16 май 2023

TBC Bank Yangia Marketda bosh hamkor bo'ldi

Mazmuni

 13- va 14-may kunlari Ekoparkda Yangia Market – tadbirkorlik, madaniyat va san'at yo'nalishining ko'pgina vakillarini birlashtirgan yarmarka ko'rinishidagi tadbir bo'lib o'tdi. Yarmarka eng yaxshi va istiqbolli dizaynerlar, hunarmandlar, musiqachilar va rassomlar, gastro-entuziastlar va o'z yo'nalishida professional sanalgan o'nlab mahoratli insonlarni birlashtirdi.

1

TBC Bank ushbu tadbirni bosh homiy sifatida qo'llab-quvvatladi, shuningdek TBC Bank yuristi Jasur Valiev ishtirokida ma'ruza tashkil etdi. Ma'ruza davomida yosh tadbirkorlar soliq tizimi, jarimalar va biznes imkoniyatlari borasida eng muhim va koʼpchilikni qiziqtirgan savollarga javob oldilar — malakali mutaxassis boshlovchi tadbirkorlar tomonidan eng ko'p yo'l qo'yiladigan xatolar, davlat, banklar va hamkorlar bilan munosabatlarni tartibga solish, shartnomalarni tuzishdagi nozik jihatlar, sohada hali yangilar uchun o'ta foydali kichik imkoniyatlar va imtiyozlar, jumladan murakkab yuridik ovoragarchiliklarni chetlab o'tish usullari haqida so'zlab berdi.

 

«Ma'ruza "Biznes va qonunchilik qanday do'stlashishi mumkin?" degan mavzuda bo'ldi, — deya hikoya qiladi Jasur. — Аyni vaqtda O'zbekiston faol iqtisodiy o'sish bosqichini boshdan kechirmoqda va o'z kuchini tadbirkorlik va unga yondosh sohalarda sinab ko'rish imkoniyatiga erishayotgan insonlar soni tobora ortib bormoqda. Аlbatta, noldan ish boshlash oson emas, lekin yaxshi tayyorgarlik bilan ko'pgina muammolarni chetlab o'tish mumkin bo'ladi».

2

TBC Bank taqdim etgan ma'rifiy qismdan tashqari, market doirasida ajoyib ko'ngilochar dastur ham tashkil etilgan bo'lib, ishtirokchilar unda Punch ODC va JazzzAdrass dijeylar musiqasiga raqs tushish hamda Dalahast, Volvr, Lallidin kabi ijrochilarning chiqishlarini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

 

Tadbir mehmonlari vyetnamcha, isroilcha va uzbekcha taomlardan bahramand bo'ldilar. Eng jasur ishtirokchilar uchun marketning o'zidayoq tatuirovka qildirish imkoni yaratildi.

3

Yangia Market g'oyasi muallifi va tashkilotchisi Vladimir Sedinkin loyiha g'oyasining paydo bo'lishi, tadbirdan olgan taassurotlari va kelgusidagi rejalari to'g'risida so'zlab berdi:

 

«Hammasi mening O'zbekistonga ko'chib o'tishimdan boshlandi. Bir necha oy mobaynida men shunchaki aylanib yurdim, shaharni va odamlarni o'rgandim. Keyin qoyilmaqom bir tadbir tashkillashtirish, bu yerda yetarlicha mavjud resurslarni – yosh va iqtidorli dizaynerlar, hunarmand ustalar, musiqachilar va gastroentuziastlarni birlashtirish orqali bu insonlarga oldinga odimlash imkoniyatini berish lozim, degan qarorga keldim. Menimcha, bu shahar uchun juda oddiy, shu bilan birga juda kerakli tadbir bo'ldi. Yangia Market loyihasining asosiy g'oyasi – hunarmandchilikni va yosh iste'dodlarni qo'llab-quvvatlash. Shu boisdan, u shunchaki yarmarka yoki marketdan ko'ra ahamiyatliroq tadbirdir.  

4

Oxirgi tadbirimizga kelsak, u juda yaxshi o'tdi, biz kutgan natijaga erishdik, ishtirokchilar mamnun bo'ldilar. Biz, nihoyat, zo'r joy topdik – bu Ekopark bo'lib, bu yerda auditoriya – ilg'or yoshlar, ajoyib yosh oilalar, va umuman, shahar ko'lamida bo'ladigan voqeliklarga befarq bo'lmagan barcha-barcha insonlar ishtirokida biz o'ylagandek o'tadigan tadbir shakliga ajoyib tarzda mos tushadi. Biz kutgan insonlarning barchasi marketimizga tashrif buyurishdi.

5

Kelgusidagi rejalar – O'zbekistonda birinchi, butkul qonuniy marketga aylanish, viloyatlar bo'ylab rivojlanish. Аyni paytda biz Yangia ni Buxoro, Samarqand va Navoiy shaharlarida tashkil etish haqida o'ylayapmiz. Shuningdek, kuzda, bungacha NEXT SM va Riviera da bo'lganidek, Yangia Market mavsumlararo pop-apni o'tkazmoqchimiz. Oldinda yana ko'p qiziqarli rejalarimiz bor, lekin buyog'i hozircha sir bo'la qolsin».  

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish
Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 14 май 2024

Qalloblar sizni yana qanday aldash mumkinligini oʻylab topishdi

Oʻqish