xohlovchi o'ziga yuz rasmini chizish imkoniyatiga ega bo'ldi, qizlar esa — kichik munchoqlarni tizish san'ati bo'yicha mahorat darsida qatnashishdi. Bundan tashqari, mehmonlarni videospinnerli yorqin fotomaydoncha, qizg'in raqslar va ko'plab mazali taomlar kutib turardi.

fam 2
fam 3
fam 4
fam 5

O'yin-kulgulardan tashqari festivalda bilim olish uchun joy ham tashkil etildi. Kichik ishtirokchilar muzqaymoq, shirin paxta yoki popkornga ayirboshlash mumkin bo'lgan maxsus valyutalarga ega bo'ldilar va shu tariqa moliyaviy savodxonlikka o'rgandilar.

 

Bayram oqshomgacha davom etdi va barcha ishtirokchilar ko'plab yorqin taassurotlar bilan, mamnun holda uylariga yo'l olishdi. TBC Bank va Payme har doim korporativ madaniyatga katta e'tibor qaratadi hamda o'z xodimlari va ularning yaqinlari uchun ko'plab tadbirlar va loyihalarni o'tkazib boradi.

fam 6

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Ta'lim · 27 март 2025

Soxta xabarlar, klon saytlar: Fishing nima va firibgarlarning qarmog‘iga tushib qolmaslik uchun nima qilish kerak?

Oʻqish
Ta'lim · 28 март 2025

Hamyoningiz uchun moliyaviy yostiqcha: moliyaviy xotirjamlik sari 5 qadam

Oʻqish

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish