08 июн 2023

TBC Bank yugurish uchun eksklyuziv merchni yaratdi

TBC Bank illyustrator Yuliya Drobova bilan hamkorlikda yugurish uchun brend mahsulotni chiqardi. Ushbu brendni chiqarish Butunjahon yugurish kuniga, shuningdek, yaqinlashib kelayotgan yozgi marafonlarga bag'ishlangan. TBC Bank uzoq vaqt davomida O'zbekistonda yugurish madaniyatini faol qo'llab-quvvatlab keladi, ko'pincha turli masofalarga yugurish musobaqalari va marafonlarda ham hamkor, ham ishtirokchi sifatida qatnashadi.

 

Brendli yugurish to'plamlariga yugurish uchun longslivlar, belga taqiladigan sumkalar, paypoqlar va eksklyuziv stikerlar to'plami kiradi. Hozircha merch cheklangan miqdorda chiqarilgan, ammo kelajakda uni marafon muxlislariga tanlovlar orqali taqdim etish rejalashtirilgan, shuning uchun unga ega bo‘lishni xohlovchilar ijtimoiy tarmoqlardagi TBC Bank sahifalarini diqqat bilan kuzatib borishlari kerak bo'ladi.

run 2

Loyihaning illyustratori Yuliya Drobova  TBC Bank tomonidan o'ziga xos uslubi uchun tanlangan rassom bo‘lib, ko'pincha raqamli va analog yondashuvlar bilan tajriba o'tkazgan holda turli grafik uslublardan foydalanadi. Yuliya «Helloblog»ga o'z ijodi, shuningdek, mahsulotlar uchun illyustratsiyalar qanday yaratilgani va bunda nimalardan ilhomlangani to'g'risida so‘zlab berdi.

 

 

«Kollaj va applikasiya bilan ishlashni yaxshi ko'rganim uchun ushbu texnikadan foydalangan holda loyiha uchun illyustratsiyalar yaratish men uchun qiziq bo'ldi. Biroq, ma'lum bir saqlovchilarda chop etishning o'ziga xos xususiyatlari bo'yalgan qog'ozning teksturasini yetkaza olmadi, shuning uchun men qaychi bilan kesib olingandek o'xshash plastikani saqlab qolishga harakat qilib, ayrim rasmlarni vektorda chizdim. Lekin, asosan bular akril bilan bo'yalgan qog'oz applikasiyalar. Men eskizlarni o'ylab topdim, biz ular bo'yicha kelishib oldik va keyin qog'oz varaqlarida yakuniy rasmlarni yaratdim. So'ng rasmlar skanerdan o'tkazildi va grafik muharrirda biroz qayta ishlandi. Qiyinchilik tug'dirgani, TBC Bank ning firma uslubida qo'llaniladigan ranglarini saqlab qolish bo'ldi. Menimcha, biz buni uddaladik!»

run 3
run 4

«Qandaydir  kayfiyatli va quvnoq narsa yaratishni, bir tomondan hazilomuz usulda ishlashni istadim. Poygalar, odatda, tabiatda, tog'larda o'tkazilganligi sababli, qandaydir ob-havoga oid hazillar, cho'pon bilan sigir, chodirdan tashqariga mo'ralayotgan odam kabi detallar o'z-o'zidan xayolga keldi».

run 5

«TBC Bank bilan hamkorlik men uchun yoqimli va ilhomlantiruvchi g‘oya bo'lib tuyuldi. Taxminan ikki yil avval bank ofislaridan birining noodatiy dizayndagi vitrinalariga e'tibor bergandim. Unda shahar peyzaji fonida suratga olingan qandaydir hajmli personajlar mavjud edi. Keyin bilsam, bular toshkentlik rassom Polya Pokataevaning ishlari ekan. Esimda, o'shanda bankning rassomlar bilan hamkorligi naqadar ajoyib, deb o'ylagandim. Loyihalardan birida men ham ishtirok etganimdan xursandman.

 

Rassomlar, musiqachilar va boshqa ijodiy kasb vakillari bilan hamkorlik kompaniya imidjiga foydali ta'sir ko'rsatadi, shaharning qiziqarli odamlarini yoritadi, ular haqida shu tarzda hikoya qiladi, deb o'ylayman. Va ular haqiqatan ham qo'llab-quvvatlashga muhtoj!»

run 6

Yuliya Drobova Toshkentda tug'ilgan, Arxitektura va qurilish institutida tahsil olgan. Tijorat, jurnal va kitob illyustratsiyasi bilan shug'ullanadi. U ko'plab xalqaro nashrlar (Süddeutsche Zeitung (Germaniya), Holland and Barrett (Buyuk Britaniya), Panera Bread (AQSh), Médecins Sans Frontières (O'zbekiston), UNICEF (O'zbekiston), Institut Français (O'zbekiston), Batenka.ru (Rossiya), Yandex (Rossiya), Novaya Gazeta (Rossiya)) va boshqalarda illyustrator sifatida ishlagan. Illyustratsiya va rasmlar bo'yicha onlayn kurslar va vorkshoplar o'tkazadi. Hozir Berlinda yashaydi.

 

Yuliyaning ishlarini veb-sayt yoki Instagramda ko'proq ko'rish mumkin.

run 7

TBC Bank bungacha ham yosh,  iqtidorli dizaynerlar va illyustratorlar bilan hamkorlik qilgan, ulardan biri Polya Pokatayeva TBC Ornaments loyihasi ijodkorlari safida bor edi. Iqtidorli ijodkorlar va iste'dodlarni,  shuningdek, madaniyat va san'at sohadidagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash  - bankning milliy meros qadr-qimmati namoyon bo‘lgan sogalarga qo‘shayotgan hissasidir.

 

Bank jamiyat hayotini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy loyihalar va tashabbuslarda faol ishtirok etib keladi.

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish
Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 14 май 2024

Qalloblar sizni yana qanday aldash mumkinligini oʻylab topishdi

Oʻqish